3 -jadval
Yaponiya maktabgacha ta’lim tizimi afzalliklari
1
Bolalarni tarbiyalash usuli bo‘yicha ota-onalar o‘qitib
boriladi, muntazam ravishda ota-onalar majlisi
o‘tkaziladi.
2
Boģchalarda bola hech qachon jazolanmaydi va
unga "yo‘q" deyilmaydi.
3
Tarbiyachilarning asosiy vazifasi bolani gapga quloq
soladigan, kattalar gapini bo‘lmaydigan va hushxulq
etib tarbiyalashdir.
4
Maktabgacha ta'limning maqsadi bolalarni o‘z fikrini
mustaqil bayon etish hamda qaror qabul qilishga
o‘rgatish.
Yaponiya tarbiyachilari bolalarni tarbiyalashda ularning
o‘zaro munosabatlarini hisobga oladi. Yaponiya tadqiqotlari shuni
ko‘rsatadiki, katta guruhlarda har birining o‘z stoli, o‘rni, shaxsiy
nomi bo‘ladi. Guruh nomi bolalar tomonidan har bir guruh
a’zosining fikrini hisobga olgan holda belgilanadi. Bu bolalarni o‘z
fikrini mustaqil bayon etish hamda qaror qabul qilishga o‘rgatadi.
Yaponiya maktabgacha ta’lim tizimida bolalarga o‘qish va yozish
ko‘nikmalari o‘rgatiladi va mashg‘ulot jarayonida har bir bola teng
ko‘riladi. Agar musobaqalar o‘tkazilsa, unda hamma yoki guruh
g‘alaba qozonadi, lekin hech qanday holatda ma'lum bir bola
emas.Ta'lim bilimlari, ko‘nikmalarini o‘zlashtirish olti yoshdan
boshlanadi.
Yuqorida keltirilgan Buyuk Britaniya va Yaponiya
maktabgacha ta’lim tizimi va maktabgacha yoshdagi bolalarni
savodga o‘rgatish tajribalarini o‘rganish, ularning ilg‘or tajribasini
tahlil etish, respublikamiz sharoitiga moslashtirish bo‘yicha aniq
chora-tadbirlarni ishlab chiqish mamlakatimiz maktabgacha ta'lim
tizimini takomillashtirishga imkon yaratadi. Insonning qobiliyatlari
haqiqatan ham ulkan va ularning aksariyati maktabgacha ta'limda
shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar qanchalik yangi
bilimlarni qabul qilsa va o‘zlashtirsa, o‘zida ma’lum qobiliyatlarni
rivojlantirsa, kelajakda nafaqat maktabda, universitetda, balki
hayotda ham o‘qishi osonroq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |