W- kamchiliklari
1. Tarbiyachilarda bolalarda o‘yin texnologiyalaridan qanday
foydalanish va uni turli yosh bosqichlarida qanday yo‘l-yo‘riqlar
bilan olib borish haqida to‘liq bilimga ega emasligi;
2. Yetakchi mutaxassislar yetishmasligi;
3. Didaktik mashg‘ulotlarning soni kamligi;
4. Ota-onalar bilan hamkorlik muammosi;
5. Infratuzilma (texnik resurs) yetishmasligi.
O- imkoniyatlar
1. Maktabgacha yoshda o‘yinlarga oid ko‘nikmalar
shakllanadi;
2. Bilish orqali dunyoqarashi rivojlanishi imkoniyatini beradi;
3. Hamkorlikda ishlash orqali ota-ona hamda tarbiyachi
pedagoglar bolaning atrof-muhitga, olamni asrashni habardor
bo‘lishi ;
4. Bola shaxsi jamoaga, muhitga erkin adaptatsiya qilish
imkonini beradi.
T- tahdidlar
1. Tarbiyachi va hamkorlikda ishlamaslik natijada bolalarda
o‘yin va ijtimoiylashuvning kechikishi;
2. Bolalarda bilish jarayonlarini rivojlantirishda zamonaviy
metodlardan foydalana olamaslik;
3. Bolalarda ularning yoshiga va tabiatiga mos o‘yinlardan
foydalanmasligi;
4. Maktabgacha
yoshdan
boshlab
bilimlarni
to‘liq
berilmasligi maktab ta’limiga o‘tishda salbiy ko‘rinishlarga olib
kelishi.
“Fikriy hujum” metodi Mazkur metod tarbiyachilarning
mashg‘ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr
yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil fikrlash inertsiyasidan
ozod etish, muayyan mazvu yuzasidan rang-barang g‘oyalarni
to‘plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining
dastlabki bosqichida paydo bo‘lgan fikrlarni yengishga o‘rganish
uchun xizmat qiladi. “Fikriy hujum” metodining asosiy tamoyili va
sharti mashg‘ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o‘rtaga
tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har
qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag‘batlantirishdan iboratdir.
Bundan ko‘zlangan maqsad bolalarning mashg‘ulot jarayonidagi
erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan
foydalanish tarbiyachining pedagogik mahorati va tafakkur
ko‘lamining kengligiga bog‘liq bo‘ladi.“Fikriy hujum” metodidan
foydalanish chog‘ida tarbiyachilarning soni 10-15 nafardan
oshmasligi maqsadga muvofiqdir.
1
Muallif ishlanmasi
S
Do'stlaringiz bilan baham: |