Qo’l yozma huquqida O’UK


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo’nalishlariga mosligi


Download 87.63 Kb.
bet7/14
Sana21.04.2023
Hajmi87.63 Kb.
#1374379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Dissertasiyani Xushboqova Oysuluv tayyor 2023

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo’nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublikasi fan va texnologiyalar rivojlanishining I. Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g’oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo’llari’ ustuvor yo’nalishi doirasida bajarilgan.
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). O’quvchi-yoshlarning axloqiy sifatlarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik va falsafiy jixatlari A.Begmatov, M.Qaxxorova, P.Magzumov, J.Yo’ldoshev, F.Rahmatov, R.Djuraev, B.Djuraev, N.Jumaeva, Z.Izmailova, U.Mahkamov, M.Imonova, O.Musurmonova, B.Raximov, M.Haydarov, M.Davletshin, O.Hasanboyeva, K.Hoshimov, M.Qurbonov, R.Mahmudovlarning ilmiy izlanishlarida o’z ifodasini topgan.
MDH olimlaridan A.Ajibaeva, B.Mejuev, K.Korsak, N. Korshunova, L.Mitina, A.Moroz, A.Mudrik, L.Balyasnaya, L.Bueva,
V.Slastenin, Yu. Babanskiy kabi olimlarning tadqiqotlarida yoritilgan.
Xorij olimlaridan L.Votcheva, A.Huffman, J.Shin, C.Franko,
D.Sehr, A.Amutio, R.Wesbrok, A.Maslov, D. Dyuilarning ishlarida
mazkur muammoni o'qituvchining kasbiy vazifalari, fazilatlari, o'ziga
xos xususiyatlari, pedagogik faoliyatni muvaffaqiyat bilan bajarishdagi
asosiy talablariga oid jixatlari tadqiq etilgan.
Biroq, amalga oshirilgan tadqiqotlar o'rganilayotgan o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishda fanlar tizimida axloqiy tarbiyaning texnologik moxiyati asoslanmaganligi tadqiqot mavzusini “Bo'lajak boshlang’ich sinf o'qituvchilarni o'quvchilarga milliy qadryatlar asosida axloqiy tarbiya berishga tayyorlash tizimini takomillashtirish” tarzida tanlash imkonini berdi.
Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi. Tadqiqot ishi Termiz davlat Pedagogika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “O’quv jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanib kuchaytirish” amaliy loyihasi (2021-2023 yy.) doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak boshlang’ich sinf o'qituvchilarni o'quvchilarga milliy qadryatlar asosida axloqiy tarbiya berishga tayyorlash tizimini takomillashtirishdan iborat.

Download 87.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling