Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


olishi haqida bilim ko‘nikmasi foizda


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet123/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

olishi haqida bilim ko‘nikmasi foizda 
 
 
Biron bir muammoni hal etishdan avval unga oid qonun-
qoidalar haqida ma’lumotga ega bo‘lish lozim. O‘tkazilgan 
so‘rovnoma natijasida inklyuziv ta’lim to‘g’risidagi qonunlarni 
bilish va xabardor emaslik darajasi deyarli tengligi oydinlashdi. 
Tadqiqotimiz tahlili shuni ko‘rsatadiki, tarbiyachi-pedagoglarga 
Inkluziv ta’limning meyoriy hujjatlari bo‘yicha seminar-trening 
tashkil qilish lozim. 
 
 
3-diagramma 
Tarbiyachilarning ma’lum bir ehtiyojga ega 
bo‘lgan bolalar bilan ishlash ko‘nikmalari haqida 
(foizda) 
 
Javoblardan ma’lumki, ko‘pchlik tarbiyachilar ma’lum bir 
nuqsonga ega bo‘lgan bolalar bilan ish olib bormaganligi bois 
ular bilan ishlash malakalariga ega emaslar. 
Tadqiqotimiz natijasidan kelib chiqib xulosa qilish 
mumkinki, tarbiyachi-pedagoglarda AEMB bilan ishlash 
ko‘nikmasini shakllantirish uchun tarbiyachilar uchun maxsus 
metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish lozim hamda har 3 oyda 
malaka oshirish kurslariga jalb qilinishi maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. 
4-diagramma 
MTTlarga inklyuziv ta’limning joriy etilishi va 
yurtimizga kirib kelishining afzalligi haqida 
 
 
MTTlarga ham inklyuziv ta’limning joriy etilish foydali usul 
hisoblanadi. Sababi ma’lum bir ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarning 
jamiyatga qo‘shilishi yoshlikdan shakllanadi va osonlashadi. 
So‘rovnomada ishtirok etgan ko‘pchilik tarbiyachilarning fikrlari 
ham bu borada ijobiy taraflarga o‘zgardi. Tarbiyachi-
pedagoglarning inklyuziv ta’lim bo‘yicha tasavvurlari rivojlanishi 
uchun chet el malakasi bilan ularni tanishtirish, zarur hollarda 
ularni chet davlatlarga (inklyuziv ta’lim rivojlangan) malaka 
almashish uchun yuborish kerak. 
So‘rovnomadan ma’lumki, hamma tarbiyachilar kasbiy 
kompetensiyani o‘zlaridan kelib chiqqan holda tushunishdi va 
bularning barchasi to‘g‘ri ma’lumotga ega ekanliklari ma’lum 
bo‘ldi.
Tajriba-sinovlarimiz bo‘yicha xulosalar shundan iboratki, 
MTTlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tarbiyachilarning ko‘pchiligi 
o‘rta-maxsus ma’lumotga ega. 
Yana bir muhum tarafi shundaki, tarbiyachilarning 37 
nafari, yani 69.8 % i maxsus ehtiyojga muhtoj bo‘lgan bolalar 
bilan ishlamagan va ular bilan qanday ish olib borish haqidagi 
ko‘nikma va malakalarga ega emas.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling