Qo’lyozma huquqida


bilan  shug‘ullanuvchilarning  ovqat  ratsionidagi  ayrim  vitaminlar  miqdorining  foizlarda


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana23.10.2020
Hajmi0.54 Mb.
#135951
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
qishloq va shahar aholisining mikronutrientlarga bolgan fiziologik talabi va uning qondirilishi


bilan 

shug‘ullanuvchilarning  ovqat  ratsionidagi  ayrim  vitaminlar  miqdorining  foizlarda 

ifodalanishi. 

 

46 


3.2.2. Ma'danli moddalar. 

 

Keyingi  3-jadval  va  3-  rasmda  Kasbi  tumanidagi  Novqat  qishlog‘ida  istiqomat 



qiluvchi aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi 30-39 yoshli aholi guruhiing ovqat ratsionidagi 

ayrim ma'danli moddalar bilan ta'minlanishi borasidagi ma'lumotlarni keltiramiz . 



3-jadval 

Kasbi 

tumanidagi 

Novqat 

qishlog‘idagi 

aqliy 

mehnat 

bilan 

shug‘ullanuvchilarning ovqat ratsionidagi ayrim ma'danli moddalar miqdori. 

Ma'danli moddalar 

30-39 yoshli 

Erkaklar 

Ayollar 

Ca, mg 

555,2 

577,6 

Me'yor, mg 

800 

800 


Qondirilishi, % 

69,4 


72,2 

P, mg 

975 

1018 

Me'yor, mg 

1200 

1200 


Qondirilishi, % 

81,3 


84,8 

Fe, mg 

7,4 

13 

Me'yor, mg 

10 

18 


Qondirilishi, % 

70,4 


72,2 

J, mg 

0,11 

0,9 

Me'yor, mg 

0,15 

0,15 


Qondirilishi, % 

73,3 


60,0 

 

Olingan  natijalar  shuni  ko‘rsatdiki,  to‘qima  va  hujayralarni  o‘z  vaqtida  yangilanib 

turishi  hamda  qator  biofaol  moddalarning  hosil  bo‘lishi  uchun  zarur  bo‘lgan 

makroelementlardan  Ca  va  P  ning  tekshiriluvchilar  kunlik  ovqatidagi  miqdori  me'yorga 

nisbatan kam ekanligi aniqlandi. Ularning kunlik ovqat ratsionidani Ca elementining miqdori 

me'yorga nisbatan ham erkaklarda, ham ayollarda tegishli ravishda 30,6 va 27,8 foizga kam. 

Shuningdek, ularning ovqati tarkibidagi P ning miqdori ham me'yordagi 1200  mg o‘rniga 975 

va  1018  mg  ni  tashkil  etdi.  Bu  me'yorga  nisbatan  tegishli  ravishda  18,7  va  15,2  foiz 

taqchillikni namoyon qildi. 

Ularning kunlik ovqat ratsionidagi mikroelementlarning eng muhim vakili hisoblangan 

temir  va  yodning  miqdori  ham  me'yor  darajasidan  sezilarli  kamligi  kuzatildi.  Unga  ko‘ra 

erkaklarda  temirga  bo‘lgan  talab  70,4  foizga  qondirilgan  bo‘lsa,  yodga  bo‘lgan  talab  73,3 

foizga  qondirilgan.  Ayollarda  esa  temir    me'yorga  nisbatan  27,8  foizga  kamligi  kuzatilgan 

bo‘lsa, yodga bo‘lgan talab 60 foizga qondirilgan, xolos.  

 


 

47 


 

 

3-rasm. 

Kasbi  tumanidagi  Novqat  qishlog‘idagi  aqliy  mehnat  bilan 

shug‘ullanuvchilarning  ovqat  ratsionidagi  ayrim  ma'danli  moddalarning  foizlarda 

ifodalanishi. 

 

48 


Qarshi  shahridagi  Beklar  mahallasida  istiqomat  qiluvchi  aqliy  mehnat  bilan 

shug‘ullanuvchi  30-39  yoshli  aholi  guruhiing  ovqat  ratsionidagi  ayrim  ma'danli  moddalar 

bilan ta'minlanganligi 4-jadval va 4-rasmda keltirilgan. 

4-jadval 

Qarshi  shahri  Beklar  mahallasidagi  aqliy  mehnat  bilan  shug‘ullanuvchilarning 

ovqat ratsionidagi ayrim ma'danli moddalar miqdori. 

Vitaminlar 

30-39 yoshli 

Erkaklar 

Ayollar 

Ca, mg 

614,7 

639,5 

Me'yor, mg 

800 

800 


Qondirilishi, % 

76,8 


79,9 

P, mg 

1112 

1055 

Me'yor, mg 

1200 

1200 


Qondirilishi, % 

92,7 


87,9 

Fe, mg 

11,5 

14,3 

Me'yor, mg 

10 

18 


Qondirilishi, % 

115 


79,4 

J, mg 

0,13 

0,8 

Me'yor, mg 

0,15 

0,15 


Qondirilishi, % 

86,7 


53,3 

 

Jadvalda ko‘ringanidek, shahar aholisining kalsiy bo‘lgan talabi, 76,8 (erkaklarda) va 

79,9 (ayollarda) foizlarga qondirilgan, bu degani ularning kunlik iste'mol taomlaridagi kalsiy 

miqdori  me'yorga  nisbatan  mos  ravishda  23,2  va  20,1  foiz  kam  ekanligidan  dalolat  beradi. 

Biroq, ushbu kontingent aholisining fosforga bo‘lgan talabi biroz bo‘lsa-da qondirilgan. Ya'ni, 

ularning  iste'mol  taomlaridagi  fosfor  miqdori  me'yordagi  1200  mg  o‘rniga  tegishli  ravishda 

1112 va 1055 mg ni tashkil etdi. 

Shahar  aholisining  kunlik  ovqat  ratsionidagi  temir  miqdori  haqida  shu  narsani  aytish 

mumkinki,  ularning  kundalik  ratsionidagi  temir  erkaklarda  me'yordan  ortiq,  ayollarda  esa 

me'yoridan kam ekanligi  kuzatildi. Chunonchi, 30-39 yoshli erkak va ayollarning ovqatidagi 

temir miqdori 11,5 va 14,3 mg ni tashkil etib (me'yor mos ravishda 10 va 18 mg), u me'yorga 

nisbatan  erkaklarda  15  foiz  ko‘p,  ayollarda  20,6  foiz  kamligi  kuzatildi.  Shahar  aholisining 

yodga bo‘lgan taqchilligi ko‘proq ayol kishilarda kuzatildi. Ya'ni me'yor hisoblangan 0,15 mg 

o‘rniga, olingan natija 0,8 mg ni tashkil etdi. Bu me'yorga nisbatan 46,7 foiz kam ekanligidan 

dalolat  beradi.  Erkaklarda  esa  ushbu  mikroelementga  bo‘lgan  talab  86,7  foizga  qondirilgan, 

ya'ni  me'yordagi 0,15 mg o‘rniga, 0,13 mg dan iboratligi aniqlandi. 



 

49 


 

4-rasm 

Qarshi 

shahri 

Beklar 

mahallasidagi 

aqliy 

mehnat 

bilan 

shug‘ullanuvchilarning  ovqat  ratsionidagi  ayrim  ma'danli  moddalar  miqdorining 

foizlarda ifodalanishi. 

 

50 


YAKUNIY QISM (xotima o‘rnida) 

Qishloq  va  shaharda  istiqomat  qiladigan  aqliy  mehnat  kishilarining  o‘rganilgan 

vitamin va ma'danli moddalarga bo‘lgan talabini solishtirib, tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagi 

ko‘rinishda ega ekanligini guvohi bo‘lamiz. 

 

Agar qishloq tekshiriluvchilarining kunlik ratsionidagi o‘rganilgan vitamin (A, D,  C, 



B

12

) lar me'yorga nisbatan erkaklarda mos  ravishda 26,4%, 28,0%, 40,0%, 23,3% larda kam 



bo‘lgan  bo‘lsa,  shahar  aholisining  ushbu  mikronutrientlarga  bo‘lgan  talabi  ularga  nisbatan 

me'yorga bir oz yaqinligi namoyon bo‘ldi, ya'ni tegishli ravishda 7,5%, 16,0%, 17,2%, 20,0% 

larni  tashkil etdi. Xuddi shunday holatni  qishloq va shahar aholisining ayollar kontingentida 

ham kuzatildi. Chunonchi, qishloq ayollarining ayni vitaminlarga bo‘lgan talabi mos ravishda 

64,0%, 64,0%, 54,3%, 63,3% larga qondirilgan bo‘lsa, shahar ayollariniki bir muncha yuqori 

ekanligi  ko‘rindi,  ya'ni  ularning  A,  D,  C,  B

12 

larga  bo‘lgan  talabi  85,9%,  76,0%,  75,7%, 



73,3% larga qondirilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, shahar aholisining ushbu ingredientlarga 

bo‘lgan talabi, qishloq aholisinikiga nisbatan sezilarli darajada yuqori ekan. 

Tekshiriluvchilarning  ovqat  ratsionidagi  A  vitaminning  kamligini  ular  tomonidan 

ushbu vitaminga serob bo‘lgan baliq va baliq mahsulotlarining kam iste'mol qilinganligi bilan  

tushuntirish mumkin. Shuningdek, jigar hamda hayvon yog‘larining nihoyatda kam yeyilishi 

bilan  izohlash  mumkin.  Tekshiriluvchilarning  ovqat  ratsionidagi  A  vitamin  asosan  o‘simlik 

mahsulotlaridagi  karatinoidlar,  ya'ni  sabzavotlar    sifatida  ko‘p  iste'mol  qilinish  bilan  biroz 

qondirilgan. 

O‘rganilgan D, C, B

12

, xususan C vitaminining me'yoridan ancha kamligi qayd qilindi. 



Bu  esa  tekshiriluvchilar  tomonidan  meva  va  sabzavotlar,  ko‘katlar  va  boshqa  vitamin  C  ga 

boy  oziq-ovqat  mahsulotlarini  kam  iste'mol  qilganligini  ko‘rsatadi.  Qator  vitaminlar,  shu 

jumladan,  vitamin  C  ga  bo‘lgan  ehtiyojning  qoniqtirilmasligi  nafaqat  qishloqlarda,  balki 

markaziy shaharlarda (Moskva, Novomoskovsk, Novokuznetsk, Toshkent va boshqalar) ya'ni, 

oziq-ovqat  ta'minoti  nuqtai  nazardan  yuqori  o‘rinda  turadigan  joylarda  ham  kuzatiladi  va 

bunday  tanqislik  oqibatida  organizmda  moddalar  va  energiya  almashinuviga,  biologik  faol 

moddalarning  o‘z  vaqtida  va  yetarli  miqdorda  sintezlanishida  salbiy  holatlarga  olib  keladi. 

Shuning  uchun  kundalik  taomlarni  essensial  oziq  moddalardan  tashqari  vitaminlar  va 

ma’danli moddalar bilan boyitish muhim masalalardan biridir(2, 9, 10, 12, 14, 32). 

Shahar kishilarning kalsiy va fosfor bilan ta'minlanishi qishloq aholisiga nisbatan biroz 

ko‘proq  iste'mol  qilinganligi  namoyon  bo‘ldi.  Agar  qishloq  aholisi  yuqorida 

ta'kidlaganimizdek,  kalsiyga  bo‘lgan  talab  erkaklarda  69,4  foizga,  ayollarda  72,2  foizga 



 

51 


qondirilgan bo‘lsa, shahar aholisida bir muncha ko‘proq, ya'ni mos ravishda 76,8 va 79,9 (7,4 

va  7,7  %  ko‘p)  ta'minlanganligi  aniqlanildi.  Xuddi  shuningdek,  bunday  farqlanish  fosfor 

elementi  misolida  ham  ko‘rishimiz  mumkin.  Shaharda  istiqomat  qiladigan  aqliy  mehnat 

kishilarining  fosforga  bo‘lgan  talabi  me'yorga  biroz  yaqin  bo‘lsa,    qishloq  aholisiniki  esa 

ushbu  makroelementga  bo‘lgan  talabi  sezilarli  darajada  pastligi  kuzatildi.  Chunonchi, 

tekshiriluvchi shahar aholisining fosforga bo‘lgan talabi ham erkaklarda, ham ayollarda mos 

ravishda 1112 va 1055 mg bo‘lsa, qishloq aholisida bu ko‘rsatkich 975 va 1018 mg ni tashkil 

etdi.  Ovqat  ratsionida  ushbu  makroelementlarning  kam  bo‘lishi  yoki  taqchilligi,  ularning 

tayanch-harakat, nerv-endokrin tizimlarining faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmay qolmaydi. 

Qishloq  aholisining  kunlik  ovqat  ratsionidagi  temir  ham  erkaklarda,  ham  ayollarda 

o‘rtacha 70 foizga qondirilgan bo‘lsa, shahar aholisining erkaklarida me'yordan ortiq ekanligi 

namoyon  bo‘ldi.  Shahar  ayollarida  esa  temir  me'yordan  21,6  foizga  kamligi  kuzatildi. 

Ma'lumki,  oziq-ovqat  mahsulotlari  tarkibida  temir  ikki  xil  shaklda  bo‘lib,  go‘sht  va  go‘sht 

mahsulotlari  orqali  qabul  qilingan  temir  organizmda  yaxshi  so‘riladi.  O‘simlik  mahsulotlari 

tarkibida  esa  temir  ko‘p  miqdorda  uchrasada,  ular  oshqozon-ichak  yo‘lida  nisbatan  yaxshi 

so‘rilmaydi.  Biz  kuzatuv  olib  borgan  tekshiriluvchilarning  kunlik  ratsionidagi  temir  asosan 

o‘simlik mahsulotlari hisobidan ekanligini qayd qilish zarur. 

Qishloq va shahar aholisining yodga bo‘lgan talabi sezilarli darajada kamligi kuzatildi, 

faqatgina shahar erkaklarining ushbu mikroelementga bo‘lgan talabi  me'yorga biroz yaqinligi 

ya'ni,  86,7  foizga  qondirilganligi  aniqlandi.  Bunday  taqchillik  albatta  tekshiriluvchilarning 

endokrin tizimlarining shakllanishida, aqliy va jismoniy taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi 

mumkin. 


Shunday qilib, biz olib borgan kuzatuvlarning natijalariga tayangan holda shuni aytish 

joizki,  qishloq  va  shahar  sharoitida  istiqomat  qiluvchi  aqliy  mehnat  kishilarining  oqilona 

ovqatlanishini tashkil qilish, bu borada jamoatchilik orasida to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha keng 

miqyosda  targ‘ibot-tashviqot  ishlarini  olib  borish,  ularda  ovqatlanish  madaniyatiga  oid 

tushunchalarini shakllantirish ularning sihat-salomatligini saqlash va muhofaza qilish borasida 

ijobiy natijalarga erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 



 

52 


 

XULOSA 

Qishloq  va  shaharda  istiqomat  qiladigan  aqliy  mehnat  kishilarining  kunlik  ovqat 

ratsionidagi  ayrim  mikronutrientlarning  30-39  yosh  uchun  belgilangan  kunlik  fiziologik 

me'yorlarga  nisbatan  solishtirib  va  amaldagi  ovqatlanishni  o‘rganish  bo‘yicha  mavjud 

adabiyotlardagi  ma'lumotlarni  to‘plab,  olingan  natijalarni  tahlil  qilib  qo‘yidagi  xulosalarga 

keldik. 


1.  Qishloq  va  shahar  aholisining  ovqat  ratsionidagi  vitaminlar  miqdori  me'yor 

darajasidan kamligi aniqlandi.  

2. Qishloq va shaharda istiqomat qiladigan aqliy mehnat kishilarining ovqat ratsionida 

biz o‘rgangan ma'danli moddalardan Ca, P, Fe, J larning miqdori me'yor darajasidan kamligi 

aniqlandi.  Faqatgina  shahar  erkaklarining  temirga  bo‘lgan  talabi  me'yordan  ortiq  ekanligi 

kuzatildi. 

3.  Qishloq  va  shaharda  istiqomat  qiladigan  aqliy  mehnat  kishilarining  o‘rganilgan 

vitamin  va  ma'danli  moddalarga  bo‘lgan  talabini  solishtirilganda  shahar  aholisining 

noessensial  oziq  moddalarni  iste'mol  qilishi,  qishloq  aholisiga  nisbatan  bir  muncha  ko‘pligi 

aniqlandi. 

4.  Tekshiriluvchilarning  vitamin  va  ma'danli  moddalarga  bo‘lgan  bunday  taqchilligi 

birinchidan,  ularning  ovqat  ratsionida  ushbu  mikronutrientlarga  boy  bo‘lgan  mahsulotlarni 

kam  iste'mol  qilinganligi  bilan  izohlansa,  ikkinchidan  dekabr  oylarida  oziq-ovqatlar 

tarkibidagi ularning miqdorining kam bo‘lishi bilan tushuntirish mumkin. 

5.  Shahar  aholisining  erkaklarida  temir  elementining  me'yoridan  oshiqcha  bo‘lishi, 

qo‘yidagicha izohlandi, ya'ni oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida temir ikki xil shaklda bo‘lib, 

go‘sht  va  go‘sht  mahsulotlari  orqali  qabul  qilingan  temir  organizmda  yaxshi  so‘riladi. 

O‘simlik  mahsulotlari  tarkibida  esa  temir  ko‘p  miqdorda  uchrasada,  ular  oshqozon-ichak 

yo‘lida  nisbatan  yaxshi  so‘rilmaydi.  Biz  kuzatuv  olib  borgan  tekshiriluvchilarning  kunlik 

ratsionidagi temir asosan o‘simlik mahsulotlari hisobidan ekanligi aniqlandi. 



AMALIY TAVSIYALAR 

         

  Qishloq  va  shaharda  istiqomat  qiladigan  aqliy  mehnat  kishilarining  salomatligini 

saqlash,  serunum  mehnat  qilishlarini  tashkillashtirish  ularning  amaldagi  ovqatlanishini  tahlil 

qilib, qo‘yidagi tavsiyalarni berishni lozim topdik: 

 


 

53 


1.  Aqliy  mehnat  bilan  shug‘ullanuvchilarning  ovqat  ratsionida  noessensial  oziq 

moddalarga  nisbatan  taqchilliklar  va  ular  tufayli  yuzaga  keladigan  tanadagi  me'yoriy 

fiziologik  jarayonlarning  buzilishini  oldini  olish  maqsadida  ommaviy  axborot  vositalari 

(radio, televideniya va boshqalar) orqali targ‘ibot-tashviqot hamda tushuntirish ishlarini olib 

borish. 

 

2.    Ovqatlanish  tartibi,  miqdori,  sifati  va  har  xil  maxalliy  udumlar  ta'siri  ostida 



mikronutrientlarning me'yor darajasidan kamayib ketishini aniqlash  maqsadida  yil davomida 

to‘g‘ri (ratsional) ovqatlanishni o‘rganish bo‘yicha mutaxassislar bilan birgalikda tadqiqotlar 

o‘tkazib turish va kerakli tavsiyalar berish. 

 

3.    Mahalla,  qishloq  fuqarolar  yig‘inlarida  to‘g‘ri  ovqatlanish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 



jadvallar,  diagramma  va  ko‘rsatkichlar  qayd  qilingan  sihat-salomatlik  burchaklari,  ratsional 

ovqatlanish  bo‘yicha  tasvirga  tushirilgan  video  va  audio  tasmalarni  ko‘paytirish  va  uni 

tarqatish. 

 

 



 

 

54 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 

1.  Каримов  И.А.  Ўзбек  ҳалқи  ҳеч  қачон  ҳеч  кимга  қарам  бўлмайди.  Т.  13.  –  Т.: 

Ўзбекистон, 2005. – б. 119-120. 

2.  Абдушелишвили Г.В., Двали Г.Н., Горгошидзе Л.Ш и др., Итоги профилактической 

витаминизации  учащихся  средных  школ  Тбилиси  //  Вопросы  питания.-  Москва, 

1992. - №3. – С.45-48. 

3.  Авсин  А.П.,  Жаворонков  А.А.,  Риш  М.А.,  Строчкова  Л.С.  Микроэлементози  

человека. –М.: Медицина, 1991.-496 с 

4.  Алишко-Ожевский  Й.П.,  Шевякова  А.В.,  Махова  Н.Н.,  Шаховская  А.К.,  Бессонов 

В.В.  Сезонние  комбания  содержания  макро  и  микроэлементов  в  крови  болних  с 

явенной  болезню  желудка  и  двенадсатиперстной  кишки.  Вопрос  питания  ,  2005, 

№5. -915с. 

5.  Арзиқулов Р.У. Соғлом турмуш тарзи асослари // Соғлом турмуш тарзининг амалий 

асослари,  шакллантириш  масалалари  ва  муаммолари  /  Тошкент,  2005.  -  II  жилд.  – 

251 б. 

6.  Баҳромов  С.М.,  Фармонқулов  Ҳ.Қ.,  Атажанова  З.А.  Камқонлик  касалликлари  / 



проф., А.А. Фозилов таҳрири остида. Тошкент: Абу Али ибн Сино, 2000. – 28 б.  

7.  Бобохўжаев  Н.К.  Республика  аҳолисининг  овқатланишига  оид  долзарб  гигиеник 

муаммолар // Актуал.  проб. гигиен. науки в  свете реформы системы здровох. Узб-

на:  Материалы  науч.прак.  конф.посвящ.  60-летию  член.  корр.АНРУз  проф. 

Искандарова Т.И. Ташкент, 1999. – С.152-155. 

8.  Валихонов М.Н. Биокимё. Тошкент. 2008 йил. Университет.208 бет 

9.  Воронина  Н.В.  Витаминная  обеспеченность  школьников  //  Мед.  журн.  Узб-на.  – 

Ташкент, 1990. - №1. – С.31-33.  

10. Вржесинская  О.А.,  Коденсова  В.М.  Обеспеченность  витаминами  и  железом  детей 

школьного возраста: анализ взаимосвязи // Вопр. питания.  – Москва, 2004. - №6. – 

С.25-31. 

11. Глобальная  стратегия  по  питанию,  физической  активности  и  здоровью.    ВОЗ.  – 

Женева, 2004. - 18 с.  

12. Домбровская  М.П.,  Демина  С.Е.,  Шумилова  С.Л.,  Смирнов  Н.М.,  Богданов  Н.Г., 

Гвоздова Л.Г., Тарабанько В.М. К вопросу об обеспечении аскорбиновой кислотой 

и отдельными витаминами группы в детей школьного возраста // Вопросы питания. 

– Москва. 1982.- №1.- С. 70. 


 

55 


13. Каримов  О.Р.,  Қурбонов  А.Ш.,  Қурбонов  Ш.Қ.  Витаминлар  ва  маъданли 

моддаларнинг овқатланишда тўтган ўрни.-Қарши.2003 йил. 

14. Конь И.Я., Тоболева М.А., Димитриева С.А. Дефицит витаминов у детей: основные 

причины, формы и пути профилактики  у детей раннего и дошкольного возраста // 

Вопросы современной педиатрии. – Москва. 2002. -№ 2. – С. 62-66.  

15. Кондратьева  И.И.,  Абрамова  Е.И.,  Шумилова  С.Л  и  др.,  Оценка  эффективности 

профилактической витаминизации школьников Москвы // Вопр. питания. – Москва, 

1992. - №3. – С.32-36. 

16. Ладодо К.С., Спиричев В.Б.  Витамины и здоровье // Педиатрия.  –  Москва.-  1987. - 

№3. – С. 5-10. 

17. Методические  рекомендации  по  вопросам  изучения  фактического  питания  и 

состояния  здоровья  населения  в  связи  с  характером  питания  /  Зайченко  А.И., 

Волгарев М.Н., Бондарев Г.И и др. - Москва. 1986. 86 с. 

18. Мўминов Ҳ.М. Соғлом турмуш тарзи – саломатлик илми ва амали (соғлом турмуш 

тарзи  ташкилотчилари  ва  унга  риоя  қилувчилар  учун  қўлланма).  –  Тошкент: 

Республика саломатлик институти, 2006. – 394 б. 

19. Николаев А.Я. Биологик химия. Тошкент: Абу Али ибн Сино, 1991.– 533 б. 

20. Нормы  физиологических  потребностей  в  пишевых  веществах  и  энергии  для 

различных групп населения. М., 1982. - 19 с.  

21. Нормы  физиологических  потребностей  в  пишевых  веществах  и  энергии  для 

различных групп населения // Вопр. питания. – Москва, 1992. - №2. – С.6-15. 

22. Нормы  физиологических  потребностей  в  пишевых  веществах  и  энергии  для 

различных групп населения Узбекистана: СанПиН №0035-95. – Ташкент, 1995. – 23 

с. 


23. Питание глобальная проблема: Международная конференция по питанию. - Рим, 5-

11 декабря 1992. – 33 с. 

24.  Расулов  С.К.  Мактаб  болалари  ўртасида  микроэлементозларнинг  тарқалиши  // 

Мактаб  ёшидаги  болаларнинг  саломатлик  ҳолатини  муҳофаза  қилиш  муаммолари: 

Республика илмий-амалий конференция материаллари. – Тошкент, 2005. – Б.44-48. 

25. Раҳматуллаев  Ё.Ш.  Қишлоқ  мактаби  ўқувчиларининг  озиқ  моддалар  билан 

физиологик таъминланиши ва уни меъёрлаштириш. номз. диссер. Тошкент 2009 й, 

123 б. 


26. Рисс С.М. Витамины  изд. Ленинград 1963 г. 

 


 

56 


27. Рацион, питание и предупреждение хронических заболеваний: Доклад совместного 

консультативного  совещания  экспертов  ВОЗ/ФАО,  серия  технических  докладов 

916. - Женева, 2003. – 196 с. 

28. Смоляр В.И. Рациональное питание. – Киев: Наукова Думка, 1991. – 368 с. 

29. Спиричев В.Б. Витаминная обеспеченность учащихся школьного возраста и пути ее 

оптимизации // Вопр. питания. – Москва, 1992. - №3. – С.6-14. 

30. Спиричев В.Б. Теоретические и практические аспекты современной витаминологии 

// Вопр. питания. – Москва, 2005. - №5. – С.32-48. 

31. Суханов  Б.  Неотьемлемые  элементы  пищи.  Российская  врачебная  газета.  2004,  № 

2(273), стр. 10-11. 

32. Тутелян  В.А.,  Спиричев  В.Б.,  Суханов  Б.П.,  Кудашева  В.  Н.  Микронутриенты  в 

питании здорового и больного человека.-М.: Колос, 2002.-423 с. 

33.  Тўрақулов Ё.Х. Биохимия. – Тошкент: Ўзбекистон, 1996. - 480 б.

  

34. Уголев А.М. Теория адекватного питания и трофология. - Ленинград: Наука, 1991. – 



272 с. 

35. Федорова  Г.М.  Витаминная  обеспеченность  учащихся  сельского  ПТУ  и  их 

профилактическая витаминизация // Вопросы питания. – Москва, 1992. - №5-6. – С. 

34-37. 


36. Химический состав пищевых продуктов: Книга 1: Справочные таблицы содержания 

основных пищевых веществ и энергетической ценности пищевых продуктов /  Под 

ред. проф., д-ра техн. наук И.М. Скурихина, проф., д-ра мед. наук М.Н. Волгарева – 

2-е изд., перераб. и доп. – М.: ВО «Агропромиздат», 1987. – 224 с. 

37. Хотимченко  С.А.,  Алексеева  И.А.,  Голубкина  Н.А.,  Бондарев  Г.И  и  др., 

Обеспеченность  витаминами  и  некоторыми  минеральными  элементами  населения 

Свердловской области // Вопр. питания. - Москва, 1996. - №4. – С. 14-18. 

38. Хохлова  Е.А.,  Сусликов  В.Л.,  Козлов  В.А.  Взаимосвязь  между  экскрецией 

витаминов  В

1

,  В



2

,  С  и  поступлением  некоторых  нутриентов  с  рационом  //  Вопр. 

питания. – Москва, 2004. - №4. – С.8-11. 

39. Хмелевский Й.В. , Поберезкина Н.Б. Витамины и возраст человека. Киев., 1990, стр. 

168 

40. Худойберганов  А.С.  Гигиеническое  обоснование  рационализации  питания 

школьников  по  белково-витаминной  обеспеченности  и  биологической  ценности 

продуктов в условиях Узбекистана: Дисс. …док. мед. наук. – Ташкент, 1993. – 391 с. 



 

57 


41. Ҳакимов Ҳ.К. Касаллик сабабчиси – йод танқислиги. Фан ва турмуш журнали. 2004 

йил, №3, 14-18 бетлар. 

42. Шарипова  Н.В.,  Дўсчанов  Б.О.,  Шайхова  Г.И.,  Қурбонов  Ш.Қ.,  Азизова  Ф.Л.,  

Раҳматуллаев  Ё.Ш.,  Салихова  Н.С.  Ўзбекистон  Республикаси  аҳолиси  турли 

гуруҳларининг  озиқ  моддалар  ва  энергияга  бўлган  физиологик  талаб  меъёрлари. 

Санитария  меъёрлари,  қоидалари  ва  гигиена  нормативлари  (СанПиН  №  0250-08). 

Тошкент. - 2008. - 38 б. 

43. Шайхова  Г.И.  Выявление  скрытого  дефицита  железа  среди  детей  дошкольного 

возраста  в  условиях  Ташкента  //  Актуал.  проб.  гигиен.  науки  в  свете  реформы 

системы здровох. Узб-на: Материалы науч.прак. конф.посвящ. 60-летию член. корр. 

АНРУз проф. Искандарова Т.И. Ташкент, 1999. – С.50-52. 

44. Қодиров У.З. Одам физиологияси. Тошкент, “Ибн Сино”, 1996 йил, 478 бет. 

45. Қосимов  А.,  Қўчқоров  Қ.,  Тешабоев  С.  Биохимия.  Педагогика  институтларининг 

химия-биология студентлари учун қўлланма. – Тошкент: Ўқитувчи, 1988. – 424 б. 

46. Қурбонов Ш.Қ., Қурбонов А.Ш. Овқатланиш физиологиясининг асослари. – Қарши: 

Насаф, 2000. – 72 б. 

47. Қурбонов  Ш.Қ.,  Қурбонов  А.Ш.,  Каримов  О.Р.  Ҳазм  ва  озиқланиш  физиологияси. 

Қарши, “Насаф” 2004 йил 173 бет. 

48.  Қурбонов Ш.Қ. Овқатланиш маданияти. – Тошкент: Маънавият, 2005. – 209 б. 

49. Қурбонов Ш.Қ., Қурбонов А.Ш., Каримов О.Р. Рационал овқатланиш ва овқатланиш 

маданияти.  “Рационал  овқатланиш  ва  соғлом  турмуш  тарзи”.  Республика  илмий-

амалий  конференция  материаллари  тўплами.  Қарши,  2008  йил,  16-17  май,  51-52 

бетлар. 

50.  Қурбонов  Ш.Қ.,  Бўриев  А.Я.  “Кўзга  кўринмас,  қўлга  илинмас”  (ёхуд 

микронутриентлар  ҳақида  маълумот)  Сиҳат-саломатлик  журнали  Тошкент,  2010 

йил №7-8,  2-3 бетлар. 

51. 

 http://www.ziyonet.uz



 

52. 


http://www.rusmg.ru

 

53. 



http://knowledge.allbest.ru

 

54. 



http://bibliofond.ru

 

55. 



http://www.google.ru

 

56. 



http://edadetey.ru 

57. 


http://pitanie.ru 

 

58. 



http://www.zoyo.com

 


 

58 


Ushbu magistrlik dissertatsiyamni  yozishda ko‘maklashgan ilmiy rahbarim biologiya 

fanlari  nomzodi,  dotsent  Karimov  Olim  Rasulovichga  va  Fiziologiya  kafedrasi  professor-

o‘qituvchilariga o‘zimning samimiy minnatdorchiligimni bildiraman. 

 

 



 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling