Qoqshol qo`zg`atuvchisi
Hayvonlarga nisbatan patogenligi
Download 64.5 Kb.
|
2 5375338290352229044
- Bu sahifa navigatsiya:
- C l o s t r i d i u m d i f f i c i l e
Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Tabiiy sharoitda ot, qo`y, cho`chqa, qoramollar kasallanadi. Dengiz cho`chqalariga kultura yuborilganda, ular 18—48 soatdan so`ng o`ladi. o`lgan hayvon jigarining kesmalaridan tayyorlangan nishonli surtmalarda qo`zg`atuvchilarni ko`rish mumkin.
C l o s t r i d i u m h i s t o l y t i c u m ning sof kulturasini M.Veynberg va Ye.Segen ajratib olishgan (1916). Boshqa klostridiylarga nisbatan ancha mayda, uzunlili 1,6—3 mkm, eni 0,6—1 mkm, harakatchan (peritrix), tuxumsimon spora hosil qiladi, u hujayrada subterminal joylashadi, kapsula hosil qiladi. Grammusbat C.histolyticum kollagenaza, proteinaza va kuchli ekzotoksin ajratadi, bular jarohatlangan odam to`qimasini eritib yuboradi. Ekzotoksin esa hayvonlarning vena qon tomiriga yuborilganda me'da osti bezining hujayralarini eritadi va tezda o`lim sodir bo`ladi. Bu kasallik anaerob infeksiyalar orasida 6% ni tashkil etsa-da, o`lim ko`p. C l o s t r i d i u m d i f f i c i l e grammusbat tayoqcha bo`lib, uzunligi 3,1— 6,4 mkm, eni 1,3—1,6 mkm, harakatchan, tashqi muhitda spora hosil qiladi, u ham subterminal joylashgan. Nukleoid DNK tarkibida G+S 28% ni tashkil etadi. 30—37C0 li (25—45 C0) oziq muhitlarda yaxshi o`sadi. C.difficile A-enterotoksin va B-sitotoksin ajratadi, bu toksinlar ko`richakda gemorragiyani keltirib chiqaradi. Uzoq muddat antibiotiklar ichilganda (mabodo odam ichagida C.difficile bo`lsa), u chidamli shtammlarga aylanib qoladi va psevdomembranoz kolitga sabab bo`ladi. Bundan tashqari, nekrozga olib keluvchi ekzotoksin ajratadi. Kasallikning odamlardagi patogenezi. Odamda yaraga tuproq, kiyim va boshqa zararlangan buyumlardan tushgan spora keyinchalik vegetative shaklga o`tadi va ko`paya boshlaydi, bu o`z navbatida to`qimalarni chirituvchi, yemiruvchi, ko`p miqdorda gaz hosil qiluvchi ekzotoksin ajratadi. Qo`zg`atuvchining ko`payishi uchun nekrozga uchragan yoki yallig`langan to`qima kerak. Aerob mikroflora shikastlangan nekroz joyda zarur anaerobioz holatni yaratadi. Bu jarayon ayniqsa muskul to`qimalarida tez rivojlanadi, oqibatda glikogen ko`p miqdorda hosil bo`ladi, bu esa o`z navbatida patogen anaeroblar uchun qulay muhit hisoblanadi. Anaerob infeksiyaning rivojlanishi natijasida birinchi bosqichda shish paydo bo`ladi, ikkinchi bosqichda esa biriktiruvchi to`qima va muskullar gangrenaga uchraydi. Organizm kuchli zaxarlanadi yoki intoksikasiya ro`y beradi. To`qimalarning yemirilishi tufayli hosil bo`lgan moddalar ham organizmga zaharli ta'sir ko`rsatadi. Gazli anaerob infeksiya yaradorlar kasalligi, bunda ko`pincha yaradagi to`qimalar ezilib, titilgan yara ifloslanib, anaerob sharoit vujudga kelganda, bu gazli gangrena rivojlanishiga olib keladi. Agar yaraning yuzasida yiring hosil qiluvchi stafilokokk, streptokokk yoki chirituvchi anaeroblar paydo bo`lib qolsa, kasallik ko`pincha og`ir o`tadi. Kassalikning yashirin davri ba'zan 4—6 soat, ko`pincha 1—2—5 kun davom etadi. Gazli gangrenaning klinik belgilari har xil bo`ladi. Yaralangan joyda shish paydo bo`lib, qizaradi, to`qimalar orasida gaz to`planadi. Muskul va boshqa to`qimalar nekrozga uchraydi. Ekzotoksinlar qon tomirini toraytirish xususiyatiga ega bo`lganligi uchun gaz to`plangan joy terisi oqimtir va yaltiroq bo`ladi, asta-sekin bronza rangiga aylanadi, jarohatlangan to`qimalarning harorati sog`lom to`qimalar haroratidan past bo`ladi. Teri ostidagi yog`, muskul va biriktiruvchi to`qimalarda chuqur patologik illatlar bo`lganligi sababli ichki a'zolarda ham degenerativ o`zgarishlar kuzatiladi. C.perfringens gazli anaerob infeksiyadan tashqari ovqatdan zaharlanishni ham keltirib chiqaradi. Ko`p miqdorda C.perfringens tushgan oziq-ovqatlar (pishloq, sut, tvorog, baliq va boshqalar) iste'mol qilinganda toksikoinfeksiya paydo bo`ladi. Kasallikning yashirin davri 2—6 soat, bemorda ich ketish, qusish, qattiq bosh og`rig`i, harorat ko`tarilishi, tirishib qolish, yurak-tomir faoliyatining susayishi kuzatiladi. Bundan tashqari, plevrit, xolesistit, appendisit, sepsis va boshqa kasalliklar ham rivojlanishi mumkin. Yarali anaerob infeksiyalarning rivojlanishida yaraning ahvoli, makroorganizmning immun holati, tushgan mikrobning soni, turi va boshqalar muhim rol o`ynaydi. Immuniteti. Kasallikdan so`ng kuchli, turg`un, uzoq vaqtga yetadigan immunitet hosil bo`lmaydi. Ammo qon zardobida bo`lgan antitoksik antitelolar organizmni ma'lum darajada infeksiyadan himoya qila oladi. Download 64.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling