Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet158/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

S-AFZALLIKLARI 
O’yin orqali barcha bolalar jamoa bo’lib 
qatnashadi va o’zlarini erkin tutadilar 

W- KACHILIKLARI 
O’yin paytida xonaning torligi bolalarni harakat 
qilishlariga etarlicha imkon yaratmaydi. Masalan, 
tarbiyachi bolalarni chaqirgan payt uchishga 
xonaning torligi bolalarga xalaqit beradi. 

T- TAHDIDLAR 
Tarbiyachi bolalarni yo’lga chaqirgan payti 
maydoncha bo’ylab barcha bolalarni teng 
harakat qilinishi sababli bolalar bir-biriga 
jarohat etkazishi mumkin; 

O- IMKONIYATLAR 
Bolalarni intiluvchanlik, 
harakatchanlik qobiliyatlarini 
yanada oshiradi. 


 
www.herald.uz
 
88
 
2-rasm. O‘yin turlarining umumiy tasnifi
1
 
 
O‘yin g’oyasi - bu nima o‘ynashni belgilab olish: “do‘kon, 
“shifoxona”, “uchuvchilar”, “bolalar tashkiloti” va shunga 
o‘xshashlar. O‘yin mazmuniga, g’oyasiga qarab bolalarninng 
bunday o‘yinlarini bir necha o‘ziga xos guruhlarga bo‘linadi. 
Ular, o‘yinlarning bunday bo‘lishi albatta shartli bo‘lib, bir 
o‘yinda har xil hayotiy voqaelar aks etishi ham mumkin. G’oya 
o‘yinning mazmuni, jonli to‘qimasi, uning rivojlanishini, o‘yin 
harakatlarini, bolalar munosabatlarining har xilligi va o‘zaro 
bog’lanishini belglab beradi. O‘yining qiziqarli bo‘lishi va 
unda bolalarning qanday ishtirok etishlari o‘yinning 
mazmuniga bog’liq. O‘yinda bola ijro etadigan rol o‘yining 
asosiy o‘zagi va tarkibiy qismidir. Bolalar o‘yiniga 
tarbiyachining rahbarlik qilishi. O‘yin bolalarning qiziqarli 
ermagigina bo‘lib qolmay, shu bilan bir qatorda u bolalarni 
rivojlantirish va tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. 
Ammo o‘yin kattalar tomonidan tashkil etilib, unga rahbarlik 
qilingandagina ijobiy natija beradi. 
Pedagog tarbiyachi bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar 
ekan, quyidagi talablarga e`tibor berishi zarur: o‘yin 
mazmunini ta`lim-tarbiya beruvchi ahamiyatga ega bo‘lishi, 
aks ettirliayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar to‘g’ri va to‘la 
bo‘lishi, o‘yin harakatlariga faol, ma`lum maqsadga 
qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bo‘lishi kerak. Hamma va 
ayrim bolalarning qiziqishlarini e`tiborga olgan holda 
o‘yinga rahbarlik qilish, o‘yinchoqlarni va boshqa kerakli 
materiallardan maqsadga muvofiq foydalanish, bolalarning 
o‘yinda xayrixoh va xursand bo‘lishlarini ta`minlash lozim.
Oʻz oʻrnida oʻyin turlarini Ijodiy va Qoidali oʻyinlar 
turkumiga ajratish mumkin. 
Ijodiy oʻyinlar – bolalarning mustaqil, ijodiy, oʻzlari oʻylab 
chiqqan oʻyinlar majmuidir. Bunda bolalar oʻz taassurotlari, 
borliq hayotdagi tushunchalari va unga boʻlgan oʻz 
munosabatlarini aks ettiradilar va u orqali tafakkurlari 
rivojlanadi. Ijodiy oʻyinlar quyidagi turkumlarga boʻlinadi: 
1. Syujetli-rolli; 
2. Dramalashtirilgan 
3. Qurilish; 
4. Tabiat materiallari bilan oʻynaladigan oʻyinlar. 
Ijodiy oʻyinlar. Ijodiy oʻyinlar boshqa tur oʻyinlardan 
quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: 
1. Oʻyin mazmunining oʻziga xosligi. 
2. Rollarning mavjudligi. 
3. Hayoliy vaziyatning mavjudligi. Oʻyin mazmunining 
oʻziga xosligi uning eng muhim xususiyatlaridan biridir. 
Pedagog va psixologlarning tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, 
kattalarning ijtimoiy hayoti oʻzining rang-barang koʻrinishlari 

F. Qodirova, Sh. Toshpo'latova, N. Kayumova, M. A'zamova, Maktabgacha 
pedagogika. T-2019-yil 
bilan syujetli-rolli oʻyinlarning mazmuni boʻlib xizmat qilar 
ekan. Ular bolalar kattalar ijtimoiy hayotining namunasini 
oladigan faoliyat turi oʻyin ekanligini asoslab berdilar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling