Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Mavzu: “Mening oilam” ertagi surati ustida hikoya


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet186/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

Mavzu: “Mening oilam” ertagi surati ustida hikoya 
tuzish 
Maqsad: Og‘zaki nutq rivojlanadi, faol suhbatga kirishadi, 
oila a’zolari haqida gapirib bera oladi, hikoya qilib berish 
jarayonida o‘z nutqiga e’tiborli bo‘ladi. 

Kerakli jihozlar: Oilaviy albom, suratlar. 

Faoliyatning borishi: 

Mavzu bilan tanishtirish. 

Rasmlarni tomosha qilish. 

Rasmlarga qarab qisqa hikoya tuzish. 

Voqea-hodisani tahlil qilish. 

Fikrlarini jamlash. 

Mustaqil hikoya tuzish va do‘sti bilan o‘rtoqlashish. 

Qo‘shimcha: “Oila” o‘yini, oila haqida maqollarni yod 
oldirish. 
Alohida e’tibor qaratiladi: Mustaqil hikoya tuzish malakasi 
shakllanganligi, rasmdagi barcha elementlarni e’tibordan 
chetga qolddirmaganligi. 
Mashg‘ulotlarni kuzatar ekanmiz, bu markaz faoliyati 
orqali bolalar nutqiy kompetensiyalarining rivojlantirilishi aniq 
maqsadlar asosida amalga oshirilayotganining guvohi bo‘ldik.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat olib 
borayotgan 
tarbiyachilar 
ishtirokida 
savol-so‘rovnoma 
o‘tkazdik. 
Respondentlar markaz faoliyati va bolalar nutqini 
takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilgan fikrga munosabat 
bildirdilar.
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika 
markazi. (Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari)
Qurilish va konstruksiyalash markazida turli xil va 
shakldagi qurilish elementlari mavjud bo‘lib, bolalar ulardan o‘z 
fantaziyasiga tayangan holda inshootlar bunyod etadilar: misol 
uchun ko‘rgan tarixiy obidalari, uylar, garajlar, ferma va shu 
kabilar. Qurilish bilan mashg‘ul bo‘lgan bolalar bu yerda juda ko‘p 
narsalarni o‘zlashtirib oladilar. U bolalarning matematik 
qobiliyatlarini rivojlantirishga, ijtimoiy ko‘nikmalarni egallashga 
yordamlashadi, muammolarni hal etish tajribasini beradi. Bu 
yerda, shuningdek, ijodiy yondashishni namoyon etish va 
bajariladigan ishga diqqatni jalb etishni o‘rganish mumkin. 
Ushbu markazga tarbiyachilar va bolalar xohish-istagiga ko‘ra 
ko‘plab turli narsalarni – o‘yinchoq mashinalar, yuk mashinalari, 
samolyotlar, gazlama bo‘laklarini qo‘shib qo‘yish mumkin.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling