Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet191/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

“Olovning xususiyatlari” 
Maqsad: Olovning foydasi va xavfliligini biladi. Olov bilan 
ishlash jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni o‘rganadi. 
Jihoz va materiallar: “Olov foydali – olov xavfli” mavzusida 
syujetli rasmlar. “Olovda nima yonadi” didaktik o‘yini.
Faoliyatning borishi:
1.
Olovning tashqi ko‘rinishini rasmlarda ko‘rish va 
tasvirlab berish (rangi, hajmi v.b.) 
2.
Kartochkalar bilan ishlash: yonayapti – yonmayapti. 
3.
Bajarilgan ishni tushuntirib berish. 
4.
“Yonayotgan olov” tasvirini pazllarda yig‘ish. 
Qo‘shimcha: kislorodsiz rasmlarda tajribadagi kislorodsiz 
olovni o‘chirishni kuzatadilar.
Nimaga ahamiyat berish lozim:
Tajriba o‘tkaza olish; qoidani biladi va unga amal qiladi
hayot xavfsizligi saboqlari. 
“Suvning xususiyatlari” 
Maqsad: suvning ajoyib xususiyatlari bilan tanish. Suvdan 
foydalanishni biladi. Suv bilan tajriba o‘tkazadi. O‘t o‘chiruvchilar 
faoliyatida suvning ahamiyati bilan tanishadi.
Jihoz va materiallar: suv, qum, sham, gugurtlar, mavzu 
bo‘yicha illyustratsiyalar.
Faoliyatning borishi:
1.
Yong‘indan yordamchi sifatida suvning xususiyatlari 
bilan tanishish;
2.
Tarbiyachi bilan ish; olovni o‘chirish (yongan shamni 
suv yordamida o‘chirish.
3.
Xulosa chiqariladi.
Qo‘shimcha: kislorodsiz rasmlarda tajribadagi kislorodsiz 
olovni o‘chirishni kuzatadilar.
Nimaga ahamiyat berish lozim: tajriba o‘tkaza olish; 
qoidani biladi va unga amal qiladi; hayot xavfsizligi saboqlari, faol 
bo‘lmagan bolalarni ijtimoiy muhitga moslashtirish, emotsional 
holati, hayot xavfsizligi asoslari.
Atoqli pedagog V.A.Suxomlinskiy “Bolalarga jonim fido” 
asarida: “Men bolalar “Alifbe”ni ochib, birinchi so‘zni hijjalab 
o‘qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob – tabiat 
kitobini mutolaa etishlarini istardim”, deb ta’kidlaganidek, bu 
boradagi barcha ishlarni bolaning kichikligidanoq boshlash 
maqsadga muvofiqdir.
Ilm-fan va tabiat markazidagi mashg‘ulotlarda asosiy 
e’tibor bolalarni atrof-olam, tabiatdagi hodisalarning mohiyatini 
anglab yetishlariga qaratilganining guvohi bo‘ldik. Bolalarning 
lug‘at boyligi ham o‘rganilayotgan mavzu doirasida oshib boradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling