Jamoat ishi: applikatsiya: transport turlari
Maqsad: mayda qo‘l motorikasi, tasavvurini rivojlantirish,
estetik bezatish, jamoa bilan ishlashni bilish. O‘zining ijodini
chiroyli bezatadi.
Jihoz va materiallar: rangli kartonlar, qog‘oz, yelim, stepler,
ramkalar.
Faoliyatning olib borilishi:
1. “Transport” mavzusida rasmlarni ko‘zdan kechirish.
2. Tasviriy san’at faoliyati noan’anaviy texnikasi bilan
tanishish.
3. Rasm tanlash.
4. Bolalar bilan mavzu asosida applikatsiya ishini bajarish.
5. Tayyor rasmlarni muhokama qilish va rag‘batlantirish.
Qo‘shimcha qism: tarbiyachi bolalarga applikatsiyani
bezatishi, mavzuga oid she’r yoki qo‘shiq kuylashni taklif qilishi,
ko‘rgazma tashkil etishi mumkin.
E'tiborga molik jihati:
1. Tartibli va gigiyenik talablarga mos ishlashga o‘rgatish.
2. Tasavvuri va mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish.
3. Hayot xavfsizligi saboqlari.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz
(Guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar).
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazida
bolalarda haqiqiy hayotdan olingan kichik sahna ko‘rinishlarini
o‘ynashga xohish-istak uyg‘otish uchun albatta kerakli kiyimlar
va boshqa narsalar bo‘lishi zarur. Bular bolalarda atrofda nimalar
sodir bo‘layotganini anglash, ularni ajrata olish hamda hayotda
o‘z o‘rinlarini tushunib yetishlariga yordam beradi. Bu markaz
bolajonlarning eng sevimli markazlaridan biri hisoblanadi, chunki
bolajonlar bunda ertaklar tinglab, ertakdagi qahramonlarga
taqlid qilib, uning rolini bajaradilar. Kimdir Kenja botir, kimdir
Zumrad rolini, yana kimdir quvnoq quyoncha rolini bajarishni
istaydilar.
“Avtobus”
Maqsad: Avtobuslar turar joylari haqida tushuntirib
beradi, avtobus turar joydagi ishchi-xodimlar haqida
ma’lumotga ega bo‘ladi. Jamoat joylarida o‘zini tuta oladi.
Transport vositalarining xavfli ekanligini tushunadi. Transport
turlarini farqlaydi. Kuzatish, tahlil qilish, xulosa chiqarish
malakasiga ega bo‘ladi.
Jihoz va materiallar: haydovchi kiyimi, salon va o‘rindiqlar.
Faoliyatning borishi:
1.
Bolalar orasida rollarni taqsimlash.
2.
Bolalar bilan sayrga borish joyini rejalashtirish va
haydovchilar bilan uchrashish.
3.
“Avtobusda ketayapmiz”, sahnasini o‘ynash.
4.
Sahnalashtirilgan o‘yin haqida suhbat.
Qo‘shimcha qism: Tarbiyachi bolalar bilan avtobus
chiptalarini chizib, ular orasida chiptachi, yo‘lovchi orasidagi
farqni aniqlaydi.
E’tiborga molik jihati:
1.
Bolalarning haydovchi bilan muloqotga kirisha olishi.
2.
Mantiqiy fikrlash qobiliyati.
3.
Hayot xavfsizligi qoidalarini o‘rganishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |