Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Mavzu: Kuchukcha uchun uycha yasaymiz


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet187/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

Mavzu: Kuchukcha uchun uycha yasaymiz 
Maqsad: Bolalarda jonivorlarga bo‘lgan mehrni oshirish. 
Ular uycha qurishni o‘rganadi, qurish-yasash jamlamasining 
katta va kichik hajmlarini ajrata oladi, to‘g‘ri tartibda 
joylashtiradi. 
Kerakli 
jihozlar: 
qurish-yasash 
jamlanmasi, turli 
konstruktorlar va namuna. 
Faoliyatning borishi:

mavzuga mos rasmni o‘rganish; 

uycha qurishni rejalashtirish; 

kerakli jihozni tanlash; 

faoliyatni boshlash; 

tayyor bo‘lgan ishni tahlil qilish va nomlash. 
Qo‘shimcha: Kuchukcha to‘g‘risida topishmoqlar topish. 
Ijodiy ish yuzasidan bolalarni rag‘batlantirish. 
Alohida e‘tibor qaratiladi: Mayda qo‘l motorikasining 
rivojlanganligi, buklash jarayonida mo‘ljal olish malakasi
matematik hisob olishiga. 
Mavzu: Do‘stim uchun samolyot yasayman 
Maqsad: Samolyot haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Lego, 
mozaika va shakllardan to‘g‘gri foydalana oladi, samolyot 
yasaydi, mayda qo‘l motorikasi rivojlanadi. 
Kerakli jihozlar: Samolyot rasmi, lego, mozaikalar. 
Faoliyatning borishi: 
1.
Samolyot haqida bolalar fikrini eshitish. 


 
www.herald.uz
 
104
2.
Namuna ishini kuzatish. 
3.
Qurish uchun kerakli jihozlarni tanlash. 
4.
Samolyot qurish, qurish jarayonida o‘rtoqlari bilan fikr 
almashish. 
5.
Ijodiy ishning mustahkamligini tekshirish.
6.
Bolalar ishlarini baholash. 
Qo‘shimcha: Do‘stlik haqida maqollar va samolyot haqida 
topishmoqlar yod oldirish. 
Alohida e‘tibor qaratiladi: Samolyot qurish jarayonida 
kerakli jihozlardan foydalana olayotganiga, do‘stlari bilan birga 
hamkorlikda ishlashiga, ijodiy ishini baholashda do‘stlarining 
fikrini bilishga. 
Ushbu markazdagi mashg‘ulotlar bolalar nutqini 
takomillashtirishga qanday hissa qo‘shayotganini 15 nafar 
bolani kuzatish asosida aniqladik. Kuzatishlarimiz uchun 
quyidagi mezonlarni asos qilib oldik: 

Bolalarning yangi so‘zlarni o‘rganish darajasi. 

Ot so‘zlardan foydalanishi. 

Sifat so‘zlardan foydalanishi. 

Son so‘zlardan foydalanishi. 

Fe’l so‘zlardan foydalanishi. 

Tinglab tushunish darajasi. 

O‘z fikrini bayon qila olish darajasi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling