2-jadval
Maktabgacha tayyorlov guruhlari bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish, asosan uch tomonlama amalga oshiriladi.
1
|
Kompyuter va uning dasturlari yordamida didaktik vositalar tayyorlanadi hamda Internet va masofali ta’lim ashyolaridan foydalaniladi.
|
2
|
Kompyuter ishtirokida bevosita dialog metodi asosida bolalarga yangi material o‘rgatiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, 6–7 yoshli bola kattalar kabi kompyuterda ishlashga qodir emas. Shuning uchun, MTMlarda yangi materialni o‘rganishda bevosita dialog metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu holda kompyuter didaktik vosita manbai rolini o‘ynaydi.
|
3
|
Bilvosita dialog – virtual axborot muhitida kompyuter bilan dialog asosida multimedia texnologiyasi amalga oshiriladi. Bunda material bolalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi, o‘tilgan material mustaqil takrorlanadi, mashqlar mustaqil bajariladi, multimediali kompyuter o‘yinlari mustaqil amalga oshiriladi va bola mashqlarni, komyuter qo‘ygan vazifalarni, o‘yinlarni takror-takror bajarib, qo‘yilgan mashg‘ulot maqsadiga erisha oladi. Bu holda multimedia texnologiyasidan foydalanganda kompyuter ta’lim manbai rolini o‘ynaydi.
|
Agar MTMdagi kompyuterlar soni 5–6 dan ortiq bo‘lsa, mashg‘ulot frontal ravishda, bitta bo‘lsa, undan navbatma-navbat foydalanilgan holda o‘tkaziladi. Bunday holda taklif etilgan birinchi tarbiyalanuvchi tarbiyachi tomonidan berilgan savolga to‘g‘ri javob bera olmasa, ikkinchisidan so‘raladi. Agar MTMlarda proyektor va ekran (yoki elektron doska) bo‘lsa, tarbiyachi mashg‘ulotni «kompyuter-elektron doska» usulidan foydalanib olib boradi.122 Yuqorida ta’kidlanganidek, mashg‘ulot davomida tarbiyalanuvchilarning kompyuter oldida 15 daqiqadan ortiq o‘tirishi mumkin emasligi e’tiborga olinishi kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, «Maktabgacha 3-5 yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan Davlat talablari»da ham bolaning kompyuterda shug‘ullanishi 15–20 daqiqa etib belgilangan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni savodga tayyorlashda rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |