Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet193/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

3. Qiyosiy tahlil natijalari. San’at markazi va syujetli-rolli 
o‘yinlar va dramalashtirilgan markazlarda olib borilayotgan 
mashg‘ulotlarni kuzatib, belgilangan mezonlar asosida 
tarbiyachilar faoliyatini qiyosiy tahlil qildik.
 
3-jadval 
Kasbiy kompetensiya tahlili 
T/r 
Tahlil qilish mezoni 
Tahlilga olingan 
tarbiyachilar 
Qo‘yilgan baho 
A’lo 
Yaxshi 
O‘ta 
Qoniqarli Qoniqarsiz 

Tarbiyachining interfaol usullarni bilish 
darajasi 
55 
20 
15 
13 



Darsda didaktik materiallarni qo‘llay olish 
mahorati 
40 
12 
18 




Bolalarning 
tinglab 
tushunishlariga 
e’tibor berishi 
50 
16 
17 
10 



Tarbiyalanuvchilar tomonidan nofaol 
lug‘atni faol lug‘atga aylantirish jarayoni 
35 

12 
13 



Savol-javobdan foydalanish mahorati 
60 
25 
30 



Xulosa qilib aytganda, bolalar nutqini takomillashtirishda 
rivojlanish markazlarida olib borilayotgan mashg‘ulotlar 
samaradorligi oshishi kerak. Chunki samarali mashg‘ulot orqali 
bola o‘rgatilgan bilimlarni xotirasida tez va mustahkam saqlaydi. 
Shuningdek, bu mashg‘ulotlar orqali bolalarning har bir kuni, har 
bir soati qiziqarli va maroqli o‘tadi. Zero, maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida bolalarning qobiliyatlarini rivojlantirib, har 
tomonlama yetuk va barkamol etib tarbiyalash, tarbiyachi-
pedagoglarning ustuvor vazifalaridan biridir. 
TADQIQOT MUHOKAMASI 
“Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasidagi 
o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli 
bola: 

nutqni eshitadi va tushunadi; 

o‘z nutqida to‘g‘ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va 
xilma-xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi; 

tilni o‘rganishga qiziqish namoyon qiladi; 

tilni egallash bo‘yicha dastlabki bilimlarini ko‘rsatadi; 

badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi; 

so‘zning lug‘aviy, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida 
tasavvurga ega bo‘ladi; 

turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so‘zlab 
berishni biladi; 

yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan 
foydalanishni biladi
1

Pedagoglarning vazifasi – bolalarning muloqotga 
kirishishga bo‘lgan qiziquvchanligini rag‘batlantiruvchi muhitni 
yaratish va bolalarning o‘zgaruvchan ehtiyojlariga qarab, o‘z 
vaqtida kerakli sharoitlarni moslashtirish hamda ularni 
kuzatishdan iborat.
Bolalar fonologik xabardorlikka ega bo‘lganda so‘zlarni 
tashkil etuvchi aniq tovushlarni eshitganda ko‘proq 
muvaffaqiyatli o‘qiydilar.
Fonologik xabardorlik quyidagi qobiliyatlarni o‘z ichiga 
oladi: 

So‘zlar ichida aniq tovushlarni eshitish.

So‘zlarni fonemalarga ajratish.

Alohida fonemalarni mazmunli so‘zlarga aralashtirish. 

Qofiyalangan so‘zlarni aniqlash
2
.
Bolaning rivojlanishi va yosh xususiyatlariga mos nutqiy 
kompetensiyalarni rivojlantirish borasida ilmiy-tadqiqot ishlarini 
olib borgan olimlarning fikrlarini biz ham qo‘llab-quvvatlagan 
holda bugungi kun talablari darajasida aniq maqsadlarga 
qaratilgan ishlarni amalga oshirish muhimligini ta’kidlab 
o‘tmoqchimiz.
Rivojlanish markazlarida turli sohalarni o‘rganish, 
mashg‘ulotlarda zamonaviy usullarni qo‘llash, birinchi navbatda, 
1
https://lex.uz/ru/docs/-5179335 
2 M. Teresa, Mc. Devitt, Jeanne Ellis Ormord. Child development and 
education. Pearson; 7 edition February 7, 2019, 800 pages. 
nutqiy kompetensiyalarni rivojlantiradi. Ularning lug‘ati kundan 
kunga yangi tushunchalar, so‘zlar bilan boyitib boriladi. Nutqning 
grammatik tuzilishi, nutq madaniyati shakllantirilib, dialogik va 
monologik nutqi takomillashtiriladi.
MTT tarbiyachilari kichik yoshli bolalarni o‘z ona tilida 
ravon gapira olish, nutqiy vaziyatlarda til imkoniyatlaridan 
foydalana olish darajalarini oshirishda mashg‘ulotlarda 
zamonaviy usullarni qo‘llash ham juda yaxshi samara berishini 
kuzatdik va tahlil qildik.
Tarbiyachilar faoliyatida yutuqlar bilan bir qator 
kamchiliklar borligi ma’lum bo‘ldi. Biz ularning faoliyatini
kuzatishda odatdagi ish faoliyatidan chetga chiqmaslikka 
harakat qildik. Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratildi:
1.
Tarbiyachining nutqiy kompetensiyasi va ona tili 
boyligidan unumli foydalanishi. 
2.
Tarbiyachilarning interaktiv metodlardan foydalana 
olishi. 
3.
Mashg‘ulotlarga tayyorgarlik darajasi va o‘tishi. 
4.
Kreatiiv fikrlay olishi va muammoli vaziyatlardan 
tafakkur yordamida chiqa olishi. 
5.
Mashg‘ulotlarning ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan 
holda muntazam va izchil olib borilishi. 
6.
Bolalarni turli nutqiy vaziyatlarga tayyorlay olish 
mahorati.
Bolalar nutqini rivojlantirishda tarbiyachilar tomonidan 
yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar sifatida quyidagilarni sanab 
o‘tamiz: 
1.
MTTlarning uslubiy-metodik ta’minoti zamonaviy 
talablar darajasida emas. Bu esa ayrim tarbiyachilarning dars 
mashg‘ulotlarini olib borishda eski, an’anaviy usullardan 
foydalanishiga olib kelmoqda. 
2.
MTT tarbiyachilarining axborot texnologiyalari 
bo‘yicha malakalarini oshirish. Bu esa texnik tomondan 
mashg‘ulot sifati oshishiga xizmat qiladi. 
3.
Mashg‘ulotlarni 
rivojlantirishda 
uzviylik 
va 
uzluksizlikning buzilishi. 
4.
Mashg‘ulotlarni rang-barang va har xilligini ta’minlay 
olmaslik. Bu esa dars jarayonida bolalarning chalg‘ishiga va 
qo‘yilayotgan materiallarning o‘zlashtirilmasligiga olib keladi.
Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-olam bilan 
tanishtirish, balki umumiy psixik rivojlanish ustuni hisoblanadi. 
Bola nutqining rivojlanishi umuman shaxsni va shu bilan birga 
barcha psixik jarayonlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. “...Tilni 
egallash jarayoni – bu faqat shunchaki bilimlar, mahorat hamda 
ko‘nikmalarni berish jarayoni emas. Bu, eng avvalo tarbiyadir. 
Qalbni tarbiyalash
aqlni tarbiyalash, fikrlar tuzishni 
shakllantirish, inson ruhiy qiyofasining eng nozik qirralariga 
chidam bilan ishlov berishdir 3 ” (K.D.Ushinskiy). Bola nutqiy 
rivojlanishining, bir tomondan, tashqi ta’sirlar bilan belgilanishi, 
3 "Science and Education" Scientific Journal April 2021 / Volume 2 
Issue4 


 
www.herald.uz
 
107
ikkinchi tomondan esa uning to‘satdan yuz berishi, “o‘z-o‘zidan 
harakatga kelishi” bilan tavsiflanishini tushunish nutq 
ontogenezi haqidagi zamonaviy tasavvurlarga xos holatdir. 
Nutqni 
rivojlantirishning 
ana 
shu 
qonuniyatlari 
va 
mexanizmlarini tushunib yetish ularni batafsil ko‘rib chiqishni 
talab qiladi.
K.D.Ushinskiyning fikricha, bolaga ta’lim va tarbiya 
berishda tilning qimmati dastlab ijtimoiy hodisaning chuqur 
xalqchilligi bilan, uning milliy xarakteri bilan belgilanadi. U „tilda 
chuqur ma’noli ko‘pdan ko‘p falsafiy fikrlar, chinakam nafis his-
tuyg‘ular, nihoyatda to‘g‘ri, ko‘rkam did, flkrni bir yerga to‘plab, 
zo‘r diqqat bilan qilingan mehnat izlari, tabiat hodisalari va 
ulardagi eng nozik rang-barangliklarni g‘oyat darajada ziyraklik 
bilan his etish, kuzatuvchanlik, zo‘r mantiqiylik... bor“, deb 
ta’riflaydi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling