Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


-rasm. Maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet178/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
9-rasm. Maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan 
shart-sharoitlar to‘g‘risida
6
 
Maktabgacha talim tashkilotini yanada takomillashtirish 
uchun biz odamlar o‘rtasidagi muammolarni bilishimiz zarur.
 
TADQIQOT MUHOKAMASI 
Pedagoglik ishida muvaffaqiyatga erishish uchun har bir 
muallim pedagogik mahoratni egallashi zarur. Pedagogik mahorat 
egasi kam kuch sarf qilib, ulkan natijalarga erishadi, o‘z ishining 
natijasi bilan mo‘jizalar yaratadi, ijodkor hisoblanadi. Har bir ishga 
qobiliyatli, iste’dodli insondagina pedagogik mahorat bo‘lishi 
mumkin.
Rahbarlik odobi va uning axloqiy jihatlariga doir O‘zbekiston 
Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mana bu fikrlari g’oyat 
ibratlidir: «Oddiy odamlarning rahbarlarga munosabati ikki fuqaro 
o‘rtasidagi munosabatgina emas. Ayni paytda u jamiyatda qaror 
topadigan ma’naviy-ruhiy, siyosiy-axloqiy muhitni ham yaratadi. 
Haqiqiy rahbar odamlarning ko‘ngliga yo‘l topib, ularni ezgulikka, 
yaxshilikka, yaratishga da’vat etadi»
7
Bundan ko‘rinib turibdiki, har 
bir inson kim bo‘lishidan qat’i nazar avvalo insoniyligini 
yo‘qotmasligini aytib o‘tadi.
Ta’limda sifatga erishish boshqa barcha sohalarda ham 
sifatni ta’minlay oladigan omil hisoblanadi. Sifat atamasini 
aniqlashda ko‘pincha to‘siqlarga duch kelinadi. Ya’ni, Aristotel 
ta’riflab bo‘lmaydigan oltita atama borligini, shu jumladan sifat 
tushunchasini aytdi. Biroq, hozir biz boshqacha fikrdamiz. Ya’ni, 
sifat atama sifatida nisbiy ma’noga ega – u mulk, xususiyat, fazilat, 
qadriyat, yaxshi xususiyatni anglatadi. Sifatli ta’lim, degan savolga 
javob berish uchun "ta’lim" faoliyati egalarining harakati natijasida 
yuzaga keladigan o‘zgarishlarni baholash orqali erishish mumkin. 
Ushbu faoliyatning
8
tashuvchisi tarbiyachi va talabalardir. Ya’ni, 
tarbiyachi va o‘quvchilarning o‘z faoliyati natijasida va o‘quvchi 
shaxsida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar izlanishi va ta’limdagi 
yutuqlar sifatini belgilab berishi kerak bo‘lgan sohadir. Sifat - bu 
sodir bo‘ladigan narsa. Sifatli ta’lim - foydalanuvchilarning ta’lim 
(rivojlanish) ehtiyojlarini qondiradigan yoki foydalanuvchilarga 
moslashtirilgan ta’lim. Bunga ko‘plab omillar ta’sir qiladi: muhit, 
an’analar, 
o‘quv 
jarayonini 
amalga 
oshirish 
shartlari, 
tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasi. Ta’lim sifati asosan 
quyidagilarga qaratiladi: 

kirish sharoitlari - resurslar, 

maqsadlar,

tarbiyachining sifati,

o‘quvchilarning xususiyatlari, 

sifatli maktablar, sifatli dasturlar,

o‘qitish sifati natijalarga erishish bilan bevosita bog’liq. 
Buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg tarbiyachining doimiy 
ravishda fanlarni mutolaa qilish bilan shug’ullanishi haqida gapirib, 
7 I.A.Karimov. 
“Biz 
o’z 
kelajagimizni 
o’z 
qo’limiz 
bilan 
quramiz”.T.O’zbekiston 1999 y. 77 bet
8 Snezana Jovanova, Mitkovska Dijana Hristovska. Contemporary 
teacher and core competences for lifelong learning. 
50
40
10
0
10
20
30
40
50
60
Ha
Yo`q
Bazan
40
30
30
Ha
Yo`q
Ba`zan
0
10
20
30
40
50


 
www.herald.uz
 
98
shunday degan edi: “Tarbiyachi muntazam ravishda fan bilan 
shug’ullanmog’i lozim. Aks holda u qurigan daraxt va toshga 
o‘xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, 
kelajakda bunday tarbiyachidan hech qanday natija kutib 
bo‘lmaydi. 
"Tarbiyachining o‘rni uning faoliyatining barcha sohalarida 
birinchi o‘rinda turadi. Bu o‘zgarishlar bilimning roli, o‘qitish 
vazifalari va o‘qitishning bevosita omillari nisbati haqidagi yangi 
tushunchalar, yangi bilimlarning ta’siri bilan bog’liq. O‘quv 
jarayonining tabiati haqidagi ilmiy bilimlar, bolaning tabiati 
haqidagi psixologik bilimlarning ta’siri, ta’lim texnologiyasi, o‘quv 
jihozlari va jihozlarining o‘rni, o‘qitishda turli xil vositalarni qo‘llash, 
avtomashinada 
sinfdan 
tashqari 
ishlarni 
rivojlantirish. 
Maktabgacha ta’limning madaniy rolini ijtimoiy muhitda qo‘llash". 
Tarbiyachi fan va kasbdagi yangi kashfiyotlar, jamiyatdagi 
o‘zgarishlarni kuzatib borishi kerak;

ta’limning maqsad va vazifalarini rejalashtirish; 

amalga oshirish bilan maksimal darajada shug’ullanish;

o‘quv jarayonini amalga oshirishning barcha bosqichlarida 
o‘quv materiallaridan optimal foydalanish;

o‘quvchilarning ta’lim va motivatsiyasiga ko‘proq e’tibor 
berish; 

o‘qitishda muloqot sifati uchun ko‘proq mas’uliyat; 

ta’limga AKTni jalb qilish; 

o‘z amaliyotida tadqiqotlarga ko‘proq jalb qilish va 
natijada buni rag’batlantirish; 

asosiy e’tibor ta’limning tegishli darajasini tugatgandan 
soʻng berilishi lozim; 

intellektual mustaqillik va isbotlangan tanqidiy ishtirok; 

ota-onalarga va boshqa manfaatdor tomonlarga 
o‘quvchilarning muvaffaqiyati va rivojlanishi to‘g’risida hisobot 
berish;

ta’lim amaliyoti va taraqqiyotini rag’batlantirishda tanlov, 
o‘zgarishlar va ustuvorliklarga olib keladigan ma’lumotlarni 
taqdim etish uchun tadqiqot va boshqa asosli dalillarni qo‘llash 
qobiliyati; 

bolalarga yordam ko‘rsatish va ular bilan hamkorlikda 
tajriba orttirish bilan shug’ullanadigan boshqa tarbiyachilar va 
boshqa kasbdagi hamkasblar; 

para-professionallar va idoralar uchun kasbiy rivojlanish; 

kasbiy rivojlanish sifatida tegishli xatti-harakatlar; 

Maktabgacha ta’lim tomonidan talab qilinadigan 
ma’muriy vazifalarni bajarish.
9
Pedagogik–psixologiyada 
tarbiyachi 
qobiliyatining 
cheklangan turlari yo‘q. Pedagogik qobiliyat turlari fanning
jamiyatning rivojlanishiga qarab ko‘payib va o‘zgarib turishi 
mumkin.
10
Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha “o‘zgarmas irsiyat” 
nasldan – naslga o‘tuvchi jarayon sifatida talqin etilgan. 
Olimlarning uzoq yillar olib borgan ilmiy-tadqiqotlari va 
kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy 
sifatlari ajratib ko‘rsatilgan: 
Pedagog mahoratini oshirish uchun tavsiyalar olimlar 
tomonidan quyidagicha berilgan va biz ham o‘rinli hisoblaymiz:
1.
Mustaqil o‘qib-o‘rganish (pedagogika fanida ro‘y 
berayotgan eng so‘nggi yangiliklar haqida ma’lumotlarni beruvchi 
yangi adabiyotlar, Internet materiallari
11
, portal tizimi, vaqtli 
matbuot sahifalarida chop etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, 
ilg’or texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari surilayotgan 
g’oyalarni umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalarni 
tayyorlash). 
2.
Tajribali ustoz tarbiyachilar faoliyatini o‘rganish (ta’lim 
muassasasidan chetga chiqmagan holda tashkil etilib, vaqt va 
iqtisodiy nuqtai nazardan samarali sanaladi. Tajribali tarbiyachilar 
faoliyatini o‘rganish, ular tomonidan tashkil etilayotgan 
mashg’ulotlarni kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu 
borada olingan taassurotlarni umumlashtirish asosida xulosa 
chiqarish maqsadga muvofiqdir). 
3.
Tarbiyachi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish kurslari va institutlarida kasbiy malaka va ko‘nikmalarni 
oshirib borish. 
4.
Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy 
konferensiya hamda seminarlar, pedagogik o‘qish hamda 
treninglar)da faol ishtirok etish. 
5.
Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning 
yetakchi ta’lim muassasalarida o‘z tajribalarini oshirish, kasbi 
bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlarni o‘rganish
12


Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling