Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


ISSN: 2181-1695  OAK: 01-08/1819/6


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

ISSN: 2181-1695 
OAK: 01-08/1819/6 
www.herald.uz
MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA DIZAYNERLIK 
QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI 
Aminova Muslima
Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi 
 
MAQOLA HAQIDA 
ANNOTATSIYA 
 
Qabul qilindi:  24-may 2022-yil
Tasdiqlandi:  26-may 2022-yil 
Jurnal soni:  3 
Maqola raqami: 5
DOI: https://doi.org/10.54613/001205 
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha 
rivojlangan mamlakatlar tajribasi, xususan, Rossiya, Finlandiya, Koreya davlatlari tajribalari 
tahlil etilgan bo‘lib, tarbiyalanuvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning yoshi va 
jinsiga qarab ijodiy fikrlashga undagan holda aqliy rivojlanishtirish masalalari tadqiq etilgan. 
Shuningdek, dizaynerlik qobiliyatini rivojlantirishda qo‘llaniladigan metodlar va usullar, ilg‘or 
xorij tajribasi tahlil etilib, O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari yoritilgan. 
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning dizaynerlik qobiliyatini rivojlantirishda xorijiy 
olimlarning ilmiy qarashlari hamda tadqiqot ishlari o‘rganilib, amaliyotda qo‘llash imkoniyati 
bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan. 
KALIT SO‘ZLAR
 
Maktabgacha ta’lim, dizaynerlik, ijodiy 
rivojlanish, individual qobiliyatlar, “Men” 
konsepsiyasi, ota-ona hamkorligi, irsiy 
moyillik
 
 
 
KIRISH
“Har qanday ishda ijodkorlikni joriy qilish qobiliyatini 
tarbiyalash pedagogikaning asoslaridan biri bo‘lib qoladi. Agar 
ijodiy mehnatga bo‘lgan ehtiyoj shaxsning ajralmas mulkiga 
aylanmasa, u holda umumiy farovonlik va ish kunining tobora 
qisqarishi sharoitida odam to‘yish, vayronagarchilik va ruhning 
falajlanishi xavfi ostida qoladi”.
Daniel Andreev. "Dunyo guli" 
Ijodiy qobiliyatlar maktabgacha yosh davridayoq o‘zini 
namoyon qila boshlaydi va u bolaning keyingi rivojlanishiga 
katta ta’sir korsatadi. Maktabgacha yosh davri – bu o‘yinlar, o‘z-
o‘zini bilish, izlanish, ijod qilish, rivojlanish davri. Shaxsiy qobiliyat 
masalasi esa psixologiya, pedagogika fanlarida eng ko‘p 
o‘rganiladigan muammolardan biridir. Nafaqat fan doirasida, 
balki, mamlakat miqyosida ham keng ko‘lamdagi islohotlarga 
asos bo‘lmoqda. Bunga ko‘plab misollarni keltirish mumkin. 
Quyidagi muhim hujjatlar shular jumlasidan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-
dekabrdagi PQ-2707-son “2017 – 2021-yillarda maktabgacha 
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarori; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-
sentabrdagi 
PQ-3305-son 
“O‘zbekiston 
Respublikasi 
Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 
qarori; 

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 
buyrug‘i, “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha 
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablarini 
tasdiqlash haqida”. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
tomonidan 2018-yil 3-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi (ro‘yxat 
raqami 3032).
1
Aytish mumkinki, shaxsning irsiy qobiliyati rivojlanishi 
masalasi 1960-yillardan boshlab yuqorida keltirilgan fanlar 
ichida va shu fan doirasida tadqiqot olib boruvchi olimlar 
tomonidan keng va chuqur o‘rganilib kelinmoqda. Zero, iste’dod 
insonning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini belgilash, uni kasb-hunarga 
yo‘naltirish va hayotda o‘z o‘rnini topishida muhim asos bo‘lib 
xizmat qiladi. Psixologik va pedagogik ta'limotlarning 
mohiyatiga ko‘ra, har bir shaxs tug'ilgandan keyin u yoki bu 
faoliyatni tashkil qilish borasida qobiliyatini namoyon qiladi. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, irsiy omillar shaxsning muayyan 
qobiliyatini shakllantirish va uni rivojlantirishga katta ta'sir qiladi. 
Biroq, uning keyingi rivojlanishi bevosita ta'lim va tarbiyaning 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-
2707-son “2017 - 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi 
PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi 
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori. 
qanday berilishi, uning samaradorligi, bolaga beriladigan e’tibor 
va natijalariga bog'liqdir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling