Qo’lyozma huquqida
bilan shug‘ullanuvchilarning ovqat ratsionidagi ayrim vitaminlar miqdorining foizlarda
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq va shahar aholisining mikronutrientlarga bolgan fiziologik talabi va uning qondirilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-jadval Kasbi tumanidagi Novqat qishlog‘idagi aqliy mehnat
- Erkaklar Ayollar Ca, mg 555,2 577,6
- 4-jadval Qarshi shahri Beklar mahallasidagi aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarning ovqat ratsionidagi ayrim madanli moddalar miqdori.
- P, mg 1112 1055
- 4-rasm Qarshi shahri Beklar mahallasidagi aqliy mehnat
- YAKUNIY QISM (xotima o‘rnida)
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
bilan shug‘ullanuvchilarning ovqat ratsionidagi ayrim vitaminlar miqdorining foizlarda ifodalanishi. 46
3.2.2. Ma'danli moddalar.
Keyingi 3-jadval va 3- rasmda Kasbi tumanidagi Novqat qishlog‘ida istiqomat qiluvchi aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi 30-39 yoshli aholi guruhiing ovqat ratsionidagi ayrim ma'danli moddalar bilan ta'minlanishi borasidagi ma'lumotlarni keltiramiz . 3-jadval Kasbi tumanidagi Novqat qishlog‘idagi aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarning ovqat ratsionidagi ayrim ma'danli moddalar miqdori. Ma'danli moddalar 30-39 yoshli Erkaklar Ayollar Ca, mg 555,2 577,6 Me'yor, mg 800 800
Qondirilishi, % 69,4
72,2 P, mg 975 1018 Me'yor, mg 1200 1200
Qondirilishi, % 81,3
84,8 Fe, mg 7,4 13 Me'yor, mg 10 18
Qondirilishi, % 70,4
72,2 J, mg 0,11 0,9 Me'yor, mg 0,15 0,15
Qondirilishi, % 73,3
60,0 Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, to‘qima va hujayralarni o‘z vaqtida yangilanib turishi hamda qator biofaol moddalarning hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan makroelementlardan Ca va P ning tekshiriluvchilar kunlik ovqatidagi miqdori me'yorga nisbatan kam ekanligi aniqlandi. Ularning kunlik ovqat ratsionidani Ca elementining miqdori me'yorga nisbatan ham erkaklarda, ham ayollarda tegishli ravishda 30,6 va 27,8 foizga kam. Shuningdek, ularning ovqati tarkibidagi P ning miqdori ham me'yordagi 1200 mg o‘rniga 975 va 1018 mg ni tashkil etdi. Bu me'yorga nisbatan tegishli ravishda 18,7 va 15,2 foiz taqchillikni namoyon qildi. Ularning kunlik ovqat ratsionidagi mikroelementlarning eng muhim vakili hisoblangan temir va yodning miqdori ham me'yor darajasidan sezilarli kamligi kuzatildi. Unga ko‘ra erkaklarda temirga bo‘lgan talab 70,4 foizga qondirilgan bo‘lsa, yodga bo‘lgan talab 73,3 foizga qondirilgan. Ayollarda esa temir me'yorga nisbatan 27,8 foizga kamligi kuzatilgan bo‘lsa, yodga bo‘lgan talab 60 foizga qondirilgan, xolos.
47
3-rasm. Kasbi tumanidagi Novqat qishlog‘idagi aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarning ovqat ratsionidagi ayrim ma'danli moddalarning foizlarda ifodalanishi. 48
Qarshi shahridagi Beklar mahallasida istiqomat qiluvchi aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi 30-39 yoshli aholi guruhiing ovqat ratsionidagi ayrim ma'danli moddalar bilan ta'minlanganligi 4-jadval va 4-rasmda keltirilgan.
Me'yor, mg 800 800
Qondirilishi, % 76,8
79,9 P, mg 1112 1055 Me'yor, mg 1200 1200
Qondirilishi, % 92,7
87,9 Fe, mg 11,5 14,3 Me'yor, mg 10 18
Qondirilishi, % 115
79,4 J, mg 0,13 0,8 Me'yor, mg 0,15 0,15
Qondirilishi, % 86,7
53,3 Jadvalda ko‘ringanidek, shahar aholisining kalsiy bo‘lgan talabi, 76,8 (erkaklarda) va 79,9 (ayollarda) foizlarga qondirilgan, bu degani ularning kunlik iste'mol taomlaridagi kalsiy miqdori me'yorga nisbatan mos ravishda 23,2 va 20,1 foiz kam ekanligidan dalolat beradi. Biroq, ushbu kontingent aholisining fosforga bo‘lgan talabi biroz bo‘lsa-da qondirilgan. Ya'ni, ularning iste'mol taomlaridagi fosfor miqdori me'yordagi 1200 mg o‘rniga tegishli ravishda 1112 va 1055 mg ni tashkil etdi. Shahar aholisining kunlik ovqat ratsionidagi temir miqdori haqida shu narsani aytish mumkinki, ularning kundalik ratsionidagi temir erkaklarda me'yordan ortiq, ayollarda esa me'yoridan kam ekanligi kuzatildi. Chunonchi, 30-39 yoshli erkak va ayollarning ovqatidagi temir miqdori 11,5 va 14,3 mg ni tashkil etib (me'yor mos ravishda 10 va 18 mg), u me'yorga nisbatan erkaklarda 15 foiz ko‘p, ayollarda 20,6 foiz kamligi kuzatildi. Shahar aholisining yodga bo‘lgan taqchilligi ko‘proq ayol kishilarda kuzatildi. Ya'ni me'yor hisoblangan 0,15 mg o‘rniga, olingan natija 0,8 mg ni tashkil etdi. Bu me'yorga nisbatan 46,7 foiz kam ekanligidan dalolat beradi. Erkaklarda esa ushbu mikroelementga bo‘lgan talab 86,7 foizga qondirilgan, ya'ni me'yordagi 0,15 mg o‘rniga, 0,13 mg dan iboratligi aniqlandi. 49
4-rasm Qarshi shahri Beklar mahallasidagi aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarning ovqat ratsionidagi ayrim ma'danli moddalar miqdorining foizlarda ifodalanishi. 50
YAKUNIY QISM (xotima o‘rnida) Qishloq va shaharda istiqomat qiladigan aqliy mehnat kishilarining o‘rganilgan vitamin va ma'danli moddalarga bo‘lgan talabini solishtirib, tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagi ko‘rinishda ega ekanligini guvohi bo‘lamiz.
Agar qishloq tekshiriluvchilarining kunlik ratsionidagi o‘rganilgan vitamin (A, D, C, B 12 ) lar me'yorga nisbatan erkaklarda mos ravishda 26,4%, 28,0%, 40,0%, 23,3% larda kam bo‘lgan bo‘lsa, shahar aholisining ushbu mikronutrientlarga bo‘lgan talabi ularga nisbatan me'yorga bir oz yaqinligi namoyon bo‘ldi, ya'ni tegishli ravishda 7,5%, 16,0%, 17,2%, 20,0% larni tashkil etdi. Xuddi shunday holatni qishloq va shahar aholisining ayollar kontingentida ham kuzatildi. Chunonchi, qishloq ayollarining ayni vitaminlarga bo‘lgan talabi mos ravishda 64,0%, 64,0%, 54,3%, 63,3% larga qondirilgan bo‘lsa, shahar ayollariniki bir muncha yuqori ekanligi ko‘rindi, ya'ni ularning A, D, C, B 12 larga bo‘lgan talabi 85,9%, 76,0%, 75,7%, 73,3% larga qondirilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, shahar aholisining ushbu ingredientlarga bo‘lgan talabi, qishloq aholisinikiga nisbatan sezilarli darajada yuqori ekan. Tekshiriluvchilarning ovqat ratsionidagi A vitaminning kamligini ular tomonidan ushbu vitaminga serob bo‘lgan baliq va baliq mahsulotlarining kam iste'mol qilinganligi bilan tushuntirish mumkin. Shuningdek, jigar hamda hayvon yog‘larining nihoyatda kam yeyilishi bilan izohlash mumkin. Tekshiriluvchilarning ovqat ratsionidagi A vitamin asosan o‘simlik mahsulotlaridagi karatinoidlar, ya'ni sabzavotlar sifatida ko‘p iste'mol qilinish bilan biroz qondirilgan. O‘rganilgan D, C, B 12 , xususan C vitaminining me'yoridan ancha kamligi qayd qilindi. Bu esa tekshiriluvchilar tomonidan meva va sabzavotlar, ko‘katlar va boshqa vitamin C ga boy oziq-ovqat mahsulotlarini kam iste'mol qilganligini ko‘rsatadi. Qator vitaminlar, shu jumladan, vitamin C ga bo‘lgan ehtiyojning qoniqtirilmasligi nafaqat qishloqlarda, balki markaziy shaharlarda (Moskva, Novomoskovsk, Novokuznetsk, Toshkent va boshqalar) ya'ni, oziq-ovqat ta'minoti nuqtai nazardan yuqori o‘rinda turadigan joylarda ham kuzatiladi va bunday tanqislik oqibatida organizmda moddalar va energiya almashinuviga, biologik faol moddalarning o‘z vaqtida va yetarli miqdorda sintezlanishida salbiy holatlarga olib keladi. Shuning uchun kundalik taomlarni essensial oziq moddalardan tashqari vitaminlar va ma’danli moddalar bilan boyitish muhim masalalardan biridir(2, 9, 10, 12, 14, 32). Shahar kishilarning kalsiy va fosfor bilan ta'minlanishi qishloq aholisiga nisbatan biroz ko‘proq iste'mol qilinganligi namoyon bo‘ldi. Agar qishloq aholisi yuqorida ta'kidlaganimizdek, kalsiyga bo‘lgan talab erkaklarda 69,4 foizga, ayollarda 72,2 foizga 51
qondirilgan bo‘lsa, shahar aholisida bir muncha ko‘proq, ya'ni mos ravishda 76,8 va 79,9 (7,4 va 7,7 % ko‘p) ta'minlanganligi aniqlanildi. Xuddi shuningdek, bunday farqlanish fosfor elementi misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Shaharda istiqomat qiladigan aqliy mehnat kishilarining fosforga bo‘lgan talabi me'yorga biroz yaqin bo‘lsa, qishloq aholisiniki esa ushbu makroelementga bo‘lgan talabi sezilarli darajada pastligi kuzatildi. Chunonchi, tekshiriluvchi shahar aholisining fosforga bo‘lgan talabi ham erkaklarda, ham ayollarda mos ravishda 1112 va 1055 mg bo‘lsa, qishloq aholisida bu ko‘rsatkich 975 va 1018 mg ni tashkil etdi. Ovqat ratsionida ushbu makroelementlarning kam bo‘lishi yoki taqchilligi, ularning tayanch-harakat, nerv-endokrin tizimlarining faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmay qolmaydi. Qishloq aholisining kunlik ovqat ratsionidagi temir ham erkaklarda, ham ayollarda o‘rtacha 70 foizga qondirilgan bo‘lsa, shahar aholisining erkaklarida me'yordan ortiq ekanligi namoyon bo‘ldi. Shahar ayollarida esa temir me'yordan 21,6 foizga kamligi kuzatildi. Ma'lumki, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida temir ikki xil shaklda bo‘lib, go‘sht va go‘sht mahsulotlari orqali qabul qilingan temir organizmda yaxshi so‘riladi. O‘simlik mahsulotlari tarkibida esa temir ko‘p miqdorda uchrasada, ular oshqozon-ichak yo‘lida nisbatan yaxshi so‘rilmaydi. Biz kuzatuv olib borgan tekshiriluvchilarning kunlik ratsionidagi temir asosan o‘simlik mahsulotlari hisobidan ekanligini qayd qilish zarur. Qishloq va shahar aholisining yodga bo‘lgan talabi sezilarli darajada kamligi kuzatildi, faqatgina shahar erkaklarining ushbu mikroelementga bo‘lgan talabi me'yorga biroz yaqinligi ya'ni, 86,7 foizga qondirilganligi aniqlandi. Bunday taqchillik albatta tekshiriluvchilarning endokrin tizimlarining shakllanishida, aqliy va jismoniy taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Shunday qilib, biz olib borgan kuzatuvlarning natijalariga tayangan holda shuni aytish joizki, qishloq va shahar sharoitida istiqomat qiluvchi aqliy mehnat kishilarining oqilona ovqatlanishini tashkil qilish, bu borada jamoatchilik orasida to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha keng miqyosda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, ularda ovqatlanish madaniyatiga oid tushunchalarini shakllantirish ularning sihat-salomatligini saqlash va muhofaza qilish borasida ijobiy natijalarga erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 52
XULOSA Qishloq va shaharda istiqomat qiladigan aqliy mehnat kishilarining kunlik ovqat ratsionidagi ayrim mikronutrientlarning 30-39 yosh uchun belgilangan kunlik fiziologik me'yorlarga nisbatan solishtirib va amaldagi ovqatlanishni o‘rganish bo‘yicha mavjud adabiyotlardagi ma'lumotlarni to‘plab, olingan natijalarni tahlil qilib qo‘yidagi xulosalarga keldik.
1. Qishloq va shahar aholisining ovqat ratsionidagi vitaminlar miqdori me'yor darajasidan kamligi aniqlandi. 2. Qishloq va shaharda istiqomat qiladigan aqliy mehnat kishilarining ovqat ratsionida biz o‘rgangan ma'danli moddalardan Ca, P, Fe, J larning miqdori me'yor darajasidan kamligi aniqlandi. Faqatgina shahar erkaklarining temirga bo‘lgan talabi me'yordan ortiq ekanligi kuzatildi. 3. Qishloq va shaharda istiqomat qiladigan aqliy mehnat kishilarining o‘rganilgan vitamin va ma'danli moddalarga bo‘lgan talabini solishtirilganda shahar aholisining noessensial oziq moddalarni iste'mol qilishi, qishloq aholisiga nisbatan bir muncha ko‘pligi aniqlandi. 4. Tekshiriluvchilarning vitamin va ma'danli moddalarga bo‘lgan bunday taqchilligi birinchidan, ularning ovqat ratsionida ushbu mikronutrientlarga boy bo‘lgan mahsulotlarni kam iste'mol qilinganligi bilan izohlansa, ikkinchidan dekabr oylarida oziq-ovqatlar tarkibidagi ularning miqdorining kam bo‘lishi bilan tushuntirish mumkin. 5. Shahar aholisining erkaklarida temir elementining me'yoridan oshiqcha bo‘lishi, qo‘yidagicha izohlandi, ya'ni oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida temir ikki xil shaklda bo‘lib, go‘sht va go‘sht mahsulotlari orqali qabul qilingan temir organizmda yaxshi so‘riladi. O‘simlik mahsulotlari tarkibida esa temir ko‘p miqdorda uchrasada, ular oshqozon-ichak yo‘lida nisbatan yaxshi so‘rilmaydi. Biz kuzatuv olib borgan tekshiriluvchilarning kunlik ratsionidagi temir asosan o‘simlik mahsulotlari hisobidan ekanligi aniqlandi. AMALIY TAVSIYALAR
Qishloq va shaharda istiqomat qiladigan aqliy mehnat kishilarining salomatligini saqlash, serunum mehnat qilishlarini tashkillashtirish ularning amaldagi ovqatlanishini tahlil qilib, qo‘yidagi tavsiyalarni berishni lozim topdik:
53
1. Aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarning ovqat ratsionida noessensial oziq moddalarga nisbatan taqchilliklar va ular tufayli yuzaga keladigan tanadagi me'yoriy fiziologik jarayonlarning buzilishini oldini olish maqsadida ommaviy axborot vositalari (radio, televideniya va boshqalar) orqali targ‘ibot-tashviqot hamda tushuntirish ishlarini olib borish.
2. Ovqatlanish tartibi, miqdori, sifati va har xil maxalliy udumlar ta'siri ostida mikronutrientlarning me'yor darajasidan kamayib ketishini aniqlash maqsadida yil davomida to‘g‘ri (ratsional) ovqatlanishni o‘rganish bo‘yicha mutaxassislar bilan birgalikda tadqiqotlar o‘tkazib turish va kerakli tavsiyalar berish.
3. Mahalla, qishloq fuqarolar yig‘inlarida to‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan jadvallar, diagramma va ko‘rsatkichlar qayd qilingan sihat-salomatlik burchaklari, ratsional ovqatlanish bo‘yicha tasvirga tushirilgan video va audio tasmalarni ko‘paytirish va uni tarqatish.
54
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Каримов И.А. Ўзбек ҳалқи ҳеч қачон ҳеч кимга қарам бўлмайди. Т. 13. – Т.: Ўзбекистон, 2005. – б. 119-120. 2. Абдушелишвили Г.В., Двали Г.Н., Горгошидзе Л.Ш и др., Итоги профилактической витаминизации учащихся средных школ Тбилиси // Вопросы питания.- Москва, 1992. - №3. – С.45-48. 3. Авсин А.П., Жаворонков А.А., Риш М.А., Строчкова Л.С. Микроэлементози человека. –М.: Медицина, 1991.-496 с 4. Алишко-Ожевский Й.П., Шевякова А.В., Махова Н.Н., Шаховская А.К., Бессонов В.В. Сезонние комбания содержания макро и микроэлементов в крови болних с явенной болезню желудка и двенадсатиперстной кишки. Вопрос питания , 2005, №5. -915с. 5. Арзиқулов Р.У. Соғлом турмуш тарзи асослари // Соғлом турмуш тарзининг амалий асослари, шакллантириш масалалари ва муаммолари / Тошкент, 2005. - II жилд. – 251 б. 6. Баҳромов С.М., Фармонқулов Ҳ.Қ., Атажанова З.А. Камқонлик касалликлари / проф., А.А. Фозилов таҳрири остида. Тошкент: Абу Али ибн Сино, 2000. – 28 б. 7. Бобохўжаев Н.К. Республика аҳолисининг овқатланишига оид долзарб гигиеник муаммолар // Актуал. проб. гигиен. науки в свете реформы системы здровох. Узб- на: Материалы науч.прак. конф.посвящ. 60-летию член. корр.АНРУз проф. Искандарова Т.И. Ташкент, 1999. – С.152-155. 8. Валихонов М.Н. Биокимё. Тошкент. 2008 йил. Университет.208 бет 9. Воронина Н.В. Витаминная обеспеченность школьников // Мед. журн. Узб-на. – Ташкент, 1990. - №1. – С.31-33. 10. Вржесинская О.А., Коденсова В.М. Обеспеченность витаминами и железом детей школьного возраста: анализ взаимосвязи // Вопр. питания. – Москва, 2004. - №6. – С.25-31. 11. Глобальная стратегия по питанию, физической активности и здоровью. ВОЗ. – Женева, 2004. - 18 с. 12. Домбровская М.П., Демина С.Е., Шумилова С.Л., Смирнов Н.М., Богданов Н.Г., Гвоздова Л.Г., Тарабанько В.М. К вопросу об обеспечении аскорбиновой кислотой и отдельными витаминами группы в детей школьного возраста // Вопросы питания. – Москва. 1982.- №1.- С. 70.
55
13. Каримов О.Р., Қурбонов А.Ш., Қурбонов Ш.Қ. Витаминлар ва маъданли моддаларнинг овқатланишда тўтган ўрни.-Қарши.2003 йил. 14. Конь И.Я., Тоболева М.А., Димитриева С.А. Дефицит витаминов у детей: основные причины, формы и пути профилактики у детей раннего и дошкольного возраста // Вопросы современной педиатрии. – Москва. 2002. -№ 2. – С. 62-66. 15. Кондратьева И.И., Абрамова Е.И., Шумилова С.Л и др., Оценка эффективности профилактической витаминизации школьников Москвы // Вопр. питания. – Москва, 1992. - №3. – С.32-36. 16. Ладодо К.С., Спиричев В.Б. Витамины и здоровье // Педиатрия. – Москва.- 1987. - №3. – С. 5-10. 17. Методические рекомендации по вопросам изучения фактического питания и состояния здоровья населения в связи с характером питания / Зайченко А.И., Волгарев М.Н., Бондарев Г.И и др. - Москва. 1986. 86 с. 18. Мўминов Ҳ.М. Соғлом турмуш тарзи – саломатлик илми ва амали (соғлом турмуш тарзи ташкилотчилари ва унга риоя қилувчилар учун қўлланма). – Тошкент: Республика саломатлик институти, 2006. – 394 б. 19. Николаев А.Я. Биологик химия. Тошкент: Абу Али ибн Сино, 1991.– 533 б. 20. Нормы физиологических потребностей в пишевых веществах и энергии для различных групп населения. М., 1982. - 19 с. 21. Нормы физиологических потребностей в пишевых веществах и энергии для различных групп населения // Вопр. питания. – Москва, 1992. - №2. – С.6-15. 22. Нормы физиологических потребностей в пишевых веществах и энергии для различных групп населения Узбекистана: СанПиН №0035-95. – Ташкент, 1995. – 23 с.
23. Питание глобальная проблема: Международная конференция по питанию. - Рим, 5- 11 декабря 1992. – 33 с. 24. Расулов С.К. Мактаб болалари ўртасида микроэлементозларнинг тарқалиши // Мактаб ёшидаги болаларнинг саломатлик ҳолатини муҳофаза қилиш муаммолари: Республика илмий-амалий конференция материаллари. – Тошкент, 2005. – Б.44-48. 25. Раҳматуллаев Ё.Ш. Қишлоқ мактаби ўқувчиларининг озиқ моддалар билан физиологик таъминланиши ва уни меъёрлаштириш. номз. диссер. Тошкент 2009 й, 123 б.
26. Рисс С.М. Витамины изд. Ленинград 1963 г.
56
27. Рацион, питание и предупреждение хронических заболеваний: Доклад совместного консультативного совещания экспертов ВОЗ/ФАО, серия технических докладов 916. - Женева, 2003. – 196 с. 28. Смоляр В.И. Рациональное питание. – Киев: Наукова Думка, 1991. – 368 с. 29. Спиричев В.Б. Витаминная обеспеченность учащихся школьного возраста и пути ее оптимизации // Вопр. питания. – Москва, 1992. - №3. – С.6-14. 30. Спиричев В.Б. Теоретические и практические аспекты современной витаминологии // Вопр. питания. – Москва, 2005. - №5. – С.32-48. 31. Суханов Б. Неотьемлемые элементы пищи. Российская врачебная газета. 2004, № 2(273), стр. 10-11. 32. Тутелян В.А., Спиричев В.Б., Суханов Б.П., Кудашева В. Н. Микронутриенты в питании здорового и больного человека.-М.: Колос, 2002.-423 с. 33. Тўрақулов Ё.Х. Биохимия. – Тошкент: Ўзбекистон, 1996. - 480 б.
34. Уголев А.М. Теория адекватного питания и трофология. - Ленинград: Наука, 1991. – 272 с. 35. Федорова Г.М. Витаминная обеспеченность учащихся сельского ПТУ и их профилактическая витаминизация // Вопросы питания. – Москва, 1992. - №5-6. – С. 34-37.
36. Химический состав пищевых продуктов: Книга 1: Справочные таблицы содержания основных пищевых веществ и энергетической ценности пищевых продуктов / Под ред. проф., д-ра техн. наук И.М. Скурихина, проф., д-ра мед. наук М.Н. Волгарева – 2-е изд., перераб. и доп. – М.: ВО «Агропромиздат», 1987. – 224 с. 37. Хотимченко С.А., Алексеева И.А., Голубкина Н.А., Бондарев Г.И и др., Обеспеченность витаминами и некоторыми минеральными элементами населения Свердловской области // Вопр. питания. - Москва, 1996. - №4. – С. 14-18. 38. Хохлова Е.А., Сусликов В.Л., Козлов В.А. Взаимосвязь между экскрецией витаминов В 1 , В 2 , С и поступлением некоторых нутриентов с рационом // Вопр. питания. – Москва, 2004. - №4. – С.8-11. 39. Хмелевский Й.В. , Поберезкина Н.Б. Витамины и возраст человека. Киев., 1990, стр. 168 40. Худойберганов А.С. Гигиеническое обоснование рационализации питания школьников по белково-витаминной обеспеченности и биологической ценности продуктов в условиях Узбекистана: Дисс. …док. мед. наук. – Ташкент, 1993. – 391 с. 57
41. Ҳакимов Ҳ.К. Касаллик сабабчиси – йод танқислиги. Фан ва турмуш журнали. 2004 йил, №3, 14-18 бетлар. 42. Шарипова Н.В., Дўсчанов Б.О., Шайхова Г.И., Қурбонов Ш.Қ., Азизова Ф.Л., Раҳматуллаев Ё.Ш., Салихова Н.С. Ўзбекистон Республикаси аҳолиси турли гуруҳларининг озиқ моддалар ва энергияга бўлган физиологик талаб меъёрлари. Санитария меъёрлари, қоидалари ва гигиена нормативлари (СанПиН № 0250-08). Тошкент. - 2008. - 38 б. 43. Шайхова Г.И. Выявление скрытого дефицита железа среди детей дошкольного возраста в условиях Ташкента // Актуал. проб. гигиен. науки в свете реформы системы здровох. Узб-на: Материалы науч.прак. конф.посвящ. 60-летию член. корр. АНРУз проф. Искандарова Т.И. Ташкент, 1999. – С.50-52. 44. Қодиров У.З. Одам физиологияси. Тошкент, “Ибн Сино”, 1996 йил, 478 бет. 45. Қосимов А., Қўчқоров Қ., Тешабоев С. Биохимия. Педагогика институтларининг химия-биология студентлари учун қўлланма. – Тошкент: Ўқитувчи, 1988. – 424 б. 46. Қурбонов Ш.Қ., Қурбонов А.Ш. Овқатланиш физиологиясининг асослари. – Қарши: Насаф, 2000. – 72 б. 47. Қурбонов Ш.Қ., Қурбонов А.Ш., Каримов О.Р. Ҳазм ва озиқланиш физиологияси. Қарши, “Насаф” 2004 йил 173 бет. 48. Қурбонов Ш.Қ. Овқатланиш маданияти. – Тошкент: Маънавият, 2005. – 209 б. 49. Қурбонов Ш.Қ., Қурбонов А.Ш., Каримов О.Р. Рационал овқатланиш ва овқатланиш маданияти. “Рационал овқатланиш ва соғлом турмуш тарзи”. Республика илмий- амалий конференция материаллари тўплами. Қарши, 2008 йил, 16-17 май, 51-52 бетлар. 50. Қурбонов Ш.Қ., Бўриев А.Я. “Кўзга кўринмас, қўлга илинмас” (ёхуд микронутриентлар ҳақида маълумот) Сиҳат-саломатлик журнали Тошкент, 2010 йил №7-8, 2-3 бетлар. 51. http://www.ziyonet.uz 52.
http://www.rusmg.ru
53. http://knowledge.allbest.ru
54. http://bibliofond.ru
55. http://www.google.ru
56. http://edadetey.ru 57.
http://pitanie.ru
58. http://www.zoyo.com
58
Ushbu magistrlik dissertatsiyamni yozishda ko‘maklashgan ilmiy rahbarim biologiya fanlari nomzodi, dotsent Karimov Olim Rasulovichga va Fiziologiya kafedrasi professor- o‘qituvchilariga o‘zimning samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling