Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet119/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
ADABIYOTLAR TAHLILI 
Imkoniyati cheklangan bolalarga umumiy turdagi 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya berish 
MTTlarning ustuvor tamoyilllaridan biri hisoblanadi. Umumiy 
turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogini inklyuziv 
ta’limda ishlashga tayyorlashning yana bir muhim omili – 
ularning shaxsiy fazilatlarini ushbu ta’lim talablariga muvofiq 
tarzda takomillashtirishdan iborat.
To‘g‘ri, bu ishlar dastlabki davrlarda maktabgacha ta’lim 
tashkiloti tarbiyachisi uchun bir qator qiyinchiliklarni yuzaga 
keltirishi mumkin, ammo ularning o‘z ustilarida ishlashlari va o‘z-
o‘zini rivojlantirishdagi ishlari bilan bir qatorda maktabgacha 
ta’lim tashkilotining boshqa xodimlari, xususan, defektolog, 
psixolog va tibbiy hamshira yaqindan ko‘mak berishi lozim 
bo‘ladi. “Ma’lum bir bolani uning imkoniyatlari darajasida o‘z-
o‘ziga xizmat ko‘rsatishga o‘rgatish zarur.
Bunday ta’lim bolaning individual xususiyatlari va bolaning 
kasallik darajasiga ko‘ra tarbiyachi, pedagog va boshqa 
mutaxassislarning sabr-toqati, mehr-muhabbati bilan necha 
kun yoki hafta oyni o‘z ichiga oluvchi maxsus tayyorgarlikni talab 
etadi”
5
- deydi R.Sh.Shomaxmudova.
MTT tarbiyachisining inklyuziv kompetensiyasi borasida 
dunyoning ko‘plab olimlari tadqiqot ishlarini amalga oshirganlar. 
Xorijlik olimlardan N.S. Demakova, A.A. Dmitriev, N.M. 
Nazarovalar inklyuziv ta’lim tarixi borasidagi tadqiqotlarida 
ushbu ta’lim dastlab Germaniyada qo‘llanilganligi va undagi 
muvaffaqiyatlar asoslab berilgan bo‘lsa, X. Daniels, S. 
Zemelman, A. Xidlarning tadqiqotlarida ommaviy inklyuziv 
ta'limni rivojlantirish an’analari va qonuniyatlari haqidagi ilmiy 
qarashlar bayon etilgan. 
Ushbu yo‘nalishning amaliyotga tatbiqi va inklyuziv 
ta'limni amalga oshirish metod va usullari yuzasidan 
N.N.Malofeev, N.M.Nazarova, N.D. Shmatkovalarning ilmiy-
metodik izlanishlari diqqatga sazovordir. A.D. Barbitova, B.V. 
Belyavskiy, E.N. Jukovaqalarning ilmiy asarlarida integratsiyaga 
5 Shomaxmudova R.Sh. “Maxsus va inklyuziv ta’lim” Toshkent, 2011-yil. 
1 Bob 4-bet. 
6 Education for All global monitoring report. Strong foundations: early 
childhood 
care 
and 
education. 
Paris, 
UNESCO, 
2007 
(http://unesdoc.unesco.org/images/0014/001477/ 
147794e.pdf, 
accessed 5 May 2010). 
7 Early Childhood Educ J (2015) 43:127–134 DOI 10.1007/s10643-014-
0641-x Speaking Up for African American English: Equity and 
Inclusion in Early Childhood Settings Margaret Beneke, Gregory A. 
asoslangan inklyuziv ta'limning asosiy yo‘nalishlari va nogiron 
bolalar bilan pedagogik munosabatlarni farqlashda individual 
xususiyatlarni hisobga olgan holda sog‘liqni saqlash masalalari 
hamda inklyuziv ta'lim jarayoni qonun-qoidalarni ishlab 
chiqilgan
6
. Pastorova, E.E. Petrova, A.S. Suntsovalar inklyuziv 
ta'limni tashkil etishning umumiy modellari va nogiron 
bolalarning rivojlanish jarayonini tahlil qilganlar. Tahlil 
qilayotganda ilmiy ta'limot mazmuniga doir turli modellari 
L.I.Aksenova, A.V. Butenko, B.V.Puzanovlar tomonidan ham 
ishlab chiqilgan bo‘lib, bu modellarda nogiron bolalarning 
integratsiyalashuviga yordam berish masalalari tahlil qilingan. 
M.V.Boguslavskiy, G.B. Kornetova, I.D. Lelchitskiy, Z.I. 
Ravkinlarning pedagogika tarixiga oid asarlarida hamda S.F. 
Egorovaning monografiyasida inklyuziv ta'lim tarmoqlari va 
ularni shakllantirish, rivojlantirish jarayonlari ko‘rsatib o‘tilgan. 
N.N. Malofeevaning "O‘zgaruvchan dunyoda maxsus 
ta'lim: Rossiya", Z.G. Nig‘matovaning "Inklyuziv ta'lim: tarix, 
nazariya, texnologiyalar" deb nomlangan tadqiqotlarida umumiy 
taʼlim jarayoniga inklyuzivlikni joriy etish masalalari tadqiq 
etilgan. 
Rossiyalik olimlardan L.IAliksenova, I.M.Bgankova, N.S. 
Graznaya, 
I.V.Iskruk, 
V.V 
Korkunov, 
N.N.Malofev, 
J.L.M.Shipitsina, N.M.Nazarovalar ta’limga integratsiya va 
inklyuzya sohasini kiritishga katta hissa qo‘shganlar
7

O‘zbekistonlik olimlardan: R.Shomaxmudova “Maxsus va 
inklyuziv ta’lim” asarida ta’lim jaryoniga inklyuziv ta’limni joriy 
etishda ota-onalar va mahalliy jamoat tashkilotlari hamkorligi 
masalalarini tadqiq etgan. L.Mo‘minovaning “
Imkoniyati 
cheklangan bolalarni inkyuziv ta’limga saralash metodikasi” 
asarida esa maktabgacha va umumta’lim maktablarida inklyuziv 
ta’limni joriy etishga doir metodlar bayon etilgan
. M.Ayupova 
tomonidan yaratilgan “Logopedik o‘yin”, “Maktabgacha tarbiya 
maxsus pedagogikasi” kabi qator darslik va o‘quv 
qo‘llanmalarida MTTdagi bolalar nutqidagi kamchiliklarni 
bartaraf 
etish 
texnologiyalari, 
maktabgacha 
ta’lim 
tashkilotlaridagi bolalar nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish 
bo‘yicha nazariy-amaliy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha
ilmiy-metodik ma’lumotlarni bayon etgan. U.Saidovning 
tadqiqotlarida nogironligi bor bolalarni ta’limga qamrab 
olishning evolyutsion nazaryasi ishlab chiqilgan
8


Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling