Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet93/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

Didaktik o‘yinlar turlari: Didaktik o‘yinlar ta'lim mazmuni, 
bolalarning bilish faolligi, o‘yin harakatlari va qoidalari, bolalarning 
tashkil etilishi va munosabatlari, tarbiyachi roli bilan farqlanadi. 
Maktabgacha pedagogikada barcha didaktik o‘yinlarni 3 asosiy 
turga bo‘lish mumkin: ob'yektlar bilan o‘yinlar, stol bosma 
o‘yinlar va so‘zli o‘yinlar. 
 
2-rasm. Didaktik o‘yinning turlari 
Obyektli o‘yinlar: ular uchun hossalari bo‘yicha 
farqlanadigan narsalarni tanlash kerak: rangi, shakli, o‘lchami, 
maqsadi, ishlatilishi va boshqalar. Ob’yektli o‘yin va o‘yinchoqlar va 
haqiqiy narsalardan foydalanadi. Ular bilan o‘ynab, bolalar 
solishtirishni, ob'yektlar orasidagi o‘xshashlik va farqlarni 
aniqlashni o‘rganadilar. Ushbu o‘yinlarning ahamiyati shundaki, 
ular yordamida bolalar ob'yektlarning xususiyatlari: rangi, hajmi, 
shakli, sifati bilan tanishadilar. O‘yinlarda taqqoslash, tasniflash va 
muammolarni hal qilishda ketma-ketlikni o‘rnatish uchun vazifalar 
hal qilinadi. Bolalar yangi bilimlarni o‘zlashtirgani sari, o‘yinlardagi 
vazifalar murakkablashadi: bolalar ob'yektni har qanday sifat 
bo‘yicha aniqlashda mashq qiladilar, ob'yektlarni shu xususiyatga 
(rang, shakl, sifat, maqsad va boshqalar) ko‘ra birlashtiradi, bu esa 
bolalar uchun juda muhimdir, mavhum, mantiqiy fikrlashni 
rivojlantiradi.
O‘yin davomida bolalar qismlardan, ipli narsalardan (to‘plar, 
boncuklar) bir butunni yig'ish, turli shakllardan naqsh solish 
qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Qo‘g‘irchoqlar bilan o‘yinlarda bolalarda 
madaniy-gigiyenik ko‘nikmalar va axloqiy fazilatlar rivojlanadi. 
Didaktik o‘yinlarda turli xil o‘yinchoqlar keng qo‘llaniladi. Ular rangi, 
shakli, maqsadi, o‘lchami, tayyorlangan materialida aniq 
8 F. Qodirova, Sh. Toshpo'latova, N. Kayumova, M. A'zamova, 
“Maktabgacha pedagogika”. T-2019-yil 
9 Didaktik o'yinlar. “Ularning mazmuni va pedagogik jarayonda 
qo'llanilishi”. Didaktik o'yinlarning turlari, 4 F. Qodirova, SH. 
Toshpo'latova, N. Kayumova, M. A'zamova 2019-yil 
Vazifa
Harakat
Qoida
Natija va o'yinning 
xulosasi

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling