olishi haqida bilim ko‘nikmasi foizda
Biron bir muammoni hal etishdan avval unga oid qonun-
qoidalar haqida ma’lumotga ega bo‘lish lozim. O‘tkazilgan
so‘rovnoma natijasida inklyuziv ta’lim to‘g’risidagi qonunlarni
bilish va xabardor emaslik darajasi deyarli tengligi oydinlashdi.
Tadqiqotimiz tahlili shuni ko‘rsatadiki, tarbiyachi-pedagoglarga
Inkluziv ta’limning meyoriy hujjatlari bo‘yicha seminar-trening
tashkil qilish lozim.
3-diagramma
Tarbiyachilarning ma’lum bir ehtiyojga ega
bo‘lgan bolalar bilan ishlash ko‘nikmalari haqida
(foizda)
Javoblardan ma’lumki, ko‘pchlik tarbiyachilar ma’lum bir
nuqsonga ega bo‘lgan bolalar bilan ish olib bormaganligi bois
ular bilan ishlash malakalariga ega emaslar.
Tadqiqotimiz natijasidan kelib chiqib xulosa qilish
mumkinki, tarbiyachi-pedagoglarda AEMB bilan ishlash
ko‘nikmasini shakllantirish uchun tarbiyachilar uchun maxsus
metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish lozim hamda har 3 oyda
malaka oshirish kurslariga jalb qilinishi maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
4-diagramma
MTTlarga inklyuziv ta’limning joriy etilishi va
yurtimizga kirib kelishining afzalligi haqida
MTTlarga ham inklyuziv ta’limning joriy etilish foydali usul
hisoblanadi. Sababi ma’lum bir ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarning
jamiyatga qo‘shilishi yoshlikdan shakllanadi va osonlashadi.
So‘rovnomada ishtirok etgan ko‘pchilik tarbiyachilarning fikrlari
ham bu borada ijobiy taraflarga o‘zgardi. Tarbiyachi-
pedagoglarning inklyuziv ta’lim bo‘yicha tasavvurlari rivojlanishi
uchun chet el malakasi bilan ularni tanishtirish, zarur hollarda
ularni chet davlatlarga (inklyuziv ta’lim rivojlangan) malaka
almashish uchun yuborish kerak.
So‘rovnomadan ma’lumki, hamma tarbiyachilar kasbiy
kompetensiyani o‘zlaridan kelib chiqqan holda tushunishdi va
bularning barchasi to‘g‘ri ma’lumotga ega ekanliklari ma’lum
bo‘ldi.
Tajriba-sinovlarimiz bo‘yicha xulosalar shundan iboratki,
MTTlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tarbiyachilarning ko‘pchiligi
o‘rta-maxsus ma’lumotga ega.
Yana bir muhum tarafi shundaki, tarbiyachilarning 37
nafari, yani 69.8 % i maxsus ehtiyojga muhtoj bo‘lgan bolalar
bilan ishlamagan va ular bilan qanday ish olib borish haqidagi
ko‘nikma va malakalarga ega emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |