1-jadval
Matematik o‘yinlarni tashkil etishning SWOT tahlili
S
Matematik o‘yinlarni pedagogik
faoliyatda hamda bolalarning
ta’limiy jarayonida qo‘llashning
kuchli tomonlari.
1.
Bolalarni mantiqiy hamda mustaqil fikrlashga undaydi.
2.
Tezkor bo‘lishga chorlaydi.
3.
Har xil muammoli vaziyatlardan chiqish.
4.
Aqliy qobiliyatlar shakllanishi.
5.
Boshqa fanlarni ham yaxshi o‘zlashtiradi.
6.
Qiziqishning kuchayishi.
7.
Pedagogik faoliyatda mashg‘ulotlar samarali hamda qiziq bo‘lishi.
8.
Bolalarning zerikmasligi.
9.
Tarbiyachi va bolalar o‘rtasidagi muloqot yaxshilanishi.
10.
Tarbiyachi matematik bilimlarni oson tushuntira olishi.
W
Matematik o‘yinlarni pedagogik
faoliyatda hamda bolalarning
ta’limiy jarayonida qo‘llashning
zaif tomonlari.
1.
Bir xil o‘yin takrorlanishidan bolalarning zerikishi.
2.
Bolalarning o‘yin jarayoniga qiziqmasligi.
3.
Tarbiyachining bolalarni boshqara olmasligi.
4.
O‘yinlarning bolalarga murakkablik qilishi.
O
Matematik
o‘yinlarning
imkoniyatlari.
1.
Axloqiy fazilatlarning shakllanishi.
2.
Nutqiy muloqot ko‘nikmalarining rivojlanishi.
3.
Ijtimoiy munosabatlarning yaxshilanishi.
T
Matematik o‘yinlarning to‘siqlari
Bolalar asosan o‘yin jarayonida zerikmasligi, mashg‘ulotga o‘yinni moslab tanlay olish murakkab
ham, sodda ham bo‘lmasligi kerak.
Bola asta-sekin katta hayotga qadam qo‘yar ekan, u har
qadamida matematik ta’limga duch keladi, albatta. Nafaqat
maktabgacha ta’lim tashkiloti, balki oilada ham bolaga
yoshligidan matematikaga doir nazariy hamda amaliy bilimlar
berib borilishi lozim. Boshlang‘ich bilimlar qanchalik mustahkam
bo‘lsa, keyingi rivojlanish bosqichlarida bolalar qiyinchiliklarga
duch kelmaydi. Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki,
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida elementar matematik
tasavvurlarni shakllantirishda matematik o‘yinlarni qo‘llash
tarbiyalanuvchilarning ta’limiy jarayonlari hamda pedagogik
faoliyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |