Qon plazmasi. Qon plazmasi oqsillari va ularning funksional mohiyati


Download 123 Kb.
bet10/13
Sana06.04.2023
Hajmi123 Kb.
#1333693
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
QON PLAZMASI. mohigul

AVO tizimi. K.Landshteyner qon guruhini o’rganib, 1901-yilda AVO tizimini kashf etdi. U odam eritrotsitlarini antigen xususiyatlariga ko’ra 4 guruhga bo’ldi. O (I) guruh eritrotsitlarida A, V antigen (agglyutinogen) yo’q. ammo bu odamlarning qonida anti-A va anti-V antitelolar bor. Bu antitelolar α va β agglyutinindir.
A (II) guruh eritrotsitlarida A-agglyutonogen, shu guruh plazmasida β – agglyutinin uchraydi.
B (III) guruh B – agglyutinogen, β – agglyutininga ega.
AB (IV) guruhda A va B agglyutinogenlar bor, ammo α – va β – agglyutinilar uchramaydi.
Markaziy Yevropa mamlakatlarida odamlarning 40 % 0 (I) guruhga mansub, A (II) guruhi ham 40 % ga yaqin, B (III) guruh – 10 % ga yaqin, AB (IV) guruh taxminan 6 %.
Aksari odam eritrotsitlarida (85 %) yana bir omil bor. Uni birinchi marta K.Landshteyner va I.Viner 1940-yilda makakus rezus maymun qonidan topishgan va rezus – faktor deb atashgan. Unga ega bo’lgan odam qoni – rezus-musbat qon, mazkur omil bo’lmagan rezus-manfiy odam qonida anti – rezus agglyutininlar hosil bo’ladi. Shu rezus-manfiy odamga rezus-musbat qon ikkinchi marta qo’yilsa, Rh+ musbat eritrotsitlar anti-rezus agglyutinin ishtirokida agglyutinatsiyaga uchraydi, kichik qon kichik qon tomirlarga tiqilib qoladi va hayot uchuhn xavf tug’diradi.
Rezus faktor bilan bog’liq bo’lgan ikkinchi ko’ngilsiz ahvol ona bilan homila o’rtasida rivojlanishi mumkin bo’lgan rezus-kelishmovchilik. Agar rezus-musbat erkakdan rezus-manfiy ayol homilador bo’lsa (bunday nikohlarning extimolligi 50 % ga yaqin), homilaga rezus-faktor otadan o’tishi mumkin. Uning eritrotsitlaridagi rezus-faktor (antigen) yo’ldosh orqali ona qoniga o’tadi. Rezus faktorga qarshi ona qonida anti – rezus-agglyutininlar paydo bo’ladi. Ular ham yo’ldosh orqali homila qoniga o’tadi va homila eritrotsitlarini agglyutinatsiya va gemolizga uchratadi. Agar antirezus agglyutininlar konsentratsiyasi yuqori bo’lsa, bu jarayon kuchayib ketib, homila halokatga olib kelishi mumkin. Rezus-mos kelmaslik uncha kuchli bo’lmasa, gemoliz natijasida bola sariq bo’lib tug’iladi. Uning terisini va shilliq pardalarini gemoglobindan ko’p miqdorda paydo bo’lgan bilirubin shu rangga bo’yaydi.
Agar rezus-manfiy ayol rezus-musbat erkak bilan turmush qurgan bo’lsa, bu holatni oldini olish choralarini ko’rish kerak.
Agglyutinatsiya rivojlanishini o’rganish natijasida qon quyishning ikkita asosiy sharti shakllandi: 1) quyiladigan qon tanlashda donorning (qon beruvchi odamning) agglyutinogenlari retsipiyent (qon oluvchi odam) qonida bir nomli agglyutininlar bilan uchramasligini ta’minlash zarur; 2) donorning agglyutininlari hisobga olinmaydi – bu suyulish qoidasi: oz miqdorda (200-500 ml) quyilgan qonning plazmasi retsipiyent qonida ko’p marta suyulib ketadi, agglyutininlarning konsentratsiyasi keskin kamayadi va ular retsipiyent eritrotsitlarini aggyutinatsiyaga uchrata olmaydi.
Bu qoidalarga rioya qilinganda I guruh qonni birinchi va boshqa uchta guruhga quyish mumkin. II guruhga mansub qonni ikkinchi va to’rtinchi guruhga quyish mumkin.
Keyingi yillarda faqat bir guruhdagi qon quyishga o’tish taklif qilindi. Buning sabablaridan biri shundaki, ko’p miqdorda qon quyilganda (4-5 l) donorning agglyutinilari suyulmaydi va retsipiyent eritrotsitlarini agglyutinatsiyalaydi. Ikkinchidan, I guruh qoniga ega bo’lgan shaxslarning 10-20 % ida anti-A va anti-B agglyutinilari borligi aniqlandi. Bularning qonni boshqa guruhlarga quyilganda gemotransfuzion shok rivojlanib, halokatga olib kelishi mumkin. Bu xavfli holatning rivojlanish mexanizmi quyidagicha: eritrotsitlar bir-biriga yopishib qoladi, ulardan tromboplastin ajralib chiqib, tomirlarda qonni ivitadi, qon tomirlarda o’tmay qoladi.
Hozirgi vaqtda qon quyish qoidalarini shunday tariflash mumkin:

  1. Donor va retsipiyent qoni bir guruhga mansub bo’lishi kerak;

  2. Rezus-manfiy odamga rezus-musbat qonni quyish mumkin emas;

  3. Bir donorning qonini muayyan retsipiyentga qayta quyishdan voz kechish kerak.




Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling