Qo’l yozma huquqida O’UK


Download 87.63 Kb.
bet14/14
Sana21.04.2023
Hajmi87.63 Kb.
#1374379
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Dissertasiyani Xushboqova Oysuluv tayyor 2023

I.BOB bo‘yicha Xulosa
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etish va muvofiqlashtirish asosida mazkur jarayonda ularning faolligini ta’minlash va rivojlantirish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quv motivlarini shakllantirish, ya’ni motivlashtirishga bog‘liq bo‘lib, motivlashtirish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarining samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Demak, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv madaniyatni
rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish va samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi vositalardan biri motivlashtirish bo‘lib, uning samaradorligi ularning faolligi, intellektual qobiliyatlarining rivojlanish darajasi, dunyoqarashining rivojlanishi, bilimi, ko‘nikma va malakalari darajasining o‘sishini belgilaydi. Motivlashtirish jarayonlarining samaradorligi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarida erishish mumkin bo‘lgan natijalar bilan erishilgan natija o‘rtasidagi mutanosiblikni ifodalab, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish va samaradorlikka erishish uchun quyidagi shartlarning bajarilish zaruriyatini belgilaydi:
- bo‘lajak o‘qituvchilarning boshlang‘ich tushunchalariga ilmiy yondashish;
- bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv madaniyatni
rivojlantirish jarayonlarida motivlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish;
- bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ilm olishga bo‘lgan ijobiy
motivlarni shakllantirish;
- bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv madaniyatni
rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini ta’minlash uchun qulay vaziyatlarni
vujudga keltiruvchi ijodiy muhitni tashkil etish;
- bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv madaniyatni
rivojlantirish jarayonlari komponentlarining o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini
inobatga olish;
- bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv madaniyatni
rivojlantirish jarayonlarini tashkil etish va boshqarishga innovatsion tuzilishga ega bo‘lgan murakkab pedagogik tizim sifatida yondashish;
- bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv madaniyatni
rivojlantirish jarayonlarida bo‘lajak o‘qituvchilar faolligini ta’minlovchi, tanqidiy va tahliliy fikrlashga undovchi refleksiv yondashuvni joriy etish.
Bizning fikrimizcha, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv
madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini tashkil etish, boshqarish va
takomillashtirishda alohida e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan omillardan biri bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlari samaradorligining motivlashtirishga bog‘liqligi bo‘lib, motivlashtirish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida refleksiv madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirish va samaradorligini ta’minlashda ularning refleksiv faoliyatini muvofiqlashtirish, faolligini ta’minlash va rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi.


1 Incheon Dcclaration / Education 2030 Townrds inclusive and equitable equitable quality education and lifelong leaming for all [Word Education Forum , 19-22 may 2015. Incheon Republik of Korea]

2 Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан от 23 февраля 2018 года № 140 “О утверждении консепсии воспитания молодежи военно-патриотическом духе". нр://1ех.их/(1ос^3571160



3 Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 1) ISSN 2181-1709 (P) 210 Education and innovative research 2022 y. №1 21-b.



4 ISSN 2181-1717 (E) Образование и инновационные исследования (2022 год №1) http://interscience.uz 211 й 457-b.

5 Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 1) ISSN 2181-1709 (P) 212 Education and innovative research 2022 y. 54-b.

6


Download 87.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling