Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet196/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

MAQOLA HAQIDA 
ANNOTATSIYA 
 
Qabul qilindi:  24-may 2022-yil
Tasdiqlandi:  26-may 2022-yil 
Jurnal soni:  3 
Maqola raqami: 15 
DOI: https://doi.org/10.54613/001215 
Maqolada maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarida elementar matematik tasavvurlarni 
shakllantirish ta’limining asosiy didaktik tamoyillari va o‘yinlar, bolalarda miqdoriy 
tasavvurlarni rivojlantirish, predmetlar miqdorini idrok qilish, matematik fikrlashni 
rivojlantirish va o‘qitishni tashkil etish shakllari, esda saqlab qolish va taqqoslashning o‘ziga 
xos xususiyatlari tahlili o‘rganilgan. Sanash faoliyatining rivojlanishdagi bosqichlari, vaqtni 
idrok etish, bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar, 
oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan metodik ishlarni rejalashtirish 
kabi masalalar ochib berilgan. 
KALIT SO‘ZLAR
 
Elementar matematika, maktabgacha 
ta’lim, matematik tasavvur, geometrik 
shakllar, didaktik o‘yinlar
 
 
 
KIRISH
Ta’lim-tarbiya va ilm-fan taraqqiyoti har qanday 
mamlakatning ertangi kunini, istiqbolini belgilab beruvchi asosiy 
ustundir. Shu bois yurtimizda bu borada amalga oshirilayotgan 
islohotlar, barcha sa’y-harakatlar ta’lim sifati hamda 
natijadorligini ta’minlashga qaratilganligi bilan yanada 
ahamiyatlidir. 
Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimining ilk 
poydevori qo‘yiladigan maktabgacha ta’lim sohasini yangi 
pog‘onaga olib chiqish, bolalarning iqtidori hamda salohiyatini ilk 
yoshlardanoq to‘g‘ri yo‘naltirish borasida juda ko‘p tashabbuslar 
hayotga tatbiq etilmoqda va bu sa’y-harakatlar bolalar ta’lim-
tarbiyasida o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.
Jumladan, Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil topishi, 
Prezidentimizning “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim 
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
2707-sonli qarori
1
, “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori
2

O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya 
to‘g‘risida”gi qonuni, 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-son 
“Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-
tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori,
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi 
bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam” 
Davlat o‘quv dasturi, “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha 
ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”
3
kabi 
me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha 
ta’lim tizimidagi ishlar sifati va samaradorligini oshirishda 
alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Hozirgi kunda bolalarda matematik tushunchalarni 
shakllantirish masalasi ilmiy asoslangan metodik tizimga ega. 
Ularning asosiy elementlari maqsad, mazmun, metodlar, ishni 
tashkil etish shakli va usullari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Bular 
orasidagi asosiy maqsad tasavvurni shakllantirishga qaratiladi. 
Matematik tushunchalarni shakllantirish - inson ijodiy 
faoliyatining butun qismi maqsadli amalga oshiriladigan 
pedagogik jarayonidir. Uning maqsadi – bolalarga faqat 
matematikani o‘rgatishgina emas, balki ularni hayotga 
tayyorlash, mustaqil fikrlash, o‘zlarining hayotdagi o‘rinlarini 
topa olishlariga yordam berishdan iborat. Ilk matematik 
tushunchalarga ega bo‘lish kelgusida bolalarning juda ko‘p 
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi 
«Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2707-sonli 
qarori 
2 O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi - 
https://lex.uz/docs/-3923110 
3 “Xalq so‘zi” gazetasi. 
https://xs.uz/uz/post/o
‘zbekiston-respublikasi-
maktabgacha-talim-tizimini-2030-yilgacha-rivojlantirish-
kontseptsiyasi-amalda 
fanlarni qiyinchiliksiz o‘rganishlariga yo‘l ochadi, hisob-kitobni 
o‘rgatibgina qolmay, ularni fikrlash, miya imkoniyatlarini ishga 
solish, tafakkur qilishga undaydi. Masala va misollar kichik to‘siq 
hisoblanib, matematika kelajakda to‘siqlarni yengib o‘tishga 
yordam beradi, tartibga, to‘g‘ri va noto‘g‘rini ajratishga 
o‘rgatadi.
Bolalarda 
elementar 
matematik 
tushunchalarni 
shakllantirish muammosini to‘g‘ri hal qilish bu jarayon mohiyatini 
to‘la anglab tushunishni talab qiladi. Jarayon mohiyatini anglash
uning asosini tashkil etuvchi tayanch tushunchalarni sharhlash 
kerak bo‘ladi. O‘rganilayotgan muammoning mohiyatini 
yoritishda bolalardagi qiziqish asosiy ro‘l o‘ynaydi
4
. Qiziqish aqliy 
rivojlanish uchun maxsus yaratilgan hamda o‘zining yechimi 
uchun topqirlikni talab qiladi. Buning barchasi taqqoslash, tahlil 
qilish, analiz, sintez kabi fikrlash jarayonlarining rivojlanishiga 
imkon beradi.
Qiziqish bu – insonning o‘ziga xos psixologik xususiyati 
bo‘lib, muayyan faoliyatni tashkil etish va o‘rganishga
qaratilgan. Kognitiv qiziqish – bu o‘rganishga jalb qilish, 
bolalarning tafakkurini kengaytirish, ishtiyoq bilan ishlash 
vositasi hisoblanadi. Predmet yoki hodisaning mohiyatini 
o‘rganish, anglash yoki bilishga bo‘lgan qiziqishning shakllanishi 
ham psixologik hodisa va ayni paytda ta’lim samarasi sifatida 
ko‘rinadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling