Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


-rasm. Pedagog-tarbiyachilar tomonidan


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet113/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
2-rasm. Pedagog-tarbiyachilar tomonidan 
zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish darajasi 
(foizda) 
 
Yuqoridagi jadvaldan shuni ko‘rishimiz mumkinki, hozirgi 
paytda pedagoglarning ko‘pchiligi zamonamizga mos keladigan 
pedagoglar deyishgan. Sababi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 
shart-sharoitlar yetarli bilim olish va malakasini oshirish bo‘yicha 
ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar mavjud. Deyarli barcha maktabgacha 
ta’lim tashkilotlari kompyuter va internet tamog’i bilan 
ta’minlangani tufayli zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish 
imkoniyati mavjud. 
3-rasm Bolalarni savodga tayyorlashda zamonaviy 
multimedia texnologiyalarining samaradorligi (foizda) 
 
Qatnashchilarning ko‘pchilik qismi savodga tayyorlash 
jarayonida pedogogik texnalogiyalarning samarali ekanligini 
ta’kidladilar. Sababi, multimedia texnologiyalari orqali savodga 
tayyorlash faoliyati qiziqarli va samarali tarzda bo‘ladi. 
Qatnashchilarning bir qismi tomonidan qoniqarsiz deyilishiga 
sabab, tarbiyachining bilim, ko‘nikma, malakasi yetarlicha 
emasligi. 
Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash 
uchun unga ona tilining barcha boyliklarini egallash ko‘nikmalarini 
shakllantirishga tegishli shart-sharoitlar yaratish zarur. Bola 
nutqining rivoji ko‘p jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik 
o‘sishiga, aqliy sifatlariga, o‘quv dasturining o‘zlashtirilishidagi 
me’yorli bajarilishini ta’minlashga, qo‘llanmalarning monandligiga
bog‘liqligini aytishdi. Bu masalalar maktabgacha ta’limda o‘z 
yechimini topishi va o‘z ona tilida ravon gapira oladigan qilib 
tarbiyalashga qaratilishi zarur. Bolalarning aqliy jarayonini 
rivojlantirish uchun ularning nutqini o‘stirish kerak. Bola har bir 
so‘z ma’nosini tushuna olishi uni o‘z nutqida erkin ifodalay olishi 
kerak, degan fikrni bildirishdi. 
Birinchi 
navbatda, 
mashg‘ulot 
jarayonida 
olingan 
bilimlarning 
bolalar 
tomonidan 
ongli 
egallaganligi; 
tasavvurlarining aniq, tushunchalar mazmuni va hajmining 
to‘liqligi; o‘zlariga tushunarli o‘quv va amaliy vazifalarni hal etishda 
bilimlarni mustaqil qo‘llay olish qobiliyatlari; maktabgacha ta`lim 
55
28
17
0
20
40
60
Namunali
Qoniqarli
Qoniqarsiz


 
www.herald.uz
 
64
yoshidagilarning narsa va hodisalar o‘rtasidagi tushunarli, muhim 
aloqa hamda munosabatlarni aks ettira bilish qobiliyatiga e'tobor 
berish kerak, degan javobni bildirishdi; 
ikkinchidan, bilish jarayonlari sifatini oshirish: sezgilarning 
aniqligi, idrokning to‘liq va tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va 
takror ifodalashning tez va aniqligiga; 
uchinchidan, bolaning atrof-dunyoga munosabati, bilimlarni 
egallash va maktabda o‘qishga intilishning mavjudligi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Maktabga aqliy tayyorlikni shakllantirishda 
bo‘lajak o‘quvchi tafakkur faoliyatining umumiy darajasi muhim 
ahamiyatga ega, deb javob berishdi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling