Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet188/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash 
mashg‘ulotlari) 
Rivojlanish markazlari bolalarga o‘zlarining shaxsiy 
ko‘nikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya 
jarayonini mustaqil individuallashtirish imkoniyatini beradi. 
Masalan, san’at markazida bir bola qog‘oz qirqadi, boshqa bola 
esa shu qog‘ozdan qaychi bilan o‘zi o‘ylagan shaklchani kesib 
oladi. Stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar markazida bir bola to‘rtta 
yog‘och kubikdan shakl yasaydi, boshqa birovi esa yigirma besh 
bo‘lakli karton qog‘ozli tasvirni tuzishni ma’qul ko‘radi. 
Tarbiyachi jarayonda bolalarni kuzatadi va ularning 
rivojlanishiga daxldor fikrlarni yozib boradi. Ancha vaqtdan 
so‘ng u bolalarga vazifani murakkablashtiruvchi materiallarni 
taklif etadi yoki vaziyatga qarab ana shu topshiriqlarni 
bajarishda bolaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yordam beradi. Bunday yo‘l 
tutish tufayli bola yaxshi sur’atda o‘sib-ulg‘ayishi mumkin.
Non haqida albom ishlash ( kichik guruhda ishlash) 
(Rishton tuman “Shodlik” MTM)
Maqsad: Non haqida bilish, non va non mahsulotining 
rasmini chizish. Yangi shaklda jamoa bo‘lib ishlashni o‘rganish, 
albom tayyorlash va uni birgalikda bezatish.
Jihozlar va materiallar: Rangli qog‘oz, karton qog‘oz, 
bo‘yoq cho‘tkalar, rangli qalamlar, qaychi, yelim va yig‘ma 
rasmlar. 
Faoliyatning olib borilishi: 
1.
Ishni rejalashtirish. Vazifalarni bo‘lib berish ( kimdir 
chizadi, kimdir qirqib aplikatsiya ishini bajaradi). 
2.
Ishning bajarilishi. 
3.
Umumiy ishlarni albomga yopishtirish. 
4.
Kirish qismini bezatish.
Qo‘shimcha qism: Non haqida albom ko‘rgazmasini tashkil 
qilish. 
E’tiborga molik jihati: sanitariya va gigiyena talablariga 
rioya qilish; do‘st mehnatini qadrlash, tasavvurni rivojlantirish
nutq va mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling