Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet120/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
TADQIQOT METODOLOGIYASI 
Ta’lim jarayoniga integratsiya va inklyuziya g‘oyalarini 
keng tatbiq etish maktabgacha ta’lim tashkilotlari moddiy 
bazasi bilan bir qatorda pedagog-tarbiyachilarning kasbiy 
kompetensiyaga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. MTT pedagog-
tarbiyachilarining inklyuziv kompetensiyasini shakllantirish 
muammosi bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimidagi 
dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Buning uchun 
quyidagilarni ilmiy-metodik jihatdan qayta ko‘rib chiqish talab 
etiladi. 
1.
Maktabgacha 
ta'lim 
tashkilotida 
inklyuzivlik 
muammosining hozirgi holati va sharoitlarni ko‘rib chiqish; 
2.
Inklyuziv ta’lim mohiyati va tuzilishi bunda MTT 
pedagog-tarbiyachisi va ota-onalar hamkorligining muhimligi; 
3.
Maktabgacha 
ta'lim 
tashkiloti 
pedagog-
tarbiyachilarida inklyuziv kompetensiyani shakllantirish kasbiy 
tayyorgarligi ularning kasbiy kompetensiyasini kamol toptirish; 
4.
OTM va kasb-hunar ta'limi nazariyasining konseptual 
apparatida
“inklyuziv kompetensiya”ni shakllantirish dasturini ishlab 
chiqish. 
8 Shomaxmudova R. “Maxsus va inklyuziv ta’lim” Toshkent, 2011-yil, L. 
Mo‘minova “Maxsus pedagogika” Toshkent 2021, “Defektologiya” 
Toshkent 2016-yil Toshkent 2021-yil, M. Ayupova “Logopedik o‘yin” 
Toshkent 2011-yil, “Maktabgacha tarbiya maxsus pedagogikasi” 
Toshkent 2009 yil


 
www.herald.uz
 
68
Umumiy tipdagi MTTlarda bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya
uchun barcha bolalar qatori imkoniyati cheklangan bolalarga 
ham jamiyatning to‘la huquqli a’zolari sifatida qarash, bolalar 
o‘rtasida o‘zaro do‘stona munosabat va bir-biriga g‘amxo‘rlikni 
shakllantirish lozim bo‘ladi. 
MTTlarda inklyuziya tamoyillari asosida faoliyat 
yuritadigan pedagog-tarbiyachilar quyidagi mas’uliyatni o‘z 
zimmasiga olishi: 
— barcha bolalarni tarbiyalash ularning vazifasi ekanligi;

moslashuvchan qarorlar qabul qilish ta’lim-tarbiya 
berish va nazorat qilish;
— ta'lim-tarbiyani odatiy o‘quv dasturiga muvofiq tarzda 
tafsilotlarni moslashtirish, shu jumladan, bolalar erishgan 
yutuqlar kutilganidan farq qilganda ularni rag‘batlantirish va 
ruhlantirish, ko‘proq intensiv xizmatlarga muhtoj bo‘lgan 
bolalarni qo‘llab-quvvatlash;
— MTTlardagi inkilyuziv ta’lim jarayonida pedagog-
tarbiyachi o‘z faoliyatini talab darajasida o‘zgartirishi orqali 
imkoniyati cheklangan bolalar bilan muloqot qilish uchun zarur 
bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘zlashtirish talab etiladi. 
MTTlarda inklyuziv ta’limni samarali yo‘lga qo‘yish 
uchun pedagog-tarbiyachi psixologik va 
fizioterapiya 
xizmatlarini ko‘rsata olish malakalarini egallashi zarur bo‘ladi. 
Pedagog-tarbiyachi doimiy ravishda logoped, defektolog va 
shifokorlar hamda ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borishi 
talab 
etiladi. 
Inklyuziv ta'lim tamoyilining o‘ziga xos xususiyati shundan 
iborat-ki,
nogiron bolalar ehtiyojlarining xilma-xilligi, xizmatlarning 
uzluksizligi, shu jumladan, bunday ta'limga mos keladigan eng 
kam cheklovchi va keng qamrab oluvchi muhit bilan birga 
maxsus kompetensiya zarurdir.
Bu kompetensiya integratsiya bilan solishtirishdan keyingi 
bosqichni bildiradi va nogironlar ta'limi haqida bilimga ega 
bo‘lish, bu masala bo‘yicha jamoatchilikda ham ijobiy fikrni 
shakllantirish, shuningdek nogironlarning huquqlarini himoya 
qilgan holda ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri amalga oshirish uchun 
institutsional sharoitni yaratadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti sohasiga ham inklyuziv 
ta’lim kirib borar ekan, eng avvalo, tarbiyachining 
kompetensiyasiga, ya’ni uning kasbiy mahorati va qobiliyatiga 
alohida 
e’tibor 
berish 
zarur. 
Tarbiyachi 
qanday 
kompetensiyalarga ega bo‘lishi zarur, degan savol tug‘ilishi 
tabiiy hol. Eng avvalo, tarbiyachi mahoratli pedagog bo‘lishi, 
mehribon, har bir bolaga bir xil munosabatda bo‘lishi, ota-onalar 
bilan to‘g‘r hamkorlikda ishlay olishlari, psixologiya, 
defektologiya, har qanday ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar bilan 
ishlay olish ko‘nikmasi va ular uchun maxsus dasturlar orqali ish 
olib borishi zarur. 
Mutaxassislarning 
fikricha, 
inklyuziv 
ta’limning 
muvaffaqiyati 
– 
psixologik, 
pedagogik 
resurslar, 
pedagoglarning tajribasi va malakasining ko‘pligiga bog‘liq. 
Inklyuziv ta’limda pedagoglarda tolerantlikni rivojlantirish 
dasturlaridan foydalanish orqali bolalar jamoasida qulay iqlim 
yaratishga yordam beradigan pedagog va psixologlarni guruh 
jamoalari bilan ishlashga jalb qilish lozim. 
Ota-onalarning ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikni qabul 
qilishga tayyorligi alohida ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolaning 
ta’lim muhitiga va ularning ota-onalarini guruhning umumiy ota-
onalar muhitiga kiritish holatini qabul qilishni xohlamaslik. Bu 
muammoni 
inklyuziv 
ta’lim 
sohasida 
ota-onalarning 
xabardorligini oshirish, axborot stendlari, ota-onalar uchun 
metodik tavsiyalar, mavzuli uchrashuvlar, treninglar tashkil etish 
orqali hal etish mumkin. Ota-onalar jamoasi bilan ishlash ta’lim-
tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilarini o‘zaro ijobiy 
hamkorligiga olib keladi. Ta’lim tashkilotining maxsus ta’lim 
ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolani qabul qilishga tayyorligi: moddiy 
texnika, o‘quv-texnik binolarni moslashtirish, texnik jihozlarning 
9 D.Qaxxarova “Inklyuziv ta’lim texnologiyalari” 2019-yil 1-Bob 15-bet 
mavjudligi va o‘quv jarayoniga metodik yordam ko‘rsatish bilan 
yani ta’minoti bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi shug‘ullanadi. 
Har qanday jadal rivojlanayotgan tizim singari 
maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta’lim amalga oshirilganda 
ham bir qator muammolar, ziddiyatlar va savollarga duch 
kelinishi tabiiy holdir. Ushbu jarayonni tashkil etishda yuzaga 
keladigan qiyinchiliklarni to‘g‘ri aniqlash va ularni o‘z vaqtida 
bartaraf etish bilan maxsus ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalarni 
umumiy maktabgacha ta’lim muhitiga kiritishning salbiy 
ko‘rinishlarini minimallashtirish mumkin.
Inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy etishning dolzarbligi, 
shubhasizdir. Bu ta’lim turi ko‘plab bolalarga zarur bo‘lib, 
psixologik, pedagogik, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, uni 
bolaning yashash joyiga imkon qadar yaqinlashtirish, ota-
onalarga maslaxat yordami ko‘rsatish va jamiyatni nogironlarni 
qabul qilishga tayyorlash imkonini beradi. Alohida ehtiyojli 
bolalarning odamlar orasiga kirishi uchun korreksion xizmat 
ko‘rsatish, ya’ni ijtimoiy integratsiyani ta’minlash butun 
tizimining asosiy vazifasidir. Ijtimoiy integratsiya deganda, 
shaxsning jamiyat hayotiga qo‘shilishiga qaratilgan maxsus 
inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi tushuniladi.
Ta’lim integratsiyasi ijtimoiy integratsiyaning bir qismi 
bo‘lib, odatda sog‘lom bolalar bilan birgalikda alohida yordamga 
muhtoj bo‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish jarayoni sifatida 
qaraladi. Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolani 
jamiyatga kiritish uchun tarbiyachilarning ta’lim, tarbiya, 
ijtimoiylashuv 
va 
integratsiya 
masalalarini 
yaxshiroq 
tushunishlari, qulay sharoit yaratish, ular qanday bo‘lishidan 
qat’iy nazar yaxshi hamkorlik qilishlari lozim.
Maxsus ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar nafaqat 
maxsus davolash va qo‘llab-quvvatlashga, balki kompensator 
mexanizmlarni ham qo‘shishga, ularning qobiliyatlarini 
rivojlantirishga 
va 
maktabgacha 
ta’lim 
tashkilotida 
muvaffaqiyatga erishishga muhtojdir. Inklyuziv ta’lim jarayonida 
imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalash va o‘qitishni 
maktabgacha bolalik davridan boshlash kerak, sababi, kelajakda 
kattalar hayotida unga yordam beradigan muloqot va ijtimoiy 
hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda o‘z-o‘ziga bo‘lgan 
ishonch tuyg‘usini shakllantirishiniz zarur. 
Alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalar oddiy bolalarga 
nisbatan ko‘proq do‘stona va barqaror muhitga muhtoj. 
Rivojlanishda muayyan qiyinchiliklarni boshdan kechirgan bola 
ijtimoiy hayotga moslasha olmaydi, agar uning bolaligi 
odatdagidan juda farq qiladigan sun’iy ravishda yaratilgan 
muhitda o‘tkazilgan bo‘lsa (bola internat maktabida, uyda 
izolyatsiya qilingan yoki maxsus guruhda o‘qiyotgan bo‘lsa), 
jamiyatda yetarli faoliyat yuritish ko‘nikmalarini egallay olmaydi. 
Ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiya uchun maxsus 
sharoitlar mavjud bo‘lsa, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni 
o‘qitishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Inklyuziv ta’limning 
sakkizta asosiy tamoyili mavjud: 
1. Insonning qadri uning qobiliyati va yutuqlariga bog‘liq 
emas. 
2. Har bir inson his qilish va o‘ylashga qodir. 
3. Har bir inson muloqot qilish va eshitish huquqiga ega. 
4. Hamma odamlar bir-biriga muhtoj. 
5. Haqiqiy ta’lim faqat real munosabatlar kontekstida 
amalga oshirilishi mumkin. 
6. Barcha odamlar o‘z tengdoshlarini qo‘llab-quvvatlashi 
va do‘stlashishi kerak. 
7. Barcha bolalarning individual rivojlanishi uchun ularni 
qo‘llab-quvvatlash zarur. 
8. Xilma-xillik inson hayotining barcha jihatlarini 
kuchaytiradi
9

Imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatga to‘laqonli 
qo‘shilishini amalga oshirish uchun umumiy turdagi tashkilotda 
imkoniyati cheklangan bolalarning moslashuvi jarayoni va 
maktabgacha ta’lim tashkilotning maxsus tashkil etilgan ta’lim 
muhitini osonlashtirish uchun maxsus dasturlar zarur. Inklyuziv 



Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling