Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet182/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
 
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
 
 KOKAND UNIVERSITY HERALD 
 ВЕСТНИК КОКАНДСКОГО УНИВЕРСИТЕТА
 
 


 
www.herald.uz
 
101
oila va jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy 
vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon 
eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma 
manbalarni o‘qish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga o‘z 
munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirishish malakasini 
egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi. 
 
ADABIYOTLAR TAHLILI 
Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasida bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini 
shakllantirishning mavjud shart-sharoitlari, kamchiliklari 
o‘rganilgan hamda 2030-yilgacha bu jarayonda amalga 
oshiriladigan vazifalar belgilab berilgan. Bolaning rivojlanish 
sohalari kompetensiyalarining shakllanishida, birinchi navbatda 
oilaning, ota-onaning hamda uni o‘rab turgan muhitning o‘rni va 
ahamiyati katta. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 
2020-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 
va xalqqa Murojaatnomasida Yangi O‘zbekistonda Uchinchi 
Renessansni barpo etishda beshta xalqa ichida maktabgacha 
ta’lim, beshta ustun ichida esa maktabgacha ta’lim tashkilotlari 
tarbiyachilari va ota-onalarning hamkorlikdagi muhim 
mas’uliyatli vazifalariga to‘xtalib o‘tgan edi. Shu bilan birga I.V. 
Grosheva, L.G. Evstafeva, D.T.Maxmudova, Sh.B. Nabixanova, 
S.V. Pak, G.E.Djenpeisova, M.R. Isxakovalar ham bu mavzu 
yuzasidan “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining 
Davlat o‘quv dasturini ishlab chiqishgan. Bu dasturda bolaning 
rivojlanish sohalari kompetensiyalarining har biriga alohida 
ilmiy-uslubiy yondashilgan. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar nutqini 
rivojlantirishdagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
1.
Bolalar bog‘lanishli nutqini o‘stirish. 
2.
Bolalar lug‘atini boyitish. 
3.
Nutqning grammatik tomonini tarbiyalash, so‘zlarning 
gapda o‘zaro birikishi va gap hosil qilish uchun zarur bo‘lgan turli 
grammatik shakllar, qo‘shimchalardan foydalanishni o‘rgatish. 
4.
Nutqning tovush tomonini tarbiyalash, maktabgacha 
tarbiya yoshidagi bolalarda nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz 
qilish, ovoz-ohangni tushunish, nutqiy nafas olishni to‘g‘ri 
bajarishni shakllantirish. 
5.
Maktabgacha ta’limda bolalarning nutqni tushunish, 
tinglash malakalarini shakllantirish, kattalarga nutq orqali 
murojaat qilish, dialogik va monologik nutqini o‘stirish, hikoya 
tuzishga o‘rgatish. 
6.
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish, ertak, hikoyalarni 
o‘rganish, kitobga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, asar 
mazmunini tushunish, obrazlar xususiyati, nutqini ajrata bilishga 
o‘rgatish.
Shunday ekan, rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarda bolalar 
nutqini rivojlantirish har qaysi pedagog faoliyatining ajralmas 
qismi bo‘lishi kerak.
Muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik 
jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal 
qilinadi. Hozirgi zamon nutq tadqiqotchilariga tizimli yondashuv 
xos bo‘lib, yaxlit tizim sifatida mavjud bo‘ladigan tashqi va ichki 
munosabatlarning ko‘pligi hodisalarini o‘rganishda namoyon 
bo‘ladi. Nutq yaxlit faoliyat va nonutqiy harakatga qo‘shilgan 
nutqiy harakat kabi til orqali bog‘langan tarixan shakllangan 
muloqot shakli sifatida ko‘rib chiqiladi (L.S.Vigotskiy, 
A.N.Leontev, A.A.Leontev, I.A.Zimnyaya). 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy faollikni 
shakllantirish masalalarini nutqiy faoliyat nazariyasi asosida 
tadqiq etish maktabgacha ta’limning nazariyasi hamda amaliyoti 
uchun dolzarb va ahamiyatli hisoblanadi. Nazariy va amaliy ishlar 
shundan dalolat bermoqdaki, nutqiy faoliyat motivatsiyasini 
boyitish bolalar nutqini rivojlantirish borasidagi ishlarning 
samaradorligini oshiradi (F.A.Soxin, E.M.Strunina, A.M.Borodich, 
M.R.Lvov va boshq.). 
Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontev quyidagicha 
tavsiflaydi: “Nutqni o‘stirish va rivojlantirish jarayoni bola 
lug‘atining va so‘zlarning assotsiatsiya asosida bog‘lanishining 
ortishida ifodalanadigan miqdoriy o‘zgarishlar, balki sifat 
jihatdan o‘zgarish jarayonidir, zero u fikrlash va ong rivojlanishi 
bilan ichki bog‘langan holda so‘zning barcha funksiyalari, 
tomonlari va aloqalarini qamrab oladigan haqiqiy rivojlanish 
jarayonidir”.
K.D.Ushinskiy bolalarni ona tilida o‘qitishning zarurligini 
asoslab, bolalarga ona tilini dastlabki o‘qitish metodikasini ishlab 
chiqar ekan, bolalar tilni o‘zlashtirishlarining til bilan 
tafakkurning o‘zaro munosabatlarini falsafiy, o‘z-o‘zini 
rivojlantirish va o‘qitishga asoslangan xususiyatlari va 
qonuniyatlari borasida o‘z fikrlarini bildiradi.
Rossiya fanida nutq ontogenezi borasidagi tadqiqotlar 
L.S.Vigotskiyning 
madaniy-tarixiy 
nazariyasiga 
va 
A.N.Leontevning faoliyat nazariyasiga tayangan holda amalga 
oshirilgan. Natijada bolalar nutqining paydo bo‘lishi va 
rivojlanishi ularning atrofdagi odamlar bilan muloqot 
jarayonlarida ro‘y beradi, degan qarashlar tizimi shakllandi.
A.A.Leontev 
L.S.Vigotskiy 
va 
A.N.Leontevning 
qoidalariga tayangan holda, asosiy faoliyat turi sifatida 
qaraydigan nutqiy faoliyat shakllanishi konsepsiyasini ishlab 
chiqdi. Uning qayd etishicha, bola nutqini rivojlantirish – bu eng 
avvalo, muloqot usullarini rivojlantirish bo‘lib, ularni o‘zlashtirish 
til qobiliyatini shakllantirishni talab qiladi.
Nutqni egallab olishning eng muhim bosqichlari 
maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi. Shundan kelib chiqqan 
holda, hozirgi paytda nutqni rivojlantirishdagi ayrim bosqichlarni 
o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Olimlar nutqqacha 
bo‘lgan bosqich muhim rol o‘ynashini tushunib yetib, uni batafsil 
tahlil qilmoqdalar. Verbalgacha bo‘lgan davr (bola hayotining 
dastlabki davri) yoki tayyorlov bosqichining psixologik va 
psixolingivistik tahlili aynan ushbu davrda nutqning muhim 
omillari shakllanadi, degan xulosaga kelish imkonini beradi. 
M.I.Lisinaning qayd etishicha, bola o‘z hayotining birinchi yilida 
atrofdagi kattalar bilan muloqot shaklini ikki marta o‘zgartiradi.
Birinchi shakl – yaqin kattalar bilan vaziyatli-shaxsli 
muloqot (2-oylarga kelib). Birinchi yarim yillik oxirida ushlashni 
o‘rganib olgan bola kattalar bilan muloqotning nisbatan 
murakkab bo‘lgan o‘zga darajasiga o‘tadi. Bu vaziyatli-amaliy 
muloqotdir. 
Nutqning vujudga kelish bosqichi (bir yoshdan boshlab 
keyinga yoshning yarmigacha) bolaning atrofdagi kishilar bilan 
muloqotining ikki bosqichi – verbalgacha bo‘lgan va verbal 
bosqichlar o‘rtasidagi o‘tkinchi pog‘ona sifatida xizmat qiladi. 
Mazkur bosqichning asosiy mazmunini quyidagi ikki 
voqea tashkil qiladi: atrofdagi kattalar nutqini tushunish vujudga 
keladi va dastlabki verballashuvlar paydo bo‘ladi. Har ikkala 
voqea ham bir-biri bilan nafaqat vaqt bo‘yicha, balki mohiyatiga 
ko‘ra ham uzviy bog‘liqdir. Ular kattalar bola oldiga qo‘yadigan 
yagona kommunikativ vazifani hal qilishning ikkita yagona 
usulidir. Bolalarning passiv nutqni o‘zlashtirib olishlari va 
ularning dastlabki so‘zni aytishlari hal qiluvchi darajada quyidagi 
uch jihatga, ya’ni birgalikdagi harakat chog‘idagi aloqalar, 
tovushli aloqalardan iborat bo‘lgan kommunikativ omilga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Shunday holatlarning oldini olishda rivojlantiruvchi 
markazlardagi faoliyat orqali nutq o‘stirish katta ahamiyatga 
ega. Bu esa ilmiy maqola mavzusining hozirigi kundagi dolzarb 
masala ekanligini ko‘rsatadi. 
K.D.Ushinskiyning ta’kidlashicha, “…bola ikki-uch yilda 
shuncha narsani oson va tez o‘rganib oladiki, keyin yigirma yil 
qunt bilan astoydil o‘qigan taqdirda ham uning yarmini 
o‘zlashtira olmaydi”. 
Ilk yoshdagi bolalar nutqini o‘rganishga E.I.Tixeeva, 
M.M.Kolsova, N.M.Askarina, G.M.Lyamina, M.I.Lisina va boshqa 
ko‘plab taniqli olimlar, pedagoglar va metodistlar sezilarli hissa 
qo‘shishgan. 
V.I.Loginova, 
YU.S.Lyaxovskaya, 
V.V.Gerbova, 
E.M.Strunina va boshqalarning tadqiqotlarida bolalar ona tili 
leksikasini o‘zlashtirib olishlarining o‘ziga xos xususiyatlari 
yoritilgan. 
Maktabgacha 
yoshdagi 
bolalarning 
lug‘atni 
o‘zlashtirishlarida ikki jihat ajratib ko‘rsatilgan: atrofdagi olam 



Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling