Mavzu: “Mening oilam” ertagi surati ustida hikoya
tuzish
Maqsad: Og‘zaki nutq rivojlanadi, faol suhbatga kirishadi,
oila a’zolari haqida gapirib bera oladi, hikoya qilib berish
jarayonida o‘z nutqiga e’tiborli bo‘ladi.
•
Kerakli jihozlar: Oilaviy albom, suratlar.
•
Faoliyatning borishi:
•
Mavzu bilan tanishtirish.
•
Rasmlarni tomosha qilish.
•
Rasmlarga qarab qisqa hikoya tuzish.
•
Voqea-hodisani tahlil qilish.
•
Fikrlarini jamlash.
•
Mustaqil hikoya tuzish va do‘sti bilan o‘rtoqlashish.
•
Qo‘shimcha: “Oila” o‘yini, oila haqida maqollarni yod
oldirish.
Alohida e’tibor qaratiladi: Mustaqil hikoya tuzish malakasi
shakllanganligi, rasmdagi barcha elementlarni e’tibordan
chetga qolddirmaganligi.
Mashg‘ulotlarni kuzatar ekanmiz, bu markaz faoliyati
orqali bolalar nutqiy kompetensiyalarining rivojlantirilishi aniq
maqsadlar asosida amalga oshirilayotganining guvohi bo‘ldik.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat olib
borayotgan
tarbiyachilar
ishtirokida
savol-so‘rovnoma
o‘tkazdik.
Respondentlar markaz faoliyati va bolalar nutqini
takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilgan fikrga munosabat
bildirdilar.
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika
markazi. (Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari)
Qurilish va konstruksiyalash markazida turli xil va
shakldagi qurilish elementlari mavjud bo‘lib, bolalar ulardan o‘z
fantaziyasiga tayangan holda inshootlar bunyod etadilar: misol
uchun ko‘rgan tarixiy obidalari, uylar, garajlar, ferma va shu
kabilar. Qurilish bilan mashg‘ul bo‘lgan bolalar bu yerda juda ko‘p
narsalarni o‘zlashtirib oladilar. U bolalarning matematik
qobiliyatlarini rivojlantirishga, ijtimoiy ko‘nikmalarni egallashga
yordamlashadi, muammolarni hal etish tajribasini beradi. Bu
yerda, shuningdek, ijodiy yondashishni namoyon etish va
bajariladigan ishga diqqatni jalb etishni o‘rganish mumkin.
Ushbu markazga tarbiyachilar va bolalar xohish-istagiga ko‘ra
ko‘plab turli narsalarni – o‘yinchoq mashinalar, yuk mashinalari,
samolyotlar, gazlama bo‘laklarini qo‘shib qo‘yish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |