Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet181/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

ISSN: 2181-1695 
OAK: 01-08/1819/6 
www.herald.uz
RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLARDAGI FAOLIYAT ORQALI 
BOLALARNING NUTQINI TAKOMILLASHTIRISH 
Mansurova Madinaxon
Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi 
 
MAQOLA HAQIDA 
ANNOTATSIYA 
 
Qabul qilindi:  24-may 2022-yil
Tasdiqlandi:  26-may 2022-yil 
Jurnal soni:  3 
Maqola raqami: 14 
DOI: https://doi.org/10.54613/001214 
Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotidagi rivojlantiruvchi markazlarda bolalar nutqini 
takomillashtirish, xususan maktabgacha o‘rta va katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish 
usullari va amaliyotidagi o‘zgarishlar samaradorligi yoritilgan. Nutq o‘stirish bo‘yicha aniq 
maqsadga qaratilgan mashqlar, pedagoglarning kasbiy mahorati bolalarning bog‘lanishli 
nutqini o‘stirishga ijobiy ta’sir ko‘rsata olishi pedagogik va psixologik tadqiqotlar tahlillari 
orqali yoritib berilgan. Jumladan, maktabgacha o‘rta va katta yoshli guruh tarbiyalanuvchilari 
ega bo‘lishi lozim bo‘lgan ko‘nikmalarga urg‘u berilgan. 
KALIT SO‘ZLAR
 
rivojlantiruvchi 
markaz, 
nutqni 
rivojlantirish, 
tinglab 
tushunish, 
so‘zlash, interfaol usul, til, san’at, 
syujetli-rolli o‘yin.
 
 
 
KIRISH
“Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat 
o‘quv dasturida MTTning maqsad va vazifalari quyidagicha 
belgilangan: 

bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk 
va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yilgan 
Davlat talablari asosida hamda MTM davlat o‘quv dasturiga 
muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun 
qulay shart-sharoitlar yaratish;

maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy 
faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;

bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va 
jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga 
oshirish; 

bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat 
bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish
1
.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha 
ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 
bolalarning sifatli ta’limiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Jumladan:
1.
“Ilk qadam” dasturini ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq 
etish, dasturning to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va 
metodik yordamning o‘rni belgilab olindi.
2.
“Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida 
mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil 
etishda 
tarbiyachining 
o‘rniga 
alohida 
e’tibor 
qaratildi.
Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot 
pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan 
va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib 
belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk 
qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat 
yuritadilar. Bular quyidagilardir: 
1.
Til va nutq markazi (nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va 
badiiy adabiyot bilan bog‘liq mashg’ulotlar). 
2.
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika 
markazi (qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari). 
3.
San’at markazi (rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash 
mashg‘ulotlari va origami). 
4.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz 
(guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar). 
5.
Ilm-fan va tabiat markazi (tabiat, atrof-olam bilan 
tanishtirish mashg‘ulotlari). 
Ushbu markazlar tarbiyalanuvchilar uchun muhim o‘rin 
kasb etadi, chunki bola markazlarda erkin faoliyat olib boradi. 
1
Ilk qadam”. Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv 
dasturi. Toshkent-2018 
2 D.R. Babayeva. “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi”. (Darslik). – 
T.: «Barkamol fayz media», 2018, – 432 b. 
Tarbiyachi esa ularga yordamchi sanaladi. Bu esa bolalar nutqi, 
erkin fikrlashi, jismoniy va ijtimoiy bilish kompetensiyalarini 
rivojlantiradi. Bolalar ongini rivojlantirishda asosiy faoliyat turi 
o‘yin hisoblanib, rivojlantiruvchi markazlarda undan unumli 
foydalanilmoqda. Bunday mashg‘ulotlar orqali bola o‘rgatilgan 
bilim, ko‘nikmalarni xotirasida tez va mustahkam saqlaydi. 
Biz ilmiy ishimizda rivojlantiruvchi markazlar faoliyati 
orqali kichik yoshli bolalarning nutqi takomillashtirilishiga 
alohida e’tiborni qaratdik. Maktabgacha ta’lim muassasalarida 
bilimlarni berish shakli mashg‘ulotdir. Mashg‘ulotlar jarayonida 
bolaning nutqi rivojlanib, undagi grammatik va fonetik qirralari 
sayqallanib, til boyligi oshib borish bilan bir qatorda undagi 
psixologik va intellektual jihatlar rivojlanib boradi. Maktabgacha 
ta’lim muassasalarida 5 ta metodika bo‘yicha bolalarga ta’lim-
tarbiya saboqlari berib boriladi. Bulardan eng asosiysi “Nutq 
o‘stirish mashg‘ulotlari”, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, 
nutq o‘stirish orqali nafaqat bolaning so‘z boyligi oshiriladi, balki 
uning muloqot qobiliyati rivojlantiriladi, undagi bilish jarayonlari, 
shu jumladan, tafakkurini o‘stirishda ham muhim vosita bo‘lib 
hisoblanadi
2
.
Ushinskiy 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini tavsiflar 
ekan, uning ayrim xususiyatlarini, masalan: tovushning 
tushunarsizligi, lug‘at boyligining yetarli emasligi, o‘zaro 
bog‘liqlikning yo‘qligini alohida ta’kidlagan. 
U bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazishning turli shakllarini 
taklif qilgan:

bolalar hayotidan hikoyalar;

bolaga narsalarning xususiyatlarini ko‘rishda, 6 yoshga 
kelib esa narsalar juftligini bir-biriga taqqoslash, ular o‘rtasidagi 
umumiylik va farqlarni topishda yordam beruvchi mashqlar;

suratlar asosida hikoya qilish, bu bolalarga savollarga 
javob berish, so‘ngra esa ravon, tushunarli va erkin hikoya qilib 
berishni o‘rgatadi; 

bolalarni o‘qish va yozishga tayyorlovchi amaliy 
mashqlar
3


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining eng asosiy 
vazifalaridan biri bu “maktabgacha ta’lim tashkilotlari 
tarbiyalanuvchilarida ona tilida nutq o‘stirish ishlarini yo‘lga 
qo‘yish
4
”dir.
Konsepsiyada aytilishicha, ona tilini o‘qitish orqali shu til 
bo‘yicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy to‘rt turi: 
nutqni tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish amallari 
bo‘yicha har bir sinfda taqozo etiladigan malaka va ko‘nikmalar 
me’yorini rivojlantirish, bunda o‘qish hamda mehnat jarayonida, 
3 Yuqoridagi manba. 
4 Ona tili fani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim milliy 
o‘quv dasturlari. Toshkent, 2021. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling