www.herald.uz
71
5-diagramma
Tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasi haqida.
Eng
achinarlisi, so‘rovnomadagi “Sog‘lom bolalar bilan
ma’lum bir ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarning
birgalikda bilim
olishiga qanday munosabat bildirasiz?” degan savolga
tarbiyachilarning 20 nafari, ya’ni 37,7 % qismi “qarshiman”, deb
javob berganlar. Bundan ko‘rinadiki,
tarbiyachilar va tashkilot
direktorlari uchun alohida seminar-treninglar tashkil etish,
malaka oshirish kurslarida o‘qitib, ularga inklyuziv ta’lim haqida
ma’lumotlar berish, hamda
inklyuziv kompetensiyasini
takomillashtirish zarur.
So‘rovnoma o‘tkazilgan DMTT pedagog-tarbiyachilariga
MTTlarda inklyuziv ta’limning joriy
etilishi insonparvarlikning
muhim ko‘rinishi ekanligi, alohida
ehtiyojga ega bolalar ham
sog‘lom tengdoshlari qatorida ta’lim-tarbiya olish huquqiga
egaligini tushuntirildi. Guruhlarda inklyuziv ta’limni yo‘lga
qo‘yishga doir mahorat darslari tashkil qilinib, bu yo‘nalishga doir
dasturlar taqdim etildi va ularning inklyuziv ta’lim to‘g‘risidagi
qarashlari ijobiy tomonga o‘zgartirildi. Shundan keyin o‘tkazgan
so‘rovnomamiz natijalari quyidagicha bo‘ldi:
tarbiyachilarning
qariyb 87 % MTTlarda inklyuziv ta’limni joriy etishni qo‘llab-
quvvatladilar. (6-diagramma)
Do'stlaringiz bilan baham: