Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
10-3-PB (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAQOLA HAQIDA
- KALIT SO‘ZLAR
www.herald.uz 66 ISSN: 2181-1695 OAK: 01-08/1819/6 www.herald.uz MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING INKLYUZIV KOMPETENSIYASI Qo‘ldosheva Zarnigor Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi MAQOLA HAQIDA ANNOTATSIYA Qabul qilindi: 24-may 2022-yil Tasdiqlandi: 26-may 2022-yil Jurnal soni: 3 Maqola raqami: 9 DOI: https://doi.org/10.54613/001209 Maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining inklyuziv kompetensiyasini takomillashtirishga doir ilmiy-metodik qarashlar bayon etilgan. Tarbiyachilarda inklyuziv ta’limga oid malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish masalalari xorijiy va o‘zbek olimlarining tadqiqotlariga tayangan holda tadqiq etilgan. Shu tadqiqotlar asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni amalda qo‘llashga doir tavsiyalar berilgan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni yo‘lga qo‘yish jarayonida tarbiyachining alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini zamon talablari darajasida qo‘llash masalalari atroflicha tahlil qilingan. KALIT SO‘ZLAR Imkoniyati cheklanganlar, kompitensiya, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, jismoniy integratsiya, ijtimoiy integratsiya, funksional integratsiya. KIRISH Dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar bevosita maktabgacha ta’lim tizimida ham o‘z aksini topmoqda. Xususan, maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni joriy etishga dolzarb masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Har bir tarbiyachining oldida turgan asosiy vazifalardan biri alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni tengdoshlari qatori ta’lim olishiga ko‘maklashish va shu bilan bir vaqtda ularning qobiliyatiga qarab individual yondashishi maqsadga muvofiqdir. Inklyuziv ta’lim – jonli jarayon bo‘lib, pedagog-xodimlar va ota- onalar tomonidan ta’lim jarayoniga innovatsion va kreativ yondashuv talab etiladi. Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 1 milliarddan ziyod kishida, ya'ni, dunyo aholisining 15 % da turli darajadagi nogironlik kuzatiladi. Ularning 80 % i rivojlanayotgan davlatlarda yashaydi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston aholisining 2,14 % nogironligi bor shaxslar sifatida qayd etilgan. Nogironlik bo‘yicha to‘g‘ri va ishonchli ma’lumotlar nogironligi bo‘lgan shaxslarni hayotda nogironligi bo‘lmagan shaxslar bilan teng holatda ishtirokini ta'minlash uchun muhimdir 1 . Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosi ham insonparvarlik g‘oyalariga asoslangan bo‘lib, bu borada imkoniyati cheklangan bolalarga qaratilayotgan e’tibor diqqatga sazovor. Nogironligi bo‘lgan bolalarning jamiyatga tez integratsiyalashuvi maktabgacha ta’limda ko‘zlangan maqsadning amalga oshishini ta’minlovchi yo‘l hisoblanadi. Inklyuziv ta’limning vazifasi – bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishni talab etadi. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalarni ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. BMT O‘zbekistonning 2021-yil 7-iyunda ratifikatsiya qilingan “Nogironlar huquqlari to‘risida”gi Konvensiyani amalga oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab- quvvatlaydi. 1 Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi. https://www.uz.undp.org/content/uzbekistan/uz/home/ presscenter/pressreleases/2021/11/approach-and-practical-tools-in- disability-statistics--data-coll.html 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ- 4312-son qarori , https://lex.uz 3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida maktabgacha yoshdagi bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish masalalari o‘z ifodasini topgan. 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmoni asosida mamlakatimizda inklyuziv ta'limni rivojlantirish, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini zamon talablari darajasida yanada takomillashtirish, bunday bolalarga ta'lim xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun 2020-2025- yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida ta'lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida: 3 - inklyuziv ta’lim tizimi sohasidagi normativ baza takomillashtiriladi; - inklyuziv ta’lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlanadi, qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi; - inklyuziv ta’lim joriy etilgan muassasalarning moddiy- texnika bazasi mustahkamlanadi, ular maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlanadi; - inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalar joriy etiladi; - alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi o‘rtasida ijobiy-ijtimoiy muhit shakllantiriladi” 4 - degan ko‘rsatmalar o‘z ifodasini topgan. Maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyalanayotgan har bir bola o‘ziga xos individual yondashuvni talab qiladi va barchasi ta’lim olish, jamiyatda o‘z imkoniyatlarini to‘laqonlik namoyon qilish huquqiga ega. Sog‘lom bolalar qatorida alohida ehtiyojli bolalarning ham ta’lim-tarbiya olayotganligi bunday bolalarga yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ- 4312-son qarori / https://lex.uz 4 https://lex.uz/ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13- oktabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son qaror i Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling