Qon plazmasi. Qon plazmasi oqsillari va ularning funksional mohiyati
Qon hosil bo’lishi (gemopoez) va uning boshqarilishi
Download 123 Kb.
|
QON PLAZMASI. mohigul
Qon hosil bo’lishi (gemopoez) va uning boshqarilishi.
Maxsus hujayralarning qiyoslanish jarayonida qon hujayralarining yetuk shakllari hosil bo’lishi gemopoez deb ataladi. Hozir aksariyat olimlar tan olgan unitar nazariyaga ko’ra qon shaklli elementlarining hammasi yagona polipotent ustun hujayradan rivojlanadi. Ustun polipotent hujayralarning o’z-o’zini saqlab qolish qobiliyati juda yuqori. Har bir hujayra 100 martagacha mitotik ravishda bo’linishi mumkin. Ustun hujayralarning bir qismi limfopoezning o’tmishdoshi bo’lsa, ikkinchi qismidan mielopoez boshlanadi. Limfopoezning o’tmishdosh hujayralari B-limfotsitlarning va T-limfotsitlarning o’tmishdoshlariga bo’linadi. B-limfotsitlarning o’tmishdoshi plazmoblast va proplazmotsitlar bosqichlaridan o’tib, plazmotsit (yetuk B-limfotsit) ga aylanadi. T-limfotsitlarning o’tmishdoshi avval limfoblastga aylanadi, prolimfotsit bosqichidan o’tib, timusda T-limfotsitga aylanadi. Miyelopoezni boshlovchi hujayralar ichida erittopetinga va trombotsitopoetinga sezgir hamda maxsus muhitda koloniyalar hosil qiluvchi hujayralar tafovut qilinadi. Koloniya hosil qiluvchi hujayralardan avval monoblastlar, keyin promonotsitlar paydo bo’lib, monotsit yetiladi. Monotsitlar esa turli xildagi makrofaglarga aylanadi. Koloniya hosil qiluvchi hujayralarning boshqa bir qismidan miyeloblastlar paydo bo’ladi. Miyeloblastlar bazofil, neytrofil va eozinofil promiyelotsitlar, miyelotsitlar, metamiyelotsitlar bosqichlaridan o’tib, donali leykotsitlarni hosil qiladi. Eritropoetinga sezgir hujayralardan eritrotsitlar hosil bo’ladi. Eritrotsitlarning yetilishi 6 bosqichda o’tadi: eritroblast, pronormotsit, bazofil normotsit, oksifil normotsit, retikulotsit. Trombotsitopoetinga sezrgur hujayaralrdan megakarioblast paydo bo’lib, u promegakariotsit va megakaritotsitga aylanadi. Megakaritositlardan trombotsitlar ajralib chiqadi. Qonning hosil bo’lishi 19 kunlik embrionning sariq qopchasida boshlanadi. Bu gemopoezning mezoblastik davri. U embrion 4 oylik bo’lganda tugaydi. Gemopoezning ikkinchi jigar davri homiladorlikning 6-haftasidan boshlanib 5-oyida cho’qqisiga chiqadi. 4-5 oylik homilada qon yaratilishi ko’mikka o’tadi. Ammo fetal eritropoez kattalarda qon yaratilishidan farq qiladi. Eritrotsitlar kichiklashib, soni ko’payadi. Ularda gemoglobin o’zgaradi: ilk bor paydo bo’lgan eritrotsitlarda primitiv gemoglobin (NvP), homilaning qonida asosan, NvG’ va katta odamning qonida NvA uchraydi. Qon hosil bo’lishini asosan gumoral omillar boshqaradi. Har turdagi shaklli elementlarning hosil bo’lishi mustaqil yo’l bilan boshqariladi. Eritrotsitlarni rivojlanib yetilishi uchun eritropoetin zarur. To’qimalarda kislorod yetishmovchiligi eritropoetin hosil bo’lishini jadallashtiradi. Bu glikoproteinni asosan buyrak sintezlaydi. Granulotsitlarning rivojlanishi koloniyalar hosil bo’lishini rag’batlantiruvchi omilga bog’liq. Bu modda α-2globulinlar turkumidan. Qon hosil bo’lishiga eritropoetindan tashqari, boshqa gormonlar ham ta’sir qiladi. Masalan, androgenlar eritropoezni kuchaytiradi. Eritropoez vitamin B12, B6 va boshqa vitaminlarga muhtoj jarayon. Qon hosil bo’lishini nerv tizimi boshqarishi yaxshi o’rganilmagan. Gipotalamus gipofiz va vegetativ nerv tizimi orqali qon yaratilishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Shu tufayli, sog’lom organizmda yemirilayotgan qon tanachalarining miqdori hosil bo’layotgan miqdoriga teng bo’lib, ular o’rtasida doimo muvozanat saqlanib turadi. Limfa Limfa - tiniq sarg’ich suyuqlikdir. Qon plazmasiga nisbatan unda oqsillarning miqdori kam o’rtacha 3-4 %. Limfa oqsillariga globulinlar va albuminlar kiradi. Glyukoza o’rtacha 0,1 % ga yaqin, mineral tuzlar – 0,8-0,9 % bo’lib, uning 67 % NaCl hajmiga to’g’ri keladi. Limfa iviganida juda bo’sh tromb hosil bo’ladi, chunki uning tarkibidagi fibrinogenni miqdori plazma tarkibidan ancha kam. 1 mm3 limfada shaklli elementlarning miqdori 2000 dan 20000 gacha bo’lsa-da, ularning tarkibida eritrotsitlar va donador leykotsitlar, odatda, uchramaydi. Shaklli elementlarning 55 % ni limfotsitlar tashkil etadi. Ulardan tashqari, monotsitlar va eozinofillar ham bo’ladi. Limfa tarkibida diastaza va lipaza fermentlari bilan birga antitanalar ham saqlanadi. Limfaning qon plazmasidan naqadar darajada farq qilishini quyidagi jadvaldan ko’rish mumkin. Limfa va qon plazmasining o’rtacha kimyoviy tarkibi: % hisobida.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, limfa tarkibida oqsillar kamroq bo’lishi bilan plazmadan anchagina farq qiladi. Limfaning tarkibi nisbatan doimiy emas va moddalar almashinuvining o’zgarishiga qarab o’zgarib turadi. Ovqat hazm organlaridan oqib kelayotgan limfaning tarkibida yog’li ovqat iste’mol qilinganidan keyin yog’ning miqdori ortib (3-4 %) u sut ko’rinishiga o’xshash bo’ladi. Download 123 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling