Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet184/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

TADQIQOT METODOLOGIYASI 
MTMda 
ish 
jarayonlarini 
kuzatar 
ekanmiz, 
tarbiyachilarning rivojlanish markazlaridagi mashg‘ulotlar orqali
tarbiyalanuvchilarning nutqini rivojlantirishga qo‘shayotgan 
hissasiga alohida e’tibor qaratdik.
Maktabgacha ta’limda nutqni rivojlantirishga tilni 
tushunish va undan foydalanish qobiliyatini rivojlantirish sifatida 
qaraladi. Ayniqsa, fonetik eshitish va talaffuz, so‘z boyligini 
rivojlantirish, 
so‘zlarning 
tarkibini 
bilish, 
grammatik 
kategoriyalar va muloqot qobiliyatlarini shakllantirish intensiv 
tashkil etiladigan mashg‘ulotlar natijasida amalga oshiriladi. Tilni 
o‘zlashtirish aqliy rivojlanishning muhim shartidir, chunki 
ontogenezda bolaning tajribalari umumlashtiriladi va nutq 
shaklida, birinchi navbatda, so‘zlarning ma’nolarida aks etadi. 
So‘z boyligini o‘z vaqtida rivojlantirish maktabga 
tayyorlashning muhim omillaridan biridir. So‘z boyligi yetarli 
bo‘lmagan bolalar o‘z fikrlarini ifodalash va bilimlar 
o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Mutaxassislarning 
ta’kidlashlaricha, so‘z boyligi keng o‘quvchilar arifmetik 
masalalarni yaxshiroq yechishadi, o‘qish ko‘nikmalarini, 
grammatikani oson o‘zlashtiradilar.
Tarbiyachi-pedagoglarning bolalar yosh xususiyatlaridan 
kelib chiqib, mashg‘ulot tashkil qilishlari eng yaxshi samara 
5 Qodirova F.R., Toshpulatova Sh.Q., Kayumova N.M., A’zamova M.N. 
“Maktabgacha pedagogika”. Darslik. Toshkent “Tafakkur” nashriyoti, 
2019., -688 b. 
6 Yuqoridagi manba. 
berishi ilmiy tadqiqot ishlarida ifodalab berilgan. Jumladan, 
bolada “2-3 yoshga kelib, o‘zgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni 
boshlanadi, bola musiqa, badiiy so‘z ta’siriga tez beriladi. 
Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she’rlar 
aytish hamda raqsga tushishni o‘rgatish lozim. Ularda kattalarga 
jo‘r bo‘lib qo‘shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, 
ohangni his etish ko‘nikmasi shakllanadi5”. 
3-4 yoshli bolalarda “O‘yin asosida amalga oshiriladigan 
mehnat faoliyatini farqlash imkoniyati kengayadi. Tasviriy 
faoliyat 
hamda 
qurish-yasash 
faoliyatining 
dastlabki 
ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi. Uch yoshli bolalarning diqqati 
qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy 
borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari 
vujudga keladi. Bunda o‘yin faoliyati yetakchi rol o‘ynaydi 6”. 
Ko‘rinib turibdiki, bolaning yoshi ulg‘aygani sayin undagi harakat 
faollashib boradi va bu xususiyatlar yosh guruhlariga 
mo‘ljallangan ta’lim dasturlarida o‘z ifodasini topgan. 
4-5 yoshli bolada “asosiy harakatlarning rivojlanishida 
jiddiy-sifat o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, ularni bajarishda tabiiylik 
ortib boradi, bolalarda qiyoslash ko‘nikmasi shakllanadi. Bu 
yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mustaqil 
fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo‘ladi. Barcha harakat va 
faoliyatlarni o‘zi mustaqil bajarishga intiladi. Bu yoshda bola 
nihoyatda serharakat, o‘yinqaroq, o‘ta qiziquvchan bo‘ladi 7 ”. 
Demak, bunday bolalarni o‘z vaqtida to‘g‘ri ovqatlantirish, 
belgilangan paytda uxlatish, salomatligini muhofaza qilish, ruhiy 
holatini nazorat qilib borish, quvnoq kayfiyatda bo‘lishini 
ta’minlash muhim ahamiyatga egadir.
5-6 yoshga yetganda bola “miya po‘stlog‘ining asab 
katakchalari rivojlanib, og‘irligi va tashqi ko‘rinishidan 
kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning 
asablariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish talab 
etiladi. Uning talaffuzi aniq, nutqi ravon bo‘lishini ta‘minlash 
kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson bo‘lgan taqdirda uning 
oldini olish choralarini ko‘rish lozim. Bu yoshdagi bolalarda so‘z 
boyligining rivojlanishiga alohida e‘tibor berish lozim. Ularning 
nutqidagi so‘zlar bolaning fikr ifodalash ehtiyojlarini to‘la 
qondirishi kerak”. Bu davrda bolalarning matematik tafakkuri, 
hisoblash ko‘nikmalari rivojlanishi lozim. Dastlabki iqtisodiy 
tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning faraz qilish qobiliyatini 
jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish maqsadga 
muvofiqdir. 
Bola hayotining yettinchi yilida “undagi harakatlar ko‘lami 
kengayadi va aniqlashadi, uning jismida harakatlarning o‘zaro 
moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar o‘zini idora qilish va o‘z 
harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘la boshlaydi. Bu 
yoshdagi o‘g‘il bolalarda mustaqil faoliyat ko‘rsatish, 
tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash 
ishtiyoqi shakllanadi8”. 
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga 
qo‘yiladigan davlat talablari” va “Ilk qadam” o‘quv dasturining 
ishlab chiqilishi uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha ta’limni 
samarali amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. O‘quv 
dasturida maktabgacha ta’lim muassasasida rivojlantiruvchi 
muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega 
bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish 
muhim ahmiyat kasb etishi qayd etiladi. Shu bilan birga 
rivojlantiruvchi muhit mazmuni sifatida quyidagilar ko‘rsatiladi:

maktabgacha ta’lim muassasasining ko‘rgazmali-
rivojlantiruvchi muhiti mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlar: 
milliy va mintaqaviy an’analar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi 
xususiyatlarga mos bo‘lishi lozim;

muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini 
shakllantirish, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga 
yordam berishi lozim. Albatta maktabgacha ta’limni ham 
shaklan, ham mazmunan yangilashga qaratilgan bu kabi 
innovatsiyalar ota-onalardan tortib barcha pedagoglar bola 
7 Qodirova F.R., Toshpulatova Sh.Q., Kayumova N.M., A’zamova M.N. 
“Maktabgacha pedagogika”. Darslik. Toshkent “Tafakkur” nashriyoti, 
2019., 131-bet. 
8 Yuqoridagi manba. 


 
www.herald.uz
 
103
tarbiyasi, uning ta’lim olishga tayyorgarligiga zamon talablaridan 
kelib chiqqan holda yondashuvini talab etadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari guruhlarida tashkil 
etiladigan rivojlanish markazlaridagi jarayonlar bolalarning 
doimiy 
ravishda 
yangi 
bilimlarni 
o‘zlashtirishiga, 
mustahkamlashga va nutq o‘stirishga yordam beradi. Bolalarni 
o‘z bilimini mustaqil ravishda to‘ldirib borish, kechayotgan 
yangilanish jarayonlariga munosib moslashib borishga o‘rgatish 
rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir. Dastur asosida 
tashkil etiladigan rivojlanish markazlari bolalarda quyidagilarni 
tarkib toptiradi: 

o‘zgarishlarni qabul qilish va amalga oshirish;

tanqidiy fikrlash;

tanlashni amalga oshirish;

muammolarni hal eta olish;

ijodiy, tafakkur va ixtirochilik imkoniyatlarini namoyon 
etish;

odamlar, jamiyat, mamlakat, atrof-olam to‘g‘risida 
g‘amxo‘rlik qilish
9
. Yuqorida aytilganlarni amalga oshirishda 
tarbiyalanuvchilarning nutqiy kompetensiyalari talab darajasida 
rivojlanishi, o‘z fikrini sodda va lo‘nda ifodalay olishi kerak. 
Rivojlanish markazlarida bolalar bilan olib boriladigan 
mashg‘ulotlar muhim o‘rin egallaydi. Buning uchun pedagoglar 
markazlarni mashg‘ulotlar uchun jihozlab, barcha shart-
sharoitlarni yaratib berishi lozim. Quyida rivojlanish 
markazlaridagi tarbiyachi va bolalar ishtirokidagi o‘quv 
mashg‘ulotlarining ularning nutqini takomillashtirishdagi 
ahamiyatini katta guruhlar misolida ko‘rib chiqamiz. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling