Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet121/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
www.herald.uz
 
69
ta’lim erta bolalikdan boshlanishi kerak, ya’ni bolalar 
maktabgacha 
ta’lim 
tashkiloti 
guruhlarida 
rivojlanish 
muammolari bo‘lgan bolalarni faolroq o‘z ichiga oladi. Buning 
uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlari guruhlarida kerakli 
muhitni yaratish zarur.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti inklyuziv ta’limni to‘g‘ri 
yo‘lga qo‘yishda yaxshi tayyorlangan mutaxassislar jamoasining 
mavjudligi muhim ahamiyatga ega. Pedagoglar, psixologlar, 
defektolog-logopedlar va musiqa rahbarlarining o‘zaro 
hamkorliklari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsagina bu ta’lim turi 
muvaffaqiyatga erishadi. Asosiy yangiliklarni amaliyotga tatbiq 
etishda dastlabki o‘rinni egallaydigan tarbiyachi hisoblanadi. 
Turli psixofiziologik buzilishlari mavjud bo‘lgan bolalarni 
maktabgacha 
ta’lim 
guruhlariga 
bevosita 
kiritish 
tashkilotlarning o‘zi va maktabgacha ta’lim tashkilotlari 
pedagog-xodimlari zimmasiga tushadi. 
Maktabgacha ta’lim tarbiyachisining kasbi o‘ziga xos 
bo‘lib, u boshqa pedagogik kasblardan farq qiladi. Maktabgacha 
ta’lim tashkiloti tarbiyachisi faqatgina bolalarni kuzatibgina 
qolmay, tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshiradi hamda ularni 
doimiy ravishda mashg‘ulotlar, hikoyalar, ashulalar orqali 
tarbiyalaydi. Bu birinchi bo‘lib, oiladan boshlanadi.
MTT tarbiyachisi yosh avlodning jismoniy, aqliy, axloqiy, 
mehnat va estetik rivojlanishi bo‘yicha ishlarni tashkil etadi va 
olib boradi. Tarbiyachining vazifalariga bolalarning sog‘ligini 
mustahkamlash va ularni mehnat bilan tanishtirish, ta’lim-
tarbiya berish, kiradi.
Turli yangiliklarni amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish, 
yangi sharoitda o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish 
uchun pedagog zarur darajadagi kasbiy kompetentlikka, yetarli 
ovoz va nutq malakasiga, madaniy-axloqiy salohiyatga va yangi 
ta’lim modeliga muvofiq ishlashga emosional va shaxsiy 
tayyorlikka ega bo‘lishi kerak.
Inklyuziv ta’limni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 
kiritish g‘oyalarini joriy etish pedagog kadrlarni tayyorlash 
bo‘yicha jiddiy ishlarni talab etadi. Pedagogning kasbiy ko‘nikma 
va malakalarining ahamiyatli jihati shundaki, psixologik-
pedagogik 
korreksiyalash 
va 
ularni 
takomillashtirish, 
shuningdek 
inklyuziv 
kompetensiya, 
ya’ni 
imkoniyati 
cheklangan bolalar bilan ishlash ko‘nikmasi muhimdir. 
Kompetensiya – bu bilim, ko‘nikma va malakalarning 
integral 
yaxlitligi
kasbiy faoliyatni ta'minlovchi ko‘nikmalar, qobiliyat shaxsning 
o‘z vakolatlarini amalda qo‘llashi hisoblanadi. 
Kasbiy kompetensiya – sohada muvaffaqiyatga erishish 
qobiliyatini
hal etishda amaliy tajriba, ko‘nikma va bilimlar asosida harakat 
qilishning
kasbiy vazifasidir.
10
Inklyuziv kompetensiya pedagog-tarbiyachining o‘z-o‘zini 
rivojlantirishi zarurligini anglashi va bunga tayyorligi, yangi 
bilimlar, ta'lim texnologiyalarini o‘zlashtirishi bilan belgilanadi. 
Bunday tayyorlik inklyuziv ta'limning asosiy g‘oyalari bilan 
tanishish, maxsus tashkil etilgan mashg‘ulotlar, psixologik, 
uslubiy, amalga oshirilgan jarayonda yuzaga keladigan tashkiliy 
muammolarni hal qilish va inklyuziv ta'limni maksimal darajada 
taqdim etish bilan belgilanadi. 
MTT pedagog-tarbiyachilarning inklyuziv kompetensiyasi 
darajasi bevosita maxsus kasbiy kompetensiya hisoblanadi. 
Bunda pedagog-tarbiyachida ikki xil kompetensiya o‘zaro 
integratsiyalashuvi natijasida inklyuziv ta’lim jarayonida 
professional vazifalarni bajarish bolalarning turli ta'lim 
ehtiyojlarini hisobga olgan holda va imkoniyati cheklangan 
bolalarni 
ta’limga 
jalb 
qilishni 
ta'minlash,
ta'lim muhiti va uni rivojlantirish uchun sharoit yaratish hamda 
o‘z-o‘zini rivojlantirishni talab etiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining inklyuziv 
kompetensiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi: asosiy tarkib 
10 https://goaravetisyan.ru/uz/kompetentnostnyi-podhod-v-sovremen-
nom-obrazovanii-kratko-kompetentnostnyi-podhod-
kompetentnostnyi 
(motivatsion, ijodiy, va kognitiv kompetensiya) hamda tezkor 
yordam berish usullarini ham bilishi zarurdur. Shuni alohida 
ta’kidlash 
lozimki, 
maktabgacha 
ta’lim 
tashkiloti 
tarbiyachilarining inklyuziv kompetensiyasi maxsus kasbiy 
kompetensiyalar darajasini bildiradi.
Rivojlanish va o‘z-o‘zini takomillashtirish uchun turli xil 
ta'lim ehtiyojlarini hisobga olgan holda sog‘lom bolalar va 
nogiron bolalar uchun inklyuziv ta'limni ta'minlash jarayonida 
pedagog-tarbiyachilarning 
kasbiy 
vazifalarni 
bajarish 
qobiliyatini belgilaydigan integral shaxsiy ta'lim. Inklyuziv 
kompetensiya o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta tarkibiy 
qismlardan iborat. 
Motivatsion komponensiya qiziqishning chuqur shaxsiy 
tabiati, nogiron bolalarni qamrab olish sharoitida pedagogik 
faoliyatni 
amalga 
oshirishga 
ijobiy 
e'tibor 
qaratish, 
tengdoshlarning normal rivojlanayotgan muhitida yuksaltirish 
imkoniyati, rag‘batlantirish to‘plami bilan tavsiflanadi.
Motivatsion komponensiya – qadriyatlar, ehtiyojlar, 
motivlar majmuiga asoslangan qobiliyatdir. Inklyuziv ta'limning 
maqsad va vazifalariga mos keladigan shaxsiy muayyan kasbiy 
faoliyatni 
amalga 
oshirish 
muhim 
hisoblanadi. 
Bu 
kompetensiyaning eng muhim jihati pedagog-tarbiyachining 
shaxsiyatiga bog‘liq. 
Birinchidan, umumiy gumanitar yo‘nalish, ikkinchidan, 
inklyuziv ta’lim sharoitida ta’limni amalga oshirish, turli ta’lim 
ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni tushunish ahamiyati, nogiron 
bolalarni inklyuziv sharoitda muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Kognitiv komponensiya - bilim va kognitiv faoliyat tajribasi 
asosida pedagogik fikrlash qobiliyatidir. Inklyuziv ta'limning 
nazariy va amaliy vazifalari inklyuziv ta'limni amalga oshirish 
uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni o‘z vaqtida takrorlash, 
tushunish, qayta ishlash, yodlash va qaror qabul qilish qobiliyati 
hisoblanadi. 
Bundan tashqari inkyuziv ta’limda har bir tarbiyachi 
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi 
zarurdir.
MTT tarbiyachilarining inklyuziv kompetentlik darajasini 
baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari menejerlik, refleksivlik, 
kreativlik, kognetivlik, insonparvarlikka asoslangan innovatsion 
faoliyatga yo‘nalganlik kabi talablar asosida takomillashtirilgan; 
Shu 
tarzda, 
MTT 
tarbiyachilarining 
inklyuziv 
kompetensiyasi quyidagi tamoyillarga asosan rivojlanib va 
takomillashib borishi mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling