Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet197/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

ADABIYOTLAR TAHLILI 
Qiziqish bolalarning ehtiyojlari, shuningdek, ularni 
muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil etishga undovchi 
motivlar asosida shakllanadi. Matematik materialga qiziqish har 
bir masala, mantiqiy mashqlarga o‘yinli elementlar kiritish 
asosida shakllantiriladi. Qiziqarli materialning turliligi uni 
tizimlashtirish uchun asos beradi. Eng qiziqarli matematik 
material Z.A.Mixaylova tomonidan taklif qilingan
5
, uni uchta 
asosiy guruhga ajratadi: o‘yin-kulgi, matematik masalalar va 
o‘yinlar, rivojlantiruvchi mashqlar. Bundan ko‘rinib turibdiki, 
bolalarda matematik tasavvurlar rivojlanishida keltirilgan 
materiallar ahamiyatli hisoblanadi.
L.S.Vigotskiy 
fikrlashni 
rivojlantirish 
muammosini 
o‘rganib, dastlab matematik tushunchalarni shakllantirishni 
ilgari suradi. Bunda u bolalarda matematik tushunchalarni 
4 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentyabrdagi 
“Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261- sonli qarori sonli
5 Михайлова 3.А. Теории и технологии математического развития 
детей дошкольного возраста / 3.А. Михайлова [и др.]. - СПб.: 
Детство-Пресс,2008. - 384 с. 
 
 
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
 
 KOKAND UNIVERSITY HERALD 
 ВЕСТНИК КОКАНДСКОГО УНИВЕРСИТЕТА
 
 


 
www.herald.uz
 
109 
shakllantirish uchun eng qulay sharoitlarni topish lozimligini 
ta’kidlaydi. Uning fikrlaridan so‘ng psixolog va didaktlarning 
ko‘pchiligi o‘rgatish;
– rivojlanish manbai, tarbiyachilarning bilimi va bilishi;
– ularning rivojlanishi uchun muhim shartlardan biridir, 
deb hisoblaydilar.
Bunda o‘qitish jarayonida tasavvur hosil qilishni ko‘zda 
tutish muhimdir, ya’ni tarbiyachilarning egallagan matematik 
tushunchalarning rivojlanish darajasini e’tiborga olish va ularni 
keyingi yengilroq maydonga siljitish kerak. Ushbu maydonni 
aniqlash uchun L.S.Vigotskiy ikki ko‘rsatkichdan foydalanishni 
tavsiya etadi: 
1) bolaning yangi bilimlarni kattalar yordamida egallashi;
2) boladagi o‘zlashtirilgan bilimlarni, masalalarni mustaqil 
yechishda qo‘llash, tatbiq etish qobiliyati.
6
Bundan tashqari bolalarda matematik tushunchalarni 
shakllantirish va rivojlantirish masalasiga Yu.M.Kolyagin, 
Yu.I.Kulyutin, L.M.Fridman, psixologlar, pedagoglar, uslubchilar 
K.Dunker, J.Piajelarning o‘z asarlari va mashhur tadqiqotlari 
katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin. 
E.I.Tixeva o‘zining pedagogik faoliyatida bolalarda 
matematik tasavvurlar asoslarini shakllantirishga katta 
ahamiyat bergan. U mashg‘ulot mazmunini aniqladi, uslubiy 
tavsiyalar va maxsus vizual (didaktik) materiallarni ishlab chiqdi. 
Ulardan 
tarbiyalanuvchilarning 
mashg‘ulot 
jarayonida 
foydalanishni tavsiya etadi.
7
Z. I. Kalmakovaning fikricha, bolada matematik 
tushunchalarni shakllantirishning eng ishonchli ko‘rsatkichi – 
uning ta’limiyligi, ya’ni bolaning bilimlarni o‘zlashtirishining 
umumiy qoidalarida, deb hisoblaydi. 
Matematik tushunchalarni shakllantirishda S.I.Shvarsburd 
quyidagi komponentlarni ajratadi:
a) keng qamrovli tasvirlashni rivojlantirish;
b) asosiyni tanlay bilish, abstrakt fikrlashni bilish;
d) aniq holatdan savolni matematik ifodalashga olishni 
bilish;
e) tahlil qilishni, aniq holatlarga bo‘lishni bilish;
f) ilmiy xulosalarni aniq materialda ishlashini bilish;
g) matematik masalani yechishda sabr qilishni bilish, 
deduktiv fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilish;
h) yangi savollarni berish (qo‘yish)ni bilish.
8
Demak, ilk rivojlanayotgan elementar matematik 
qobiliyatlar shunday insoniy fazilatlar orqali ifodalanadiki, ular 
matematika ilmida yuqori ijodiy faoliyat ko‘rsatishga imkon 
yaratadi. 
Tarbiyalanuvchilarda 
elementar 
matematik 
tushunchalarni shakllantirishda bolaga individual yondashish 
alohida ahamiyatga egadir. Maktabgacha ta’lim tashkilotida 
tarbiyachilar ko‘pincha guruh bilan frontal ish olib boradi. Frontal 
ish uslubi o‘z yutuqlari bilan birga kamchiliklarga ham egadir. Har 
bir tarbiyalanuvchining mashg‘ulot jarayonlari, shu jumladan, 
matematik tushunchalarni o‘zlashtirish darajalari, berilgan 
topshiriqlarni bajarish imkoniyatlari turli xil bo‘ladi. Frontal 
yondashish bolalarda axborotlarni to‘liq e’tiborga olishga 
imkoniyat yaratmaydi, chunki har bir tarbiyalanuvchi turli bilim 
qiziqishlariga, qobiliyatlarga va layoqatga egadir.
Shuningdek, bugungi kunda ta’limda kompyuterlardan 
foydalanish oddiy holat bo‘lib qoldi. Kompyuterning 
axborotlarni grafik tasvir, video, tovush, multimedialar, elektron 
ta’lim resurslar, nutq ko‘rinishida aks ettirishi hamda
ma’lumotlarni qayta ishlash bolalar uchun faoliyatning yangi 
vositasini yaratishga imkon beradi, bu o‘z navbatida amaldagi 
o‘yinlar va o‘yinchoqlardan keskin farq qiladi.
9
Innovatsion 
kompyuter texnologiyalarini joriy etish, avvalo, maktabgacha 
ta’limda tarbiyalanuvchilar ta’limiy o‘yin faoliyatlari sifatini 
yaxshilaydi, yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘rganishda bolalar 
6 Jumayev.M.E., “Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish 
nazariyasi va metodikasi”. 
7
Э.И.Тихева.Характеристика 
методики 
формирования 
элементарных математических представлений у детей 
дошкольного возраста как науки и учебной дисциплины 
motivatsiyasini oshiradi hamda o‘zlashtirish jarayonlarini 
tezlashtiradi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling