Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


D.R. Babayeva. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. (Darslik). – T.:  «Barkamol fayz media», 2018,356-b  3- jadval


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet110/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
12
D.R. Babayeva. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. (Darslik). – T.: 
«Barkamol fayz media», 2018,356-b 
3- jadval 
Buyuk Biritaniya maktabgacha ta’lim tizimining afzalliklari 

Ta'lim 
berish 
o‘rganilayotgan 
predmet 
yoki 
o‘qituvchiga emas, balki bolaga yo‘naltiriladi. 

O‘qitish bolaning o‘zi taklif qilgan o‘yin davomida olib 
borilishi kerak. 

Tarbiyachining asosiy vazifasi bolaga uqtirish yo‘li 
bilan emas, balki o‘yinni qo‘llab turish, unga tadqiqot 
o‘tkazish uchun turli materiallar taqdim etishdan 
iborat. 

Maktabgacha ta'limning maqsadi har bir bolaning 
extiyoji va uning manfaalarini qondirish, bolalar 
o‘rtasidagi farqni hurmat qilishdir. 
Buyuk Britaniyaning maktabgacha ta'lim tizimini o‘rganish 
bo‘yicha Yu.Kvong katta tadqiqot ishlarini olib borgan. U bolalar 
bog‘chalari xodimlari va ota-onalar o‘rtasida so‘rovnomalar 
o‘tkazgan, bolalar bog‘chalari faoliyatini kuzatgan. Tadqiqot 
o‘tkazish uchun erkin ravishda 10 ta maktabgacha ta'lim 
muassasasi tanlanib, ulardan har birining ikki guruhida muntazam 
besh kunlik uzluksiz kuzatuv olib borilgan. Ingliz bolalar bog‘chalar 
guruhlarida 25 nafardan ortmagan miqdorda bola tarbiyalanadi 
(tarbiyachilar va bolalar soni birga o‘n nisbatda olinadi). 
Natijalarning ko‘rsatishicha, ingliz pedagoglarining 75 % i bolalarni 
ta'lim olishga qiziqtirish uchun tashqaridan motivatsiya qilish va 
mashg‘ulot jarayonida pedagogik texnologiyalar qo‘llash ma'qul, 
deb hisoblaydilar (masalan, bolalar o‘rtasida musobaqalashish 
shakllari, o‘yin va metodlar). Bunday qarashlar negizida ilmiy 
asoslangan ma'lumotlar yotadi. Bolalarni savodga tayyorlash 
jarayonida pedagogik texnologiyalar qo‘llashda ularni qiziqishi va 
erkinligi inobatga olgan holda o‘tkazilishi kerak. Bolalar 
rag‘batlanishi uchun o‘qishi emas, balki o‘rganishni xoxlagani 
uchun o‘qishi kerak. 
Ingliz bolalar bog‘chasida bolalar uzoq muddat mustaqil 
shug‘ullanadilar, tarbiyachi esa ularni chetdan kuzatib boradi. 
Umumiy vaqtning faqat 15 foizi pedagog rahbarligida guruh 
ko‘rinishida o‘qitishga ajratiladi. Bunday o‘qitish rivojlanish 
darajasi bir-biriga teng bolalardan tuzilgan kichik guruhlarda 
o‘tkaziladi. Shu yo‘l bilan maktabgacha yoshdagi bolalar 
rivojlanishini inobatga olish qoidasi amalda qo‘llaniladi. 
Deyarli hamma tarbiyachilar bolalarning ham rivojlanishi, 
ham ruhiy shakllanishi darajasi diagnostikasi uchun mazmuniy-
rolli o‘yinlar, rasm chizish va narsalar yasash usulidan foydalanish 
kerak, deb hisoblaydilar. Boladagi o‘qish va hisoblash kabi 
ko‘nikmalarga alohida ahamiyat beriladi. Bunda 6-7 yoshdagi 
bolalar rivojlanishining olti yo‘nalishidagi aniq ko‘nikma va bilimlari 
belgilanadi: shaxsiyatlik, ijtimoiy-emotsional, kommunikativ, 
xabardorlik, matematik, jismoniy, ijodiy. Maktabgacha yoshdagi 
bolalar ko‘p o‘ynashlari kerak, lekin adabiyot va matematikani 
bilish doirasidagi talablar shunchalik yuqoriki, o‘yin uchun vaqt 
qolmaydi. 
Masalan, savodxonlik borasida gap ketganda olti yoshli 
bolalar quyidagilarni bilishlari kerak: 
1 – so‘z boshi va oxiridagi tovushlarni aniqlash; 
2 – tovush va harflarni ajrata bilish; 
3 – alifbodagi hamma harflarni aytish; 
4 – oddiy so‘zlar va gapni o‘qish; 
5 – o‘z ismini yozish; 
6 – oddiy so‘zlarni yozishda fonetik bilimlardan foydalanish. 
Bunday maqsadlar yuqori pedagogika yaratilishiga olib 
keladi. Ulardan har bir mashg‘ulot uchun nafaqat pedagog 
tomonidan aniq harakatlar ketma-ketligi, balki olinadigan 
natijalarda ham bayon etiladi. 
Yaponiyada bolalarni savodga tarbiyalash metodidan 
quyidagi iborani keltirish mumkin: "bola 5 yoshgacha – qirol, 5 
yoshdan 15 yoshgacha – qul, 15 yoshdan keyin barcha bilan teng 
huquqli inson". Bu iboraning turli talqini boshqa millatlarda ham 
uchraydi. Albatta bu falsafiy iborani boricha qabul qilish kerak 
emas. 


 
www.herald.uz
 
63

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling