Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet126/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, inklyuziv ta’lim 
nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar uchun, balki butun ta’lim 
tizimi uchun ham ta’limni rivojlantirishdagi navbatdagi 
qadamdir. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash 
muammosini hal etishning qiyinligi ta’lim tashkilotlari 
mutaxassislarining kasbiy layoqatsizligi, jamiyat hayotida keng 
ishtirok etadigan bunday bolalarning imkoniyatlarini jamiyatda 
tushunmaslik bilan murakkablashadi. Shunga asoslanib, MTTda 
inklyuziv ta’limni amalga oshirayotgan tarbiyachilarining kasbiy 
kompetentligi darajasini oshirish va nogiron bolalar va ularning 
0
10
20
30
40
50
60
70
kasbiy layoqat bilim ko'nikma
malaka
pedagogik
mahorat
0
10
20
30
40
50
60
70
80
90
Qo'llab-
quvvatlayman
betarafman
qarshiman
87
10
3


 
www.herald.uz
 
72
ota-onalar uchun shart-sharoitlarni ishlab chiqish va yaratish 
lozim. 
Tarbiyachi ko‘p vaqtni bolalar bilan o‘tkazadigan asosiy 
aktyordir. Uning asosiy ishiga o‘quv mashg‘ulotlari, bayramlar va 
ekskursiyalar o‘tkazish kiradi. Pedagogik muloqotning har 
qanday shakli aniq belgilangan maqsadlarga ega bo‘lishi kerak. 
Ya’ni ta’lim tizimi dastur materialini inklyuziv ta’lim talablari 
darajasida ishlab chiqishi, muammolarini hal qilishi kerak. 
Korreksion va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarni tarbiyachi 
barcha bolalarning qobiliyat va imkoniyatlarini rivojlantirishga va 
mavjud kamchiliklarni pedagogik-psixologik metodlar bilan 
tuzatishga aniq yo‘naltirishi kerak.
Tarbiyachining metodlari mashg‘ulot muammolarini hal 
etish uchun asosiy vositadir. Ular mohirona tanlangan bo‘lishi 
lozim. Metod va usullarni shunday birlashtirish, yoki o‘zgartirish 
kerakki, shu bilan birga pedagoglar faoliyati turlarida o‘zgarish 
yuz bersin, toki dominant analizator o‘zgarsin, ish vaqtida iloji 
boricha ko‘p analizatorlar - eshitish, ko‘rish, motorika, xotira va 
moddiy idrok jarayonida mantiqiy tafakkur ishtirok etsin.
Albatta, imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash, 
ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olish zarur. Inklyuziv 
guruhda tarbiyalanuvchilar ayrim sabablarga ko‘ra mashg‘ulot 
jarayonini kuzatib borishni istamaydi, shuning uchun ular 
yordamga muhtoj. Mashg‘ulot davomida bolalar holatidan kelib 
chiqqan holda topshiriqlarni berish tavsiya etiladi. Vazifa qisqa, 
aniq bo‘lishi, vazifalarni to‘liq bajarishga yordam berishi kerak 
bo‘ladi. 
Tadqiqot yuzasidan maktabgacha ta'lim tashkiloti 
tarbiyachisining inklyuziv kompetensiyasini rivojlantirishda 
quyidagi takliflar o‘rinlidir: 
MTT pedagog-tarbiyachilarida inklyuziv kompetensiyani 
kamol toptirishga doir davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazib 
borish;
MTTning ijtimoiy tarmoqlardagi saytlari va guruhlarida 
ota-onalar uchun inklyuziv ta’lim haqidagi ommabop 
ma’lumotlarni joylashtirib borish;
Har bir MTTning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda 
inklyuziv ta’limni joriy etish va jamoatchilik bilan aloqalarni 
mustahkamlash;
inklyuziv ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga 
oshirish;
inklyuziv ta’limni joriy etgan MTTlarni inklyuziv ta’limga 
oid o‘quv-metodik adabiyotlar bilan boyitib borishga alohida 
e’tibor qaratish orqali mamlakatimiz maktabgacha ta’lim 
tizimida dolzarb bo‘lib turgan inklyuziv ta’limning sifatini oshirish 
hamda bu jarayonda pedagog-tarbiyachilarining inklyuziv 
kompetensiyasini zamon talablariga mos tarzda takomillashtirib 
borish maqsadga muvofiqdir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling