5 ml. sinalayotgan moy 45 ml. «Kalosha»
benzinda eritiladi
va qog‘oz filtr yordamida varonkada filtrlanadi. Agarda moyning
ifloslanish darajasi
II dan ko‘p bo‘lmasa (5-jadval)
va yaxshi
fîltrlansa, u holda moyning yuvuvchanlik potensiali 5.7; 5.8
bosqichlar orqali aniqlanadi. Agarda filtrlanish qoniqarsiz boMsa
yoki ifloslanish darajasi
II dan ortiq bo'lsa,
bunday moyning
yuvuvchanlik potensialini aniqlash mumkin emas. Bu holda
moyni 100°C da quritish shkafida «ko‘k lenta» filtr qog‘ozida
filtrlanib, 5.4-bosqichi bo‘yicha yana bir marta tekshiriladi.
5.7. Moyning yuvuvchanlik potensialini sifat tahlili
bilan aniqlash
5.7.1. Sinalayotgan moydan 5 g olinib patronga o ‘yiladi va
250°C gacha qizdirilgan termostatning diskka qo‘yiladi va 30
min. davomida ushiab turiladi.
So‘ngra
patron diskdan
ushlagich yordamida olinib sovutish uchun keramika plitaga
qo‘yiladi va xona haroratigacha sovutiladi, shundan so‘ng
oksidlangan moy 45 ml «Kalosha» benzinida eritiladi va 5.4
bosqichga muvofiq qog'oz filtrda filtrlanadi.
Agarda
oksidlangan,
benzinda eritilgan moy yomon
fîltrlansa yoki filtrning ifloslanganlik darajasi
III yoki
IV ga teng
bo‘lsa, unda sinalayotgan moyning
yuvuvchanligi nolga teng
deyiladi.
Agarda oksidlangan va benzinda eritilgan moy yaxshi
fîltrlansa va filtrni ifloslanganlik darajasi I yoki
II ga teng bo‘lsa
(5-jadval), moy yuvuvchanlik potensialiga
ega boMadi va uning
qiymatini 5.8-bosqichi bo‘yicha aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: