Qo'qon xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi
Download 186.53 Kb.
|
A\'ZAM TARIX 2-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqmachitning bosib olinishi
Qo'qon xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi Rossiya imperiyasi XIX asrning 50-60-yillarida harbiy istilochilik yo‘li bilan Qo‘qon xonligi hududining bir qismini bosib oldi. K. P. Kaufman xonlikda o‘z taʼsirini kuchaytirish maqsadida 1868-yilda xon bilan shartnoma tuzdi[9]. Unga ko‘ra, xonlikda Rossiya savdogarlariga katta imkoniyatlar berildi. Bu u davrda xonlik yerlari ancha qisqarib, xazinaga tushadigan daromadlar kamaydi. Urush natijasida ko‘rilgan zararlar xalq ommasi zimmasiga tushdi, soliq va majburiyatlar ko‘paydi. Buning oqibatida xonlikda ichki nizolar, xalq noroziligi kuchaydi. XIX asrning 70-yillarida Qo‘qon xonligida ko‘plab qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tdi. 1875-yil 22-avgustda polkovnik M. D. Skobelev, general Golovachev va kapitan Fedorovlar qoʻmondonligi ostida Mahram qal’asini bosib olishadi va qal’a yaqinidagi Qo‘qon xonligining birlashgan 60 ming kishilik askarlarini yengadi. 1875-yil 29-avgust General K. P. Kaufman Qoʻqon xonligining asosiy shahri Qoʻqonni egallaydi. Oqmachitning bosib olinishi Sibir chizigʻidan janubga boʻlgan keyingi qadam Sirdaryo boʻylab Orol dengizidan sharqqa tomon qal’alar chizigʻi edi. Bu Rossiyani Qoʻqon xonligi bilan toʻqnashuvga olib keldi. XIX asr boshlarida Qoʻqon Fargʻona vodiysidan shimoli-gʻarbga qarab kengaydi. Taxminan 1814-yilda ular Sirdaryo boʻyida Turkistonni egallab olishdi va taxminan 1817-yilda daryoning quyi qismida Oqmachit (Oq masjid)ni, shuningdek, Oqmachitning ikki tomonida kichikroq qalʼalarni qurdilar. Bu hududni daryo boʻyida qishlab yurgan va yaqinda qoraqalpoqlarni janubga quvib chiqargan mahalliy qozoqlardan soliq yigʻgan Oqmachit begi boshqargan. Tinchlik davrida Oqmachitning 50 kishilik va Julekning 40 kishilik garnizoni bor edi[10]. 1839-yildagi Perovskiyning muvaffaqiyatsizligini hisobga olib, Rossiya sekin, ammo ishonchli harakatlarga qaror qildi. 1847-yilda kapitan Shults Sirdaryo boʻyida Raim qal’asini qurdi. Tez orada u daryoning yuqori qismiga Kazalinskga koʻchirildi. Ikkala joy ham Aralsk forti deb nomlangan. Orenburgda uchta yelkanli kema qurilib, qismlarga ajratildi va Sirdaryoda qayta qurildi. Ular daryo xaritasini yaratish uchun ishlatilgan. 1852-1853-yillarda Shveysiyadan xarid qilingan ikkita paroxod qismlarga boʻlinib Orol dengiziga tushirilgan. Sirdaryo sayoz va qumli boʻlib, bahorgi toshqin paytida harakatlanish qiyin boʻlgan[11]. 1852-yilda polkovnik Blaramberg va 400 ga yaqin askarlari bilan daryoning shimoliy tomoni Rossiyaga tegishli degan bahona bilan Oqmachitni egallash uchun yuborildi. Qoʻqonliklar bunga javoban dambalarni buzib, atrofni suvga bostirgan. Bu voqeadan keyin ogʻir artilleriya olib kelolmasligini bilgan Blaramberg 7.5 metr balandlikdagi devorli qal’ani egallab ololmasligini bilgan holda, u qurilish inshootlarini qoʻlga kiritdi, hududdagi hamma narsani yoqib yubordi va Fort Aralskga qaytib ketdi. 1853-yil yozida Perovskiy boshchiligida ruslar 2000 dan ortiq askar, 2000 dan ortiq ot, tuya va 777 ta arava, pontonlar va paroxoddan iborat qoʻshin toʻpladilar. Orenburgdan Fort-Aralskga koʻchirish uchun yem-xashak yetarli boʻlishini kafolatlash uchun qozoqlarga chorvasini qal’aning shimolidagi yerlarda oʻtlatish taqiqlangan edi. Oldinroq Xivaga yetib bora olmagan Perovskiyga yurish haqida buyruq berildi. U iyun oyida Oroldan chiqib, 2-iyulda Oqmachitga yetib keldi. Qoʻqonliklar qal’ani mustahkamlab, garnizonni koʻpaytirdilar. Qamal boshlandi. 1853-yil 9-avgust kuni ertalab soat 4:30da qal’a egallandi. Dastlabki 300 kishilik garnizondan 230 ta qoʻqonlik jasad hisoblab chiqildi[12]. Bu joy Perovskiy Forti deb oʻzgartirildi. 1853-yil 28-iyuldagi hujumdan keyingi Oqmachit qal’asining koʻrinishi Qamal paytida Padurov boshchiligidagi ruslar 160 km uzoqda joylashgan Julekgacha borib, uning himoyachilari qochib ketganini aniqladi. U qoʻlidan kelganicha qal’ani vayron qilib, tashlab ketilgan qurollari bilan qaytib keldi. Sentabrda Qoʻqonning katta qoʻshinlari Julekni qayta egallab, Fort Perovskiy tomon yurdilar, ammo qal’adagilarga yordam kelganini bilgach ertasi kuni ertalab qoʻqonliklar chekinishdi[13]. Shu tariqa Rossiya oʻzining Sirdaryo boʻylab qal’alar chizigʻini yaratdi. Bu qal’alar ularning keyingi yurishlarida tayanch vazifasini oʻtadi. Turkiston, Chimkent va Avliyootaning bosib olinishi[tahrir | manbasini tahrirlash] 1864-yilda ikkita otryad, biri Orenburgdan, ikkinchisi Gʻarbiy Sibirdan, Orenburgdan Sirdaryo boʻylab , Gʻarbiy Sibirdan esa Iskandar togʻ tizmasi boʻylab Turkiston shahriga bir-biriga qarab yoʻl olishiga qaror qilindi. Polkovnik Chernyaev boshchiligidagi 2500 kishilik Gʻarbiy Sibir otryadi 1864-yil 5-iyunda Verniyni tark etib, Avliyoota qal’asiga bostirib kirdi va 12-iyunda polkovnik Verevkin boshchiligidagi 1200 kishilik Orenburg otryadi Perovskiy Fortidan Turkiston shahriga qarab yoʻlga chiqdi[13]. 1298 kishi boshchiligida Chernyaev Orenburg otryadi qoʻqonliklarning artilleriya zarbalariga ga qaramay, 22-sentabrda Avliyoota shahrini bosib oldi. Oktabr oyida esa Chimkent shahrini bosib oldi. Shundan soʻng, Toshkentga hujum uyushtirildi, biroq u toshkentliklar tomonidan qaytarildi[12]. Qoʻqon xonligi amir lashkari Alimqul javob zarbasini berishga qaror qilib, qoʻshin toʻpladi va Chimkentni chetlab oʻtib, Chernyaev orqasiga, Turkiston qal’asiga yoʻl oldi. Alimqul 10 ming kishilik qoʻshin bilan Aris daryosi boʻylariga chiqib, Turkiston va Chimkent oraligʻidagi rus qoʻshinlari egallagan qoʻrgʻonlarni qaytarib olishga harakat qildi. Turkiston shahri yaqinidagi Iqon qishlogʻida ruslarning qoʻshinini yengib Toshkentga qaytdi (Iqon jangi). 1864-yil dekabr oxirida Alimqul va Sulton Sayyidxon Toshkentni tark etib, Qoʻqonga kelishdi. Chernyayev boshliq rus qoʻshinlari Toshkentga yaqinlashganligi haqida xabar topgach, ular qoʻshin bilan Qoʻqondan chiqib, 1865-yil 7-mayda ertalab Toshkentga yetib kelishdi. Alimqul va xon qarorgohi Afrosiyob tepaligida joylashdi. Shu kuni Mingoʻrik mavzesida shahar himoyachilari ishtirokida katta mashvarat oʻtkazilib, gʻazavot eʼlon qilindi. Qashqar hokimi Valixon toʻraning qashqarliklar ham bu gʻazavotga qoʻshilajaklari haqidagi maktubini Alimqul shahar himoyachilariga shaxsan oʻzi oʻqib eshittirdi. Soʻng, Salor kanali bilan Darxon arigʻi oraligʻi (hozirgi Pushkin koʻchasi)da Alimqul qoʻshinlari va shahar himoyachilari bilan rus qoʻshinlari oʻrtasida qattiq jang boʻldi. Rus qoʻshinlari yengilib, Shoʻrtepaga chekindi. 1865-yil 9-mayda Alimqul qoʻmondonligidagi qoʻqonlik askarlar va shahar himoyachilari Shoʻrtepadagi rus qoʻshinlariga qarshi hujumga oʻtdi. Nihoyatda qattiq jang boʻlib, Alimqul ogʻir yaralandi va oʻsha kuni vafot etdi[12]. Oʻrta Osiyoni Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganligi uchun medal Rus rassomi Vereshchaginning ishi Toshkentning bosib olinishi[tahrir | manbasini tahrirlash] XIX asr oʻrtalarida Rossiya podsho hukumati yirik strategik mavqega ega boʻlgan Toshkentni bosib olish maqsadida harbiy yurish boshladi. Bu vaqtda Toshkent va Toshkent viloyati Qoʻqon xonligi tarkibida edi. 1864-yil dekabr Mixail Chernyayev boshchiligidagi rus qoʻshinlari Chimkent yoʻlidan kelib Oqqoʻrgʻon tepaligiga oʻrnashdilar va shaharni qamal qilib toʻplardan oʻqqa tutdilar. Toshkentliklar shaharni qattiq turib himoya qildilar. Qoʻqondan xonlik lashkarboshisi Mulla Alimqul mingboshi koʻp ming kishilik qoʻshin bilan Toshkentga yetib kelgach, Chernyayev qoʻshinlari bilan Chimkentga chekinishga majbur boʻldi. Biroq 1865-yil 27-aprelda Chernyayev qariyb 2000 kishilik qoʻshin bilan yana Toshkent tomon yoʻlga chiqib, Chirchiq daryosi boʻyidagi Niyozbek qalʼasini egallaydi va shaharni suvsiz qoldirish maqsadida Kaykovus arigʻi (Boʻzsuv kanali) suv oladigan toʻgʻonni buzdirib tashlaydi. Lashkarboshi Alimqul ham oʻz qoʻshinlari bilan Qoʻqondan Toshkentga yetib keladi. Sulton Saidxon, Alimqul va toshkentlik akobir-ulamolar boshchiligida shaharni himoya qilishga katta tayyorgarlik koʻriladi. Chernyayev 7-mayda qoʻshinlari bilan Toshkentga yaqinlashadi. Uning qoʻshinlari Salor arigʻini kechib oʻtib, Tarxon-Sayyod (hozirgi Darxonota) arigʻining oʻng sohili (hozirgi Pushkin koʻchasi)da muqobil turgan Toshkent himoyachilariga qarata toʻpdan oʻt ochadilar. 9-may kuni shaharning shimoli-sharqidagi Shoʻrtepada Toshkent himoyachilari bilan rus bosqinchilari oʻrtasida yana qattiq jang boʻldi. Jangda Alimqul ogʻir yarador boʻlgach, himoyachilar oʻrtasida parokandalik va vahima boshlanadi. Qoʻqon xonligi askarlari Alimqul xazinasini olib oʻz yurtlariga joʻnab ketdilar. Toshkentda Qoʻqon xonligining 60 yillik hukmronligi barham topdi. Buxoro amirligi, Qoʻqon va Xiva xonligi (xonliklari) Toshkent himoyachilarining yordam soʻrab qilgan murojaatlariga rad javobini berdilar. Chernyayev fursatni boy bermaslik uchun Toshkentni qamal qildi. Shahar aholisi suvsiz qoldi, oziq-ovqat zaxirasi ham tugadi. 14-iyunda Chernyayev askarlari shaharga bostirib kirishga muvaffaq boʻldi, ular doʻkon va uylarga oʻt qoʻydilar. Shahar mudofaasida faol qatnashgan toshkentlik tarixchi Muhammad Solih „Jadidai tarixi Toshkand“ asarida yozishicha, toshkentliklar dushmanga qattiq qarshilik koʻrsatganlar. Bosqinchilar birinchi galda Oʻrda saroyini yondirdilar, keyin portlatdilar. Uch kun davom etgan jangdan soʻng, 42 kun suvsiz qolgan va ochlikdan tinkasi qurigan Toshkent himoyachilari 17-iyunda ertalab taslim boʻlishga majbur boʻldilar. Chernyayev shahar ayonlaridan Toshkentning 12 darvozasi ramziy oltin kalitlarini topshirishni talab qildi. Juda koʻp odam qurbon boʻldi. Chernyayev buyrugʻi bilan uylar yondirildi, egalari otib tashlandi yoki miltiq nayzasi bilan sanchib oʻldirildi. Hech kimga shafqat qilinmadi. Shunday qilib, podsho Rossiyasi qoʻshinlari maxsus otryadi bilan Toshkentni bosib olishga muvaffaq boʻldi. Toshkent va unga qarashli atrof yerlarda rus davlatining hukmronligi oʻrnatildi. Toshkent Rossiyaning keyinroq Turkiston xonliklarini bosib olishi uchun tayanch punktiga aylantirildi. Chernyayev oʻz bosqinchiligini oqlash uchun Toshkent goʻyo ixtiyoriy ravishda Rossiya tobeligiga oʻtganligi haqida shahar ayonlari nomidan qalbaki hujjat tayyorladi. Bu hujjatni imzolashdan bosh tortgan Solihbek Oxun va yana ayonlardan 6 kishi Sibirning Tomsk shahriga surgun qilindi. 1865-yil sentabrda Orenburg general-gubernatori Krijanovskiy Toshkentga kelib shaharni Rossiya imperiyasi tasarrufiga oʻtganligini eʼlon qildi. 1866-yil avgustda Rossiya imperiyasining Toshkentni Rossiya tobeligiga olinganligi haqida rasmiy farmoni eʼlon qilindi. Toshkent 1867-yilda tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligining siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi boʻlib qoldi. Anhorning chap sohilida mustamlakachi maʼmurlar va harbiylar uchun Yangi shahar qurila boshladi. 1865-yil avgust-oktabr oylarida ruslar Toshkentning Qoʻymas darvozasi roʻparasidagi tepalikda Toshkent Tuproqqoʻrgʻoni harbiy qalʼasini barpo etishdi. Yangi shahar hududida maʼmuriy idora va mahkamalar joylashdi. Anhorning oʻng sohilidagi qadimgi Toshkent Eski shahar deb atala boshladi. Toshkentning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi butun Turkistonni bosib olinishini tezlashtirdi. Toshkentning bosib olinishi (Karazin N. N.) Qoʻqon xonligining tugatilishi[tahrir | manbasini tahrirlash] 1875-yilda Qoʻqon xonligi rus hukmronligiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi. Qoʻqon sarkardalari Abdurahmon va Poʻlatbeklar xonlikdagi hokimiyatni qoʻlga olib, ruslarga qarshi harbiy harakatlar boshladilar. 1875-yil iyul oyiga kelib Xon qoʻshinining koʻp qismi va uning oilasining katta qismi isyonchilar qoʻliga oʻtib ketdi, shuning uchun u katta xazinasi bilan Kojentdagi ruslar qarorgohiga qochib ketdi. Kaufman 1-sentabrda xonlikka bostirib kirdi, bir qancha janglar olib bordi va 1875-yil 10-sentabrda poytaxtga kirdi. Oktabrda u qoʻmondonlikni Mixail Skobelevga topshirdi. Skobelev va Kaufman boshchiligidagi rus qoʻshinlari Maxram jangida qoʻzgʻolonchilarni magʻlub etdilar. 1876-yilda ruslar Qoʻqonga qarshiliksiz kirib keldi, qoʻzgʻolonchilar boshliqlari qatl qilindi, xonlik tugatildi. Uning oʻrnida Fargʻona viloyati tashkil etildi[13]. Download 186.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling