Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet117/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 


 
www.herald.uz
 
66
ISSN: 2181-1695 
OAK: 01-08/1819/6 
www.herald.uz
MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING INKLYUZIV 
KOMPETENSIYASI 
Qo‘ldosheva Zarnigor
Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi 
 
MAQOLA HAQIDA 
ANNOTATSIYA 
 
Qabul qilindi:  24-may 2022-yil
Tasdiqlandi:  26-may 2022-yil 
Jurnal soni:  3 
Maqola raqami: 9 
DOI: https://doi.org/10.54613/001209 
Maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining inklyuziv kompetensiyasini 
takomillashtirishga doir ilmiy-metodik qarashlar bayon etilgan. Tarbiyachilarda inklyuziv 
ta’limga oid malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish masalalari xorijiy va o‘zbek 
olimlarining tadqiqotlariga tayangan holda tadqiq etilgan. Shu tadqiqotlar asosida 
maktabgacha ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni amalda qo‘llashga doir tavsiyalar 
berilgan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni yo‘lga qo‘yish jarayonida 
tarbiyachining alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini 
zamon talablari darajasida qo‘llash masalalari atroflicha tahlil qilingan. 
KALIT SO‘ZLAR
 
Imkoniyati 
cheklanganlar, 
kompitensiya, maktabgacha ta'lim 
tashkilotlari, 
jismoniy 
integratsiya, 
ijtimoiy 
integratsiya, 
funksional 
integratsiya.
 
 
 
KIRISH
Dunyoda 
ro‘y 
berayotgan 
o‘zgarishlar 
bevosita 
maktabgacha ta’lim tizimida ham o‘z aksini topmoqda. Xususan, 
maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni joriy etishga 
dolzarb masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Har bir 
tarbiyachining oldida turgan asosiy vazifalardan biri alohida 
ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni tengdoshlari qatori ta’lim 
olishiga ko‘maklashish va shu bilan bir vaqtda ularning 
qobiliyatiga qarab individual yondashishi maqsadga muvofiqdir. 
Inklyuziv ta’lim – jonli jarayon bo‘lib, pedagog-xodimlar va ota-
onalar tomonidan ta’lim jarayoniga innovatsion va kreativ 
yondashuv talab etiladi.
Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga 
ko‘ra, dunyoda 1 milliarddan ziyod kishida, ya'ni, dunyo 
aholisining 15 % da turli darajadagi nogironlik kuzatiladi. 
Ularning 80 % i rivojlanayotgan davlatlarda yashaydi. Hozirgi 
vaqtda O‘zbekiston aholisining 2,14 % nogironligi bor shaxslar 
sifatida qayd etilgan. Nogironlik bo‘yicha to‘g‘ri va ishonchli 
ma’lumotlar nogironligi bo‘lgan shaxslarni hayotda nogironligi 
bo‘lmagan shaxslar bilan teng holatda ishtirokini ta'minlash 
uchun muhimdir
1

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning 
asosi ham insonparvarlik g‘oyalariga asoslangan bo‘lib, bu 
borada imkoniyati cheklangan bolalarga qaratilayotgan e’tibor 
diqqatga sazovor. Nogironligi bo‘lgan bolalarning jamiyatga tez 
integratsiyalashuvi maktabgacha ta’limda ko‘zlangan 
maqsadning amalga oshishini ta’minlovchi yo‘l hisoblanadi. 
Inklyuziv ta’limning vazifasi – bolalarning qobiliyatlari va 
holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim 
etishni talab etadi. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili 
imkoniyatlari cheklangan bolalarni ijobiy ruhiy va ijtimoiy 
rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z 
tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari 
lozimligini nazarda tutadi. 
BMT O‘zbekistonning 2021-yil 7-iyunda ratifikatsiya 
qilingan “Nogironlar huquqlari to‘risida”gi Konvensiyani 
amalga oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-
quvvatlaydi. 
1
Birlashgan 
Millatlar 
Tashkiloti 
Taraqqiyot 
Dasturi.
https://www.uz.undp.org/content/uzbekistan/uz/home/ 
presscenter/pressreleases/2021/11/approach-and-practical-tools-in-
disability-statistics--data-coll.html 
2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi 
“O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-
4312-son 
qarori
, https://lex.uz 
3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi 
“O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston 
Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida 
maktabgacha yoshdagi bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish 
masalalari o‘z ifodasini topgan.
2
O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O‘zbekiston Respublikasi 
Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 
tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmoni asosida mamlakatimizda 
inklyuziv ta'limni rivojlantirish, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan 
bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini zamon talablari 
darajasida yanada takomillashtirish, bunday bolalarga ta'lim 
xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun 2020-2025-
yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish 
konsepsiyasi ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida ta'lim 
olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida:
3
- inklyuziv ta’lim tizimi sohasidagi normativ baza 
takomillashtiriladi; 
- inklyuziv ta’lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlar 
tayyorlanadi, qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi; 
- inklyuziv ta’lim joriy etilgan muassasalarning moddiy-
texnika bazasi mustahkamlanadi, ular maxsus moslamalar 
(ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), zarur 
adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun 
uskuna va jihozlar bilan ta’minlanadi; 
- inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalar joriy 
etiladi;
- alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish 
huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyatini tushuntirish 
orqali aholi o‘rtasida ijobiy-ijtimoiy muhit shakllantiriladi” 
4

degan ko‘rsatmalar o‘z ifodasini topgan. 
Maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyalanayotgan har bir 
bola o‘ziga xos individual yondashuvni talab qiladi va barchasi 
ta’lim olish, jamiyatda o‘z imkoniyatlarini to‘laqonlik namoyon 
qilish huquqiga ega. Sog‘lom bolalar qatorida alohida ehtiyojli 
bolalarning ham ta’lim-tarbiya olayotganligi bunday bolalarga 
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-
4312-son 
qarori
/ https://lex.uz 
4 https://lex.uz/ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-
oktabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya 
berish 
tizimini 
yanada 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PQ-4860-son 
qaror


Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling