Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet194/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

XULOSA VA TAKLIFLAR
Agar bola kichik yoshidan boshlab to‘g‘ri gapirishga 
(so‘zlashishga) o‘rgatib borilsa, u vaqtda bunday bola normal 
holatda rivojlanadi, ya’ni avval tasavvur etish, keyin esa fikr 
yuritish, xayol qilish qobiliyati paydo bo‘ladi va bu qobiliyat har 
bir yosh bosqichida takomillashib boradi.
Ko‘pgina tajribalar shuni ko‘rsatdiki, nutqi rivojlanmagan 
bola to‘liq shaxs sifatida kamol topmaydi4. Demak, tarbiyachi 
har doim shuni esda tutishi kerakki, nutq bu maktabgacha 
tarbiya yoshidagi bolalarda barcha muhim jarayonlar 
rivojlanishiga ko‘maklashuvchi vositadir. Bolaga ona tilini 
o‘rgatish bilan bir vaqtda, ularni maktabda muvaffaqiyatli 
o‘qishlari uchun zamin tayyorlanadi, mehnat faoliyatiga ijodiy 
yondashishga o‘rgatiladi. Bolalar bog‘chasining barcha 
tarbiyaviy-ta’limiy ishlarida bolalarga ona tilini o‘rgatish orqali 
ularning nutqi o‘stiriladi. Ayniqsa, nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida 
har bir bolaning nutqini rivojlantirish bo‘yicha ishlar 
rejalashtiriladi. Bolalarga barcha mashg‘ulotlarning mazmuni 
faqat ona tili orqali singdiriladi. „Ona tili, - deb ta‘kidlagan edi K.D. 
Ushinskiy, - har qanday taraqqiyotning asosi, butun bilimning 
xazinasidir. Har qanday tushunish undan boshlanadi, u orqali 
o‘tadi va unga qaytadi“.
Kuzatuvlarimizga 
asoslanib, 
maktabgacha 
ta’lim 
muassasalarining o‘rta va katta guruhlarida tarbiyachi bolalar 
nutqini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi vazifalarni amalga 
oshirishi kerak: 

Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini 
o‘stirish, lug‘atini boyitish.

Nutqning grammatik tomonini shakllantirish.

Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. 

So‘zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish. 

Hikoya qilishga (monolog nutq) o‘rgatish.

Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.
Ishni tayyorlashda olib borilgan kuzatuvlar, o‘tkazilgan 
so‘rovnomalar, solishtirma tahlillar asosida maktabgacha ta’lim 
muassasalari tarbiyachilari uchun bir qator tavsiyaviy 
xarakterdagi quyidagi fikrlarni keltirib o‘tmoqchimiz: 

Bolalar bilan muloqot qilishda narsalar nomlarini va 
so‘zlarni buzmasdan, to‘g‘ri aytish, bolalarga talaffuzi qiyin 
bo‘lgan va nisbatan uzun so‘zlarni aytishni mashq qildirish va 
buning uchun o‘yin uslubidan foydalanishlari zarur. 

Bolalar kattalar nutqini tushunishlari uchun ular 
so‘zlovchining yuzini va uning qo‘l harakatlarini ko‘rishlari, uning 
gaplarini tushunishlari va to‘g‘ri javob berishlari darkor. 

Bolaga fikrni ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi 
shakllaridan foydalanishni o‘rgatish, bolalarni ona tilining 
boyliklarini egallashga jalb qilish kerak.

O‘quvchilarda nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishga 
bir tizim sifatida qarash kerak. 

Maktabgacha 
ta’lim 
tashkilotlari 
tarbiyachilarini 
ta’limning interfaol usullari haqida uslubiy ko‘rsatmalar bilan 
ta’minlash kerak. 

Tarbiyachilarning 
axborot 
texnologiyalari 
bilan 
ishlashlari samaradorligini kuchaytirish kerak.
Shunday qilib, rivojlantirish markazlarida bolalar nutqini 
rivojlantirish bo‘yicha har bir ish jarayoni bolalarning yoshi va 
individual xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. 
Bu borada yuqorida bayon etilgan fikr va xulosalarning har biri 
o‘zining ta’limiy va tarbiyaviy jihatiga ega. Nutqni rivojlantirish 
jarayonida shaxsning axloqiy sifatlari shakllantiriladi, aqliy va 
estetik tarbiyaning muhim vazifalari hal etiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling