Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


- jadval Buyuk Biritaniya maktabgacha ta’lim tizimining afzalliklari


Download 3.1 Mb.
bet84/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

3- jadval
Buyuk Biritaniya maktabgacha ta’lim tizimining afzalliklari



1

Ta'lim berish o‘rganilayotgan predmet yoki o‘qituvchiga emas, balki bolaga yo‘naltiriladi.

2

O‘qitish bolaning o‘zi taklif qilgan o‘yin davomida olib borilishi kerak.

3

Tarbiyachining asosiy vazifasi bolaga uqtirish yo‘li bilan emas, balki o‘yinni qo‘llab turish, unga tadqiqot o‘tkazish uchun turli materiallar taqdim etishdan iborat.

4

Maktabgacha ta'limning maqsadi har bir bolaning extiyoji va uning manfaalarini qondirish, bolalar o‘rtasidagi farqni hurmat qilishdir.

Buyuk Britaniyaning maktabgacha ta'lim tizimini o‘rganish bo‘yicha Yu.Kvong katta tadqiqot ishlarini olib borgan. U bolalar bog‘chalari xodimlari va ota-onalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazgan, bolalar bog‘chalari faoliyatini kuzatgan. Tadqiqot o‘tkazish uchun erkin ravishda 10 ta maktabgacha ta'lim muassasasi tanlanib, ulardan har birining ikki guruhida muntazam besh kunlik uzluksiz kuzatuv olib borilgan. Ingliz bolalar bog‘chalar guruhlarida 25 nafardan ortmagan miqdorda bola tarbiyalanadi (tarbiyachilar va bolalar soni birga o‘n nisbatda olinadi). Natijalarning ko‘rsatishicha, ingliz pedagoglarining 75 % i bolalarni ta'lim olishga qiziqtirish uchun tashqaridan motivatsiya qilish va mashg‘ulot jarayonida pedagogik texnologiyalar qo‘llash ma'qul, deb hisoblaydilar (masalan, bolalar o‘rtasida musobaqalashish shakllari, o‘yin va metodlar). Bunday qarashlar negizida ilmiy asoslangan ma'lumotlar yotadi. Bolalarni savodga tayyorlash jarayonida pedagogik texnologiyalar qo‘llashda ularni qiziqishi va erkinligi inobatga olgan holda o‘tkazilishi kerak. Bolalar rag‘batlanishi uchun o‘qishi emas, balki o‘rganishni xoxlagani uchun o‘qishi kerak.


Ingliz bolalar bog‘chasida bolalar uzoq muddat mustaqil shug‘ullanadilar, tarbiyachi esa ularni chetdan kuzatib boradi. Umumiy vaqtning faqat 15 foizi pedagog rahbarligida guruh ko‘rinishida o‘qitishga ajratiladi. Bunday o‘qitish rivojlanish darajasi bir-biriga teng bolalardan tuzilgan kichik guruhlarda o‘tkaziladi. Shu yo‘l bilan maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishini inobatga olish qoidasi amalda qo‘llaniladi.
Deyarli hamma tarbiyachilar bolalarning ham rivojlanishi, ham ruhiy shakllanishi darajasi diagnostikasi uchun mazmuniy-rolli o‘yinlar, rasm chizish va narsalar yasash usulidan foydalanish kerak, deb hisoblaydilar. Boladagi o‘qish va hisoblash kabi ko‘nikmalarga alohida ahamiyat beriladi. Bunda 6-7 yoshdagi bolalar rivojlanishining olti yo‘nalishidagi aniq ko‘nikma va bilimlari belgilanadi: shaxsiyatlik, ijtimoiy-emotsional, kommunikativ, xabardorlik, matematik, jismoniy, ijodiy. Maktabgacha yoshdagi bolalar ko‘p o‘ynashlari kerak, lekin adabiyot va matematikani bilish doirasidagi talablar shunchalik yuqoriki, o‘yin uchun vaqt qolmaydi.
Masalan, savodxonlik borasida gap ketganda olti yoshli bolalar quyidagilarni bilishlari kerak:
1 – so‘z boshi va oxiridagi tovushlarni aniqlash;
2 – tovush va harflarni ajrata bilish;
3 – alifbodagi hamma harflarni aytish;
4 – oddiy so‘zlar va gapni o‘qish;
5 – o‘z ismini yozish;
6 – oddiy so‘zlarni yozishda fonetik bilimlardan foydalanish.
Bunday maqsadlar yuqori pedagogika yaratilishiga olib keladi. Ulardan har bir mashg‘ulot uchun nafaqat pedagog tomonidan aniq harakatlar ketma-ketligi, balki olinadigan natijalarda ham bayon etiladi.
Yaponiyada bolalarni savodga tarbiyalash metodidan quyidagi iborani keltirish mumkin: "bola 5 yoshgacha – qirol, 5 yoshdan 15 yoshgacha – qul, 15 yoshdan keyin barcha bilan teng huquqli inson". Bu iboraning turli talqini boshqa millatlarda ham uchraydi. Albatta bu falsafiy iborani boricha qabul qilish kerak emas.

Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling