Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Jamoat ishi: applikatsiya: transport turlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet189/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

Jamoat ishi: applikatsiya: transport turlari 
Maqsad: mayda qo‘l motorikasi, tasavvurini rivojlantirish, 
estetik bezatish, jamoa bilan ishlashni bilish. O‘zining ijodini 
chiroyli bezatadi.
Jihoz va materiallar: rangli kartonlar, qog‘oz, yelim, stepler, 
ramkalar.
Faoliyatning olib borilishi:
1. “Transport” mavzusida rasmlarni ko‘zdan kechirish.
2. Tasviriy san’at faoliyati noan’anaviy texnikasi bilan 
tanishish.
3. Rasm tanlash.
4. Bolalar bilan mavzu asosida applikatsiya ishini bajarish.
5. Tayyor rasmlarni muhokama qilish va rag‘batlantirish.
Qo‘shimcha qism: tarbiyachi bolalarga applikatsiyani 
bezatishi, mavzuga oid she’r yoki qo‘shiq kuylashni taklif qilishi, 
ko‘rgazma tashkil etishi mumkin.
E'tiborga molik jihati:
1. Tartibli va gigiyenik talablarga mos ishlashga o‘rgatish.
2. Tasavvuri va mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish.
3. Hayot xavfsizligi saboqlari. 
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz 
(Guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar). 
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazida 
bolalarda haqiqiy hayotdan olingan kichik sahna ko‘rinishlarini 
o‘ynashga xohish-istak uyg‘otish uchun albatta kerakli kiyimlar 
va boshqa narsalar bo‘lishi zarur. Bular bolalarda atrofda nimalar 
sodir bo‘layotganini anglash, ularni ajrata olish hamda hayotda 
o‘z o‘rinlarini tushunib yetishlariga yordam beradi. Bu markaz 
bolajonlarning eng sevimli markazlaridan biri hisoblanadi, chunki 
bolajonlar bunda ertaklar tinglab, ertakdagi qahramonlarga 
taqlid qilib, uning rolini bajaradilar. Kimdir Kenja botir, kimdir 
Zumrad rolini, yana kimdir quvnoq quyoncha rolini bajarishni 
istaydilar. 
“Avtobus” 
Maqsad: Avtobuslar turar joylari haqida tushuntirib 
beradi, avtobus turar joydagi ishchi-xodimlar haqida 
ma’lumotga ega bo‘ladi. Jamoat joylarida o‘zini tuta oladi. 
Transport vositalarining xavfli ekanligini tushunadi. Transport 
turlarini farqlaydi. Kuzatish, tahlil qilish, xulosa chiqarish 
malakasiga ega bo‘ladi.
Jihoz va materiallar: haydovchi kiyimi, salon va o‘rindiqlar.
Faoliyatning borishi:
1.
Bolalar orasida rollarni taqsimlash. 
2.
Bolalar bilan sayrga borish joyini rejalashtirish va 
haydovchilar bilan uchrashish. 
3.
“Avtobusda ketayapmiz”, sahnasini o‘ynash. 
4.
Sahnalashtirilgan o‘yin haqida suhbat. 
Qo‘shimcha qism: Tarbiyachi bolalar bilan avtobus 
chiptalarini chizib, ular orasida chiptachi, yo‘lovchi orasidagi 
farqni aniqlaydi. 
E’tiborga molik jihati:
1.
Bolalarning haydovchi bilan muloqotga kirisha olishi. 
2.
Mantiqiy fikrlash qobiliyati. 
3.
Hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rganishi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling