Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Download 3.1 Mb.
bet22/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa sifatida aytish mumkinki, maktabgacha ta’lim sohasida har bir harakat bu bola shaxsi va uning fikri, u bilan olib boriladigan hamkorlik ishlarida o‘z aksini topayotgan bo‘lib, bu jarayonning yanada samarali olib borilishida interfaol uslublarni to‘g’ri qo‘llay olish, ta’lim jarayoniga interfaol pedagogik texnologiyalarni joriy etish maktabgacha yoshdagi bolalarning kompleks fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirish, ularni zamonaviy ta’lim davlat standartlari qo‘ygan vazifalarga muvofiq atrof-muhit bilan o‘zaro hamkorlikning konstruktiv usullari va vositalarini egallashga qaratilgan.
Maktabgacha ta’limga bo‘lgan zamonaviy talablar pedagoglarni ta’limni rivojlantirishga yo‘naltiradi, maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi uchun bilim, o‘yin, qidiruv va o‘quv o‘zaro ta’sirining elementlari sintez qilinadigan yangi texnologiyalardan foydalanish zarurligini belgilaydi.
Pedagog-tarbiyachilar muloqot qobiliyatiga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish uchun ta’lim jarayonini tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyalarni izlashlari kerak. Bular quyidagicha:

  1. Ta’limiy va tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishda tarbiyachining interfaol usullardan foydalanish texnikasini joriy qilish;

  2. MTT pedagog xodimlari va pedagogik jamoa uchun ta’lim jarayonida interfaol usullarni qo‘llashga oid seminar-treninglar o‘tkazish;

  3. Joylarda (oila, maҳalla, MTT, maktablarda) bola shaxsini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv chiqishlarini olib borish.

  4. Pedagog va bolalarning o‘zaro hamkorlikdagi ta’lim muhitida samarali muloqot o‘rnatish.

  5. Maktabgacha ta’limning metodik ta’minotini interfaol uslublar asosida tarbiyalashga yordam beruvchi o‘quv manbalari majmuasi (o‘quv va metodik qo‘llanmalar, tavsiyanomalar) hamda o‘quv materiallari bilan boyitish.

  6. Malaka oshirish o‘quv-kurslarining muddatini qisqartirish ( har yilda 1 marotaba)

Bola mustaqil ravishda turli faoliyatlarda - o‘yin, muloqot, bilim va tadqiqot faoliyati, dizayn va boshqalarda tashabbus va mustaqillikni namoyon qilishi kerak.
Bir so‘z bilan aytganda, bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim dasturi ta’limda interfaol usullarni qo‘llash orqali kamol topishida, zamonaviy bilimlarni egallashida, tengdoshlari va ta’lim muhitida o‘z o‘rni va “Meni”ga ega bo‘lishida, uni qo‘llashda interfaol uslublar va ularni ishlab chiqish, ta’lim tizimida samarali va natijali qo‘llash orqali olib borilgan so‘rovnomalar va kuzatuvlar orqali tahlil va tatbiq qilish ishning bajarilganlik darajasi va sifat yondashuvini belgilab beradi.




Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling