Qoqshol qo`zg`atuvchisi
Download 64.5 Kb.
|
2 5375338290352229044
Laboratoriya tashxisi. Bemorga laboratoriya tashxisi qo`yish uchun mikroskopik, bakteriologik, biologik va neytrallash usullaridan foydalaniladi. Tekshirish uchun ezilgan nekrozga uchragan to`qima, shish ichidagi suyuqlik, bog`lov materiali, jarrohlik ipagi, ketgut, kiyim, tuproq va boshqa materiallar olinadi. Tekshirish bir necha bosqichda olib boriladi. Yara selidan surtma tayyorlab, bo`yab, mikroskop ostida ko`rilganda qo`zg`atuvchi va uning kapsulasi topiladi. Tekshirilishi lozim bo`lgan materialni maxsus oziq muhitga ekiladi, sof kultura ajratib olinib, uni morfologiyasi, kapsula hosil qilishi, harakati va fermentativ xususiyatlariga ko`ra identifikasiya qilinadi. Toksinni aniqlash uchun oq sichqonga bulonda o`stirilgan kulturaning filtrati yoki bemorning qoni yuboriladi. Oq sichqonlarga toksinni antitoksin bilan qo`shib yuboriladi, neytrallash usuli.
Davosi va profilaktikasi. Gazli anaerob infeksiyaning rivojlanmasligi uchun dastlab o`z vaqtida bemorga to`liq jarrohlik yordami ko`rsatiladi, so`ng profilaktika maqsadida bemorga C.perfringens, C.novyi, C.septicum larga qarshi polivalent antitoksin zardob “Diaferm 3” yuboriladi. Yarali infeksiyaga qarshi antibiotiklardan streptomisin, penisillin, sefalosporin, biologik preparatlardan stafilokokka qarshi plazma, gamma-globulin buyuriladi, ayrim hollarda jarrohlik usuli ham qo`llaniladi. Endogen anaerob infeksiyalarda (peritonit, sepsis va boshqalar) metranidazol va rifampisinlar ishlatiladi. Davolashda faglardan va kislorod-terapiya usulidan foydalanish mumkin. Anaerob infeksiyalarga qarshi maxsus profilaktika usullari hali ishlab chiqilmagan. Bemorga jarrohlik yordami ko`rsatilgandan so`ng profilaktika maqsadida oz miqdorda polivalent antitoksik zardob yuboriladi. GRAM-MANFIY SPORALARINI HOSIL QILMAYDIGAN ANAEROB BAKTERIYALAR Bakteroidlar Bacteroides oilasiga 40 dan ko'proq turlari kiradi, ulardan odamlarda yallig'lanish jarayonlarini keltirib chiqaruvchi eng ko'p patogenlari B. fragilis va V. melaninogenicus hisoblanadi. Download 64.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling