Qon organizmni ichki muhitining komponentlaridan biri ekanligi Qon plazmasi Qon aylanishi Homilada qon aylanish xususiyatlari


Homilada qon aylanishi xususiyatlari


Download 273.53 Kb.
bet6/10
Sana19.06.2023
Hajmi273.53 Kb.
#1615046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qon va qon aylanish tizimining yoshga xos xususiyatlari von Gulsanam Oripova

Homilada qon aylanishi xususiyatlari
Homilaga ona qornida rivojlanishining ikkinchi oyidan boshlab bola tug’ulgunigacha davom etadigan plasentar qon aylanishi o’rnatiladi.
Plasiyentadan homilaga kindik venasi borsa, homiladan plasiyentaga – ikkita kindik arteriyasi boradi. Bu tomirlar kindik arqonchasini tashkil qiladi va u homilaning kindik teshigidan plasentagacha cho’zilgan bo’ladi. Kindik arqonchasining uzunligi homiladorlikning oxiriga kelib 50-60 sm.gacha yetadi.
Homilada qonning kislorod bilan to’yinishi va uning karbonat angidrid gazidan tozalanishi plasentada yuz beradi. Homilaning to’qimalari aralash qon bilan ta’minlanadi.

Homilada qon aylanishi. 1-kindik venasi; 2-darvoza venasi; 3-venozli oqim;
Arterial qon plasentadan kindik venasi orqali homila organizmiga tushadi, kindik venasi homilani jigariga kelib u ikkita shoxga bo’linadi. Ulardan biri pastki kovak venaga venoz oqimi shaklida boshqasi esa qopqa venasiga tushadi. Shu yerda arterial qon venoz qoni bilan aralashadi, jigar venasi orqali pastki kovak venaga qo’yiladi. Shu yo’l bilan pastki kovak venada arterial qon bilan venoz qonining birinchi aralashuvi yuz beradi.
Aralashgan qon pastki kovak vena orqali o’ng bo’lmachaga kelib qo’yiladi. Bu yerga yana yuqorigi kovak vena orqali ham venoz qoni kelib qo’yiladi.O’ng bo’lmachada yana qonlarning to’liq bo’lmagan ikkinchi aralashishi amalga oshadi.
O’ng bo’lmachadan ancha arteriallashgan qon o’ng va chap bo’lmachalar orasidagi oval shaklidagi teshik orqali chap bo’lmachaga tushadi va undan avval chap qorinchaga va nihoyat aortaga chiqadi.
Ancha venozlashgan qon o’ng bo’lmachadan o’ng qorinchaga va nihoyat o’pka arteriyasi orqali o’pkaga tushadi, nihoyat to’rtta o’pka venasi orqali chap bo’lmachaga kelib qo’yiladi. Homilada o’pka o’z funksiyasini bajarmaydi. Homilada o’pka arteriyasi keng arterial oqim aortasi yoki botallov oqimi bilan birikadi. Shu sababli ancha yengil yo’l bilan o’ng qorinchadan haydalgan qonning asosiy massasi harakatlanadi. Qonning uchinchi aralashishi amalga oshadi. Aralashgan qon katta qon aylanish doirasi tomirlari bo’ylab organlar va to’qimalarga kelib tushadi, ularga kislorod va to’yimli moddalarni yetkazib beradi, ulardagi karbonat angidrid gazi va almashinuv mahsulotlari bilan to’yinib kindik arteriyasi orqali yana plasentaga qaytadi.
Shunday qilib, homiladagi yurakning har ikkala qorinchalari katta qon aylanish doirasini qon bilan to’ldirib turadi, homilani arterial qon bilan to’yintirib turadi. Homilada arterial qon faqat kindik venasida va venozli yo’lda oqadi. Homilaning barcha arteriyalarida aralash qon aylanadi.
Bola tug’ilganidan keyin plasentar qon aylanishi tamom bo’ladi. Kindikning kesilishi homilani ona organizmi bilan aloqasini buzadi. Birinchi nafas olish bilan yangi tug’ilgan bolaning o’pkasi kengayadi. O’pka arteriyasi orqali qon arterial qon yo’liga tushmasdan (botallov) to’g’ri o’pkaga yo’naladi. Bu oqim yo’li qonsiz holda qoladi va tezda biriktiruvchi to’qimali paylarga aylanadi. Oqimning to’qimaga aylanishi, hayotining 6-8 ayrim vaqtlarda 9-11 haftalarida yuz beradi, bo’lmachalar orasidagi oval teshigi hayotning birinchi yarim yilining oxirida bitadi. Kindik kesilganidan keyin kindik arteriyalari va venasi ham sekin-asta bitib ketadi.
Bolaning yuragi tug’ilganidan keyin faqatgina o’smasdan, balki barcha yo’nalishlarda orta borib unda shakllarning hosil bo’lishi jarayonlari amalga oshadi (shaklining proporsiyasining o’zgarishi). Yangi tug’ilgan bolaning yuragi ko’ndalang holatda va deyarlik sharsimon shaklda bo’ladi. Nisbatan ancha katta bo’lgan jigar diafragmaning gumbazini ancha balandga ko’taradi, shundan yangi tug’ilgan bolaning yuragi balandroqda (to’rtinchi chap qobirg’alar oralig’i darajasida) joylashgan bo’ladi. Hayotning birinchi yilini oxirida o’tirish, tik turish natijasida va diafragmani pastroqqa tushishi tufayli yurak ko’ndalang joylashish holatini oladi. 2-3 yoshga yetganda yurakni uchi V-qobirg’agacha yetadi, 10 yoshli bolalarda esa deyarlik voyaga yetgan odamlardagidek holatni egallaydi.
Hayotning birinchi yilida bolalarning yuragining bo’lmachalari qorinchalarga nisbatan tez o’sadi, so’ngra ular bir xil tezlikda o’sishadi va faqat 10 yoshga yetganidagina qorinchalarning o’sishi bo’lmachalarnikidan ustun bo’ladi.
Bolalarning yuragi voyaga yetgan odamlarnikiga nisbatan katta. Bolalarda yurakning massasi ularning tirik massasining 0,63-0,80 % ni tashkil qilsa, voyaga yetgan odamlarda esa 0,48-0,52 % ni tashkil etadi. Yurak bolalarning hayotini birinchi yilida ancha jadal o’sadi: sakkiz oylik bo’lganda yurakning massasi ikki martaga, uch yoshga kelib uch martaga, besh yoshga kelib 4 martaga, 10 yoshga kelib esa 11 martaga kattalashadi. (jadvalga qarang).
O’g’il bolalarda tug’ilganidan keyingi birinchi yilda yurakni massasi qiz bolalarnikidan ortiq bo’ladi.

Download 273.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling