Qon organizmni ichki muhitining komponentlaridan biri ekanligi Qon plazmasi Qon aylanishi Homilada qon aylanish xususiyatlari


Download 273.53 Kb.
bet3/10
Sana19.06.2023
Hajmi273.53 Kb.
#1615046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qon va qon aylanish tizimining yoshga xos xususiyatlari von Gulsanam Oripova

Qon plazmasi
Sog’lom odamning 100 ml qon plazmasida 93 g.ga yaqin suv saqlanadi. Plazmaning qolgan qismini mineral moddalar oqsillar (shu jumladan fermentlar) uglevodlar, yog’lar, gormonlar, darmon-dorilar, aminokislotalar tashkil qiladi.
Tuzlar, oqsillar, glyukoza, mochevina va boshqa moddalarning plazmada erigan umumiy konsentratsiyasining yig’indisi osmotik bosimni tashkil etadi. Plazmaning osmotik bosimi asosan anorganik tuzlar bilan hosil qilinadi, chunki qand, oqsillar, mochevina va boshqa moddalarning konsentratsiyasi unchalik katta emas. Osmotik bosim organizmda qon bilan to’qimalar orasidagi suv almashinuvining ta’minlaydi.
Qonning osmotik bosimining doimiyligi, organizmdagi hujayralarning hayot faoliyati uchun juda muhim ahamiyatga ega. Ko’plab hujayralarning shu jumladan qon hujayralarining membranalari tanlab o’tkazish xususiyatiga ega. Shu sababli qon hujayralarini turli tuz konsentratsiyalariga ega bo’lgan eritmalarga, ya’ni turli osmotik bosimga ega bo’lgan eritmalarga solinganida qon hujayralarida jiddiy o’zgarishlar yuz beradi.
Ma’lumki, erituvchi doimo osmotik bosim yuqori tomondan past tomonga qarab harakat qilganligi sababli qon tarkibidagi eritrositlarni osmotik bosimi plazmadagi bosimdan past bo’lgan eritmaga solinganida (gipotonik eritma) osmos qonuniga asosan suv jadal ravishda eritrositlar ichiga kiradi, eritrositlar shishadi va ularning po’sti yorilib, uning ichidagi komponentlar suvga chiqadi, gemoliz yuz beradi. Eritrositlari gemolizga uchragan qon tiniq yoki laklangandek bo’lib qoladi. Odamlarning eritrositlari osh tuzining 0,44-0,48 % li eritmasiga solinganida gemolizlanishini boshlaydi. Gipotonik eritmalarga solingan eritrositlarni parchalanmaslik xususiyatga eritrositlarning osmotik chidamliligi yoki rezistentlik deyiladi. Eritrositlarning bu xususiyati yangi tug’ilgan va emadigan bolalarda voyaga yetgan odamlarnikiga nisbatan yuqori bo’ladi. Qon plazmasining osmotik bosimi osh tuzining 0,9 % li eritmasi konsentratsiyasiga tengdir. Emadigan bolalarning eritrositlarining maksimal chidamliligi 0,3 dan 0,4 % li osh tuzi chegarasida bo’lsa, minimal chidamlilik osh tuzining 0,48 dan 0,52 % chegarasida bo’ladi.
O’zining sifatiy tarkibiga va tuzlar konsentratsiyasiga ko’ra plazma tarkibiga teng bo’lgan eritmalar fiziologik eritmalar deb yuritiladi. Ular izotonikdir. Bunday suyuqliklar qon yo’qotilganida ulardan qon o’rnini bosuvchi sifatida foydalaniladi.
Qonga turli miqdordagi suv va mineral tuzlar tushishi mumkin, lekin shunga qaramasdan buyraklar faoliyati tufayli qonning osmotik bosimi doimiy ravishda bir darajada turishi ta’minlanadi.
Bu jarayonda buyraklar, ter bezlari ham ishtirok etib, ular orqali organizmdan suv, tuzlar va moddalar almashinuvining boshqa mahsulotlari chiqariladi.
Qon plazmasi faqatgina doimiy osmotik bosimga va tuzlarning ma’lum sifatdagi tarkibigagina ega bo’lmasdan uning reaksiyasining doimiyligini ham ta’minlaydi. Amaliyotda muhitning reaksiyasi vodorod ionlarining konsentratsiyasi bilan aniqlanadi. Muhitning reaksiyasini xarakterlash uchun pH-deb belgilanuvchi vodorod ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. (Vodorodli ko’rsatkich teskari belgi bilan vodorod ionlari konsentratsiyasini logorifmidir). Distillangan suv uchun pH o’lchami 7,07 ni tashkil etadi, pH-7,07 dan kam bo’lsa kislotali,7,07-dan yuqori bo’lsa ishqoriydir. Tana harorati 370C bo’lganida odam qonining pH-7,36 ga tengdir. Qonning faol reaksiyasi kuchsiz ishqoriydir.
Qon reaksiyasining doimiyligi unda mavjud bo’lgan buferli moddalar (gemoglobin, ko’mir kislotasining achchiq tuzi, fosfor kislotasining tuzi va qon oqsillari) tomonidan ta’minlanadi, hamda o’pka faoliyati orqali organizmdan karbonat angidrid gazi chiqarib yuboriladi; buyraklar va ter bezlari orqali kislotali va ishqorli reaksiyalarga ega bo’lgan ortiqcha moddalar chiqarib yuboriladi.
Qon plazmasining organik moddalari orasida oqsillar ancha katta ahamiyatga ega. Ularning katta qismi jigarda sintezlanadi.
Plazma oqsillari qon va to’qimalararo suyuqliklar orasidagi suv almashinuviga ta’sir qiladi, organizmdagi suv-tuz muvozanatini ta’min etadi. Bu rolni albumin oqsillari bajaradi. Oqsillar himoyaviy immun tanalarni hosil bo’lishida ishtirok etadi, organizmga kiruvchi zaharli moddalarni yopishtiradi va zararsizlantiradi. Barcha antitana –oqsillar globulinlar guruhiga kiradi. Bular asosan gamma-globulinlardir. Shu sababli hozirda gamma-globulinlar organizmni himoya kuchini mustahkamlovchi, davolovchi preparat sifatida keng qo’llanilmoqda.
Plazmaning fibrinogen oqsili –qon ivishining asosiy omilidir. Uni plazmadan juda yengil cho’kma shaklida ajratib olish mumkin. Fibronogeni ajratib olingan plazma-zardob deb ataladi. Zardob plazmadan ivimasligi bilan farq qiladi.
Qon jarohatlanmagan tomirlar bo’ylab harakat qilar ekan, u suyuqligicha qoladi. Lekin, tomir jarohatlanishi bilan jarohat yuzasida qon laxtasi hosil bo’ladi. Qon laxtasi (tromb) tiqin singari jarohatni qoplaydi, qon oqimi to’xtaydi va yara sekin-asta tuzaladi. Agar qon ivimaganida, kichkina tirnalishdan ham odam qon yo’qotib o’lishi mumkin edi.
Qon tomiridan chiqqan odam qoni 3-4 daqiqada iviydi.Qonning ivishi organizmning muhim himoya reaksiyasi bo’lib hisoblanadi, u qon yo’qotilishini oldini oladi va shu yo’l bilan aylanib yuruvchi qon miqdorining doimiyligi ta’minlanadi.
Qon ivishining asosida qon plazmasidagi erigan holdagi fibrinogen oqsilining fizik-ximik xususiyatlarining o’zgarishi yotadi. Qon ivish jarayonida fibrinogen oqsili erimaydigan fibringa aylanadi va u mayda nozik ipchalar shaklida ko’rinadi. Fibrin ipchalari juda mayda turchalar hosil qiladi va unda qonning shaklli elementlari ushlab qolinadi. Qon laxtasi yoki tromb hosil bo’ladi. Sekin-asta qon lahtasining zichlashishi yuz beradi, zichlanish natijasida jarohatning chetlarini tortadi va shu yo’l bilan jarohatni bitishini ta’minlaydi. Qon laxtasining zichlashishi paytida undan sarg’ich tiniq suyuqlik –zardob ajraladi.
Qon laxtasining zichlashishida trombositlar muhim rolni o’ynaydi, ya’ni qon laxtasining siqilishini ta’minlovchi moddalarni saqlaydi. Bu jarayon sutning ivish jarayonini eslatadi, qaysiki ivituvchi oqsil bo’lib, kaziyen hisoblanadi, ma’lumki pishloq hosil bo’layotgan paytda ham zardob ajralib chiqadi. Jarohatni bitish jarayonida fibrin laxtasi eriydi va surilib ketadi.
Yuryev (xozirgi Tartu) universitetining professori A.A.Shmidt 1861 yilda qonning ivish jarayoni fermentativ jarayon ekanligini aniqladi. Qon plazmasida erigan holdagi fibrinogenni erimaydigan fibrin oqsil holatiga o’tishi trombin fermenti ta’siri ostida amalga oshadi. Qonda doimiy holda jigarda ishlab chiqiladigan nofaol holdagi trombin- protrombin saqlanadi. Protrombin tromboplastin va kalsiy tuzlari ishtirokida faol trombinga aylanadi, qon plazmasida kalsiy tuzlari mavjud, trombopalstin esa aylanib yuruvchi qonda yo’q. u trombositlarning yoki tananing boshqa hujayralarining parchalanishidan hosil bo’ladi. Tromboplastinning hosil bo’lishi ham murakkab jarayondir. Tromoplastinning hosil bo’lishida trombositlardan tashqari yana qonning ayrim oqsillari ham ishtirok etadi. Ayrim oqsillarni qon tarkibida bo’lmasligi qonning ivish jarayoniga keskin ta’sir etadi. Agarda qon plazmasida globulinlardan biri (yirik molekulali oqsillardan) bo’lmaganida gemofiliya kasalligi yuz beradi.

Download 273.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling