Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Download 3.1 Mb.
bet24/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
KOKAND UNIVERSITY HERALD
ВЕСТНИК КОКАНДСКОГО УНИВЕРСИТЕТА




ISSN: 2181-1695

OAK: 01-08/1819/6

www.herald.uz



MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Abdushukurova Sevara
Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi

MAQOLA HAQIDA

ANNOTATSIYA



Qabul qilindi: 08-Noyabr, 2022
Tasdiqlandi: 15-Mart, 2022
Jurnal soni: 3
Maqola raqami: 3
DOI: https://doi.org/10.54613/001138

Maqolada ertaklar vositasida bolalarni kitobxonlikka o’rgatishning turli usul va vositalari, maktabgacha yoshdagi bolalarning kitobga qiziqishlari va ertaklarning bola ongi va dunyoqarashiga ta’siri, bolalarning yoshi va dunyoqrashiga hamda ijodiy fikrlashini rivojlanishiga mo’ljallangan ertaklar va ularni turlarga ajratish borasida tadqiqot ishi olib borilgan.



KALIT SO‘ZLAR

Kitobxonlik kompetentligi, kitobxonlik madaniyati, qobiliyat, hikoya, ertak, sahnalashtrish, multimediya, illyustratsiyalar.






KIRISH

Jahonda maktabgacha yoshdagi bolalarning taʼlim-tarbiyasi va faoliyat jarayonida kitobxonlikka mehr uygʼotishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya kabi taraqqiy etgan davlatlar tajribasida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning jismoniy rivojlanishi bilan bir qatorda, tafakkur erkinligi va ertaklar vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarda kitobxonlik ko’nikmasini shakllantirishga jiddiy yondashadilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyat jarayonida kitobxonlikka mehr uyg’otishga doir tarbiya masalasi keng o’rganilgan sohalardan biri bo’lib, asosiy maqsadlaridan biri – bolaga maktabgacha yoshida berilgan ta’lim-tarbiya uning butun hayoti davomida muhim o’rin tutadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 19-mart kuni ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusning to’rtinchisida tashabbusida “yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʼrtasida kitobxonlikni keng targʼib qilish” boʼyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʼnaltirilgan.34
Shu o’rinda mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Uning samarali rivoji uzluksiz ravishda ta’lim sohasiga singib borayotgan islohotlarda ham yaqqol namoyon bo’lmoqda. Bu kabi islohatlardan ko’zda tutilgan maqsad – yosh avlodning tarbiyasiga atroflicha yondashish, maktabgacha yoshdagi bolalarning bilim doirasini kengaytirish, o’quv-bilish faoliyatini rivojlantirish hamda maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat. Ushbu jarayon jamiyatimizning ijtimoiy va ma’naviy rivoji borasida olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bu esa uzluksiz ta’lim tizimining ilk bo’g’ini sifatida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining har tomonlama yuksak darajada bo’lishi va alohida e’tibor berish zaruriyatini shakllantirishning metodik shart-sharoitlarini takomillashtirishda dolzarb vazifa hisoblanadi.
Respublikamizning kundan-kunga jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o’rin egallab borishi, rivojlangan davlatlar bilan tenglik tamoyili asosida o’zaro hamkorlikka erishishi, nafaqat ota-onalar, balki maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari zimmasiga bolani yoshiga munosib tarzda tarbiyalash zaruriyatini yuklamoqda. Bu borada “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shuningdek, “O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti to’g’risida Nizom”, “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari”, “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi, “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi” kabi muhim hujjatlar qabul qilindi.35
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan “Davlat talablari”, “Ilk qadam” o’quv dasturi asosida kitobxonlikka mehr uyg’otish bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatiga ega bo’lgan jarayondir. Shuning uchun ham respublikamizda ushbu jarayonga katta ahamiyat berilmoqda. Zero, yosh-avlod bizning kelajagimiz, biz ularga qanchalik farovon turmushni yaratar ekanmiz, mamlakatimiz tinch osoyishta bo’ladi. Ayniqsa, bolalarga ajratilgan vaqt matbuot, bolalar kitobi, kitobxonlikka mehr uyg’otish ta’lim-tarbiya berishda juda katta ahamiyatga ega.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan 2017-yil 16-avgustda kuni boʼlib oʼtgan yigʼilishda taʼlim tizimini rivojlantirish maqsadida maktabgacha taʼlim muassasalari uchun “Ilk qadam” oʼquv dasturi ishlab chiqildi.36 “Ilk qadam” oʼquv dasturi 2018-yil avgust oyida tasdiqlanib, oʼquv yili boshida barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlariga taqdim etildi. “Ilk qadam” oʼquv dasturi asosida ilk bor barcha yosh guruhlarda “Badiiy adabiyot bilan tanishtirish” haftasiga bir soat, bir oyga 4 soat, bir yilga 36 soat rejalashtirilishi jahon maktabgacha taʼlim standartalariga mos kelishi albatta quvonarli.
Bu borada Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2016 yil 29-dekabrdagi “2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori murg‘ak qalb egalarining ertamizning munosib davomchilari bo’lib kamolga yetishida alohida ahamiyat kasb etishi, shubhasiz. Qarorda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadi ko’rsatib o’tgan.37



Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling