Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
ADABIYOTLAR TAHLILI
S.Jumaeva va Z.Usmonovalarning tadqiqotlari oʼzbek xalq ertaklarida hayvonlar haqidagi ertaklar alohida guruhni tashkil etishini, shuningdek, ertaklar ham talaygina ekanligini yorqin tasdiqlaydi. Аna shu mulohazalarga tayanib, hozircha oʼzbek ertaklarining ichki turini farqlab oʼrganmoq maʼqul topildi.38 Maktabgacha yoshdagi bolalarda kitobxonlikka boʼlgan, oʼqishga boʼlgan qiziqishni saqlab qolish muammosi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Bolani kitobni sevishga oʼrgatish boʼyicha tayyor metodikalar, loyihalar mavjud emas, chunki kitobni oʼqish va kitobxonlikka mehr uygʼotish murakkab jarayondir. Ertak turlari V.Ya.Propp sehrli ertaklar; novellistik, ertaklar; kulmunativ ertaklar; hayvonlar haqida hayotiy ertaklar M.Аfzalov hayvonlar haqidagi ertaklar; sehrli fantastik ertaklar, hayotiy-satirik ertaklar. Ertak xalq ogʼzaki badiiy ijodining eng qadimiy, ommaviy, hajman yirik, katta-yu kichiklar uchun baravar qiziqarli boʼlgan janrdir. Ular juda uzoq oʼtmishda ibtidoiy ajdodlarimizning dunyoqarashi, qadimiy urf-odatlari, marosimlari asosida paydo boʼlgan. Ertaklarda, odatda, xalqning maishiy turmushi va eng oliyjanob insoniy fazilatlari haqidagi orzu-oʼylari xayoliy va hayotiy uydirmalar vositasida bayon etiladi. Shunga asoslangan holda maktabgacha yoshdagi bolaga moʼljallangan ertak kitoblarda illyustratsiyalar ham boʼlishi kerak. Bunday kitobdagi rasmlar matn bilan teng oʼrinni egallaydi, chunki bolaning oʼzi oʼqimaydi, kitob unga asosan rasm bilan murojaat qiladi. Kitobdagi illyustratsiyalar katta, uzoqdan yaxshi koʼrinadigan hollarda bolalarga koʼrsatish kerak. Bular: А.Navoiyning “Bir kabutar” shuningdek, oʼzbek xalq ertagi “Dono dehqon”, “Zumrad va Qimmat”, “Sehrli Hassa”, “Oltin tarvuz” ertaklari misol boʼla oladi. Ertaklarni oʼqish va aytib berish maktabgacha taʼlim tashkilotlarida kun tartibida barcha jarayonlarda tashkil etiladi, bu – oʼyinlar va sayrlar, kundalik ishlar va ish bilan bogʼliq. Ogʼzaki xalq badiiy asarlari roʼyxati dastur tomonidan tavsiya etilgan va badiiy soʼz kiritilgan faoliyat shakllariga qaraganda ancha xilma-xil boʼlib, tarbiyachining ijodkorligi bilan belgilanadi. S.Jumaeva va Z.Usmonova Sehrli-fantastik ertaklar hayvonlar haqidagi ertaklar, maishiy-hayotiy ertaklar Bolalar, ertaklarning yaratilishiga koʼra yana bir ertaklar ham mavjudki, u jahon adabiyoti, xususan, yozma adabiyotining katta qismini tashkil etadi. Kichkintoy bolalarga tavsiya etiladigan ertaklarning hajmi qisqa, mazmuni esa sodda boʼladi. Аvval eslatib oʼtganimizdek, bu yoshdagi bolalar hali olam nima ekanligini bilmaydilar. Shuning uchun ularga tavsiya etiladigan ertaklar tabiat, hayvonot olami, doʼstlik, mehnat ahli, jamoa, odob-axloq toʼgʼrisida boʼlgani maʼqul. Maktabgacha va uzluksiz ta’lim jarayonida yosh-avlodga kitobxonlikka mehr uyg’otishga doir tarbiya masalasi keng o’rganilgan sohalardan biri bo’lib, o’ziga xos pedagogik tizimning ishlab chiqilganligi bilan tavsiflanadi.39 O.V.Dibina, O.P.Bolotnikova, А.Yu.Kozlova, Ye.А.Sidyakina S.E.Аnfisovalar bolalar bilan ishlashning yaxlit shakllarini barqaror va mantiqan toʼliq tuzilma sifatida koʼrib chiqish, bolalarning integratsiyalashgan faoliyatida taʼlim jarayoni subʼektlarining maqsadga muvofiq oʼzaro taʼsirini amalga oshirilishi toʼgʼrisidagi fikrlarni taʼkidlashgan. Tadqiqotchilar olimlar O.I.Solovyova, V.M.Fedyaevskaya, N.S.Karpinskaya va L.M.Gurovich bolalar uchun kitoblarni tanlash mezonlarini ishlab chiqishgan. Maktabgacha yoshdagi har qanday davr adabiy tilni faol oʼzlashtirish, nutqning barcha jihatlari: monolog, dialogik, ekspressiv va boshqalarni shakllantirish va rivojlantirish bilan tavsiflanadi. Аgar maktabgacha yoshdagi davrda adabiy rivojlanish imkoniyati qoʼldan chiqarilsa, keyingi davrda adabiy rivojlanish toʼldirilmaydi. Shuning uchun bolalarga oʼz vaqtida adabiy taʼlim berish zarur, bunga quyidagilar kiradi: badiiy asarni idrok etish va anglash, badiiy tilda estetik zavqlanish, ertak va hikoyalarning mazmun va shakl birligida idrok etiladi. S.Ya.Marshakning kitobi kitobxonni insonga nigoh tashlashga, uning ichki dunyosini tushunishga oʼrgatadi. Kitob insoniyatni tarbiyalaydi, uning maʼnaviy boyish manbaiga aylanadi. Kitobga muhabbatni kuchaytirish, badiiy asarni oʼqiyotganda axloqiy idrokni rivojlantirish – bu tarbiyachining asosiy vazifalari hisoblanadi.40 Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling