Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
10-3-PB (1)
www.herald.uz 69 ta’lim erta bolalikdan boshlanishi kerak, ya’ni bolalar maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarida rivojlanish muammolari bo‘lgan bolalarni faolroq o‘z ichiga oladi. Buning uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlari guruhlarida kerakli muhitni yaratish zarur. Maktabgacha ta’lim tashkiloti inklyuziv ta’limni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda yaxshi tayyorlangan mutaxassislar jamoasining mavjudligi muhim ahamiyatga ega. Pedagoglar, psixologlar, defektolog-logopedlar va musiqa rahbarlarining o‘zaro hamkorliklari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsagina bu ta’lim turi muvaffaqiyatga erishadi. Asosiy yangiliklarni amaliyotga tatbiq etishda dastlabki o‘rinni egallaydigan tarbiyachi hisoblanadi. Turli psixofiziologik buzilishlari mavjud bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim guruhlariga bevosita kiritish tashkilotlarning o‘zi va maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog-xodimlari zimmasiga tushadi. Maktabgacha ta’lim tarbiyachisining kasbi o‘ziga xos bo‘lib, u boshqa pedagogik kasblardan farq qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi faqatgina bolalarni kuzatibgina qolmay, tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshiradi hamda ularni doimiy ravishda mashg‘ulotlar, hikoyalar, ashulalar orqali tarbiyalaydi. Bu birinchi bo‘lib, oiladan boshlanadi. MTT tarbiyachisi yosh avlodning jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va estetik rivojlanishi bo‘yicha ishlarni tashkil etadi va olib boradi. Tarbiyachining vazifalariga bolalarning sog‘ligini mustahkamlash va ularni mehnat bilan tanishtirish, ta’lim- tarbiya berish, kiradi. Turli yangiliklarni amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish, yangi sharoitda o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun pedagog zarur darajadagi kasbiy kompetentlikka, yetarli ovoz va nutq malakasiga, madaniy-axloqiy salohiyatga va yangi ta’lim modeliga muvofiq ishlashga emosional va shaxsiy tayyorlikka ega bo‘lishi kerak. Inklyuziv ta’limni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga kiritish g‘oyalarini joriy etish pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha jiddiy ishlarni talab etadi. Pedagogning kasbiy ko‘nikma va malakalarining ahamiyatli jihati shundaki, psixologik- pedagogik korreksiyalash va ularni takomillashtirish, shuningdek inklyuziv kompetensiya, ya’ni imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash ko‘nikmasi muhimdir. Kompetensiya – bu bilim, ko‘nikma va malakalarning integral yaxlitligi kasbiy faoliyatni ta'minlovchi ko‘nikmalar, qobiliyat shaxsning o‘z vakolatlarini amalda qo‘llashi hisoblanadi. Kasbiy kompetensiya – sohada muvaffaqiyatga erishish qobiliyatini hal etishda amaliy tajriba, ko‘nikma va bilimlar asosida harakat qilishning kasbiy vazifasidir. 10 Inklyuziv kompetensiya pedagog-tarbiyachining o‘z-o‘zini rivojlantirishi zarurligini anglashi va bunga tayyorligi, yangi bilimlar, ta'lim texnologiyalarini o‘zlashtirishi bilan belgilanadi. Bunday tayyorlik inklyuziv ta'limning asosiy g‘oyalari bilan tanishish, maxsus tashkil etilgan mashg‘ulotlar, psixologik, uslubiy, amalga oshirilgan jarayonda yuzaga keladigan tashkiliy muammolarni hal qilish va inklyuziv ta'limni maksimal darajada taqdim etish bilan belgilanadi. MTT pedagog-tarbiyachilarning inklyuziv kompetensiyasi darajasi bevosita maxsus kasbiy kompetensiya hisoblanadi. Bunda pedagog-tarbiyachida ikki xil kompetensiya o‘zaro integratsiyalashuvi natijasida inklyuziv ta’lim jarayonida professional vazifalarni bajarish bolalarning turli ta'lim ehtiyojlarini hisobga olgan holda va imkoniyati cheklangan bolalarni ta’limga jalb qilishni ta'minlash, ta'lim muhiti va uni rivojlantirish uchun sharoit yaratish hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishni talab etiladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining inklyuziv kompetensiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi: asosiy tarkib 10 https://goaravetisyan.ru/uz/kompetentnostnyi-podhod-v-sovremen- nom-obrazovanii-kratko-kompetentnostnyi-podhod- kompetentnostnyi (motivatsion, ijodiy, va kognitiv kompetensiya) hamda tezkor yordam berish usullarini ham bilishi zarurdur. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining inklyuziv kompetensiyasi maxsus kasbiy kompetensiyalar darajasini bildiradi. Rivojlanish va o‘z-o‘zini takomillashtirish uchun turli xil ta'lim ehtiyojlarini hisobga olgan holda sog‘lom bolalar va nogiron bolalar uchun inklyuziv ta'limni ta'minlash jarayonida pedagog-tarbiyachilarning kasbiy vazifalarni bajarish qobiliyatini belgilaydigan integral shaxsiy ta'lim. Inklyuziv kompetensiya o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta tarkibiy qismlardan iborat. Motivatsion komponensiya qiziqishning chuqur shaxsiy tabiati, nogiron bolalarni qamrab olish sharoitida pedagogik faoliyatni amalga oshirishga ijobiy e'tibor qaratish, tengdoshlarning normal rivojlanayotgan muhitida yuksaltirish imkoniyati, rag‘batlantirish to‘plami bilan tavsiflanadi. Motivatsion komponensiya – qadriyatlar, ehtiyojlar, motivlar majmuiga asoslangan qobiliyatdir. Inklyuziv ta'limning maqsad va vazifalariga mos keladigan shaxsiy muayyan kasbiy faoliyatni amalga oshirish muhim hisoblanadi. Bu kompetensiyaning eng muhim jihati pedagog-tarbiyachining shaxsiyatiga bog‘liq. Birinchidan, umumiy gumanitar yo‘nalish, ikkinchidan, inklyuziv ta’lim sharoitida ta’limni amalga oshirish, turli ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni tushunish ahamiyati, nogiron bolalarni inklyuziv sharoitda muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kognitiv komponensiya - bilim va kognitiv faoliyat tajribasi asosida pedagogik fikrlash qobiliyatidir. Inklyuziv ta'limning nazariy va amaliy vazifalari inklyuziv ta'limni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni o‘z vaqtida takrorlash, tushunish, qayta ishlash, yodlash va qaror qabul qilish qobiliyati hisoblanadi. Bundan tashqari inkyuziv ta’limda har bir tarbiyachi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarurdir. MTT tarbiyachilarining inklyuziv kompetentlik darajasini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari menejerlik, refleksivlik, kreativlik, kognetivlik, insonparvarlikka asoslangan innovatsion faoliyatga yo‘nalganlik kabi talablar asosida takomillashtirilgan; Shu tarzda, MTT tarbiyachilarining inklyuziv kompetensiyasi quyidagi tamoyillarga asosan rivojlanib va takomillashib borishi mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling